5-mavzu: Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati



Download 110,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana30.12.2021
Hajmi110,68 Kb.
#94830
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu. Arab xalifaligi davrida musiqa madaniyati (VII-X asrlar)

Islom va musiqa 

Ma’lumki, Qur’oni Karimda musiqa san’atiga bo‘lgan munosabat to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

(ochiq)  bildirilmagan.  Musiqa  mavzusi  ko‘proq  hadislarda  yoritilgan.  Musiqa 

tarafdorlari va qarshilar aynan shu manbaga tayangan holda ish ko‘rishgan. Turli xil 

ilmiy izlanishlardan shu narsa aniqlanadiki, musiqaga bo‘lgan qarshilikning ikkita 

asosiy  sababi  mavjud.  Har  bir  sabab  ma’lum  bir  tarixiy  davrga  to‘g‘ri  keladi  va 

siyosiy-mafkuraviy  hamda  madaniy  rivojlanish  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Dastlabki 

musiqaga bo‘lgan qarshilik, VII-VIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Islom dini xristianlik, 

yahudiylik,  zardushtiylikka  nisbatan  qarshiligi  bo‘lmasa-da,  o‘zining  “ichki 

dushmanlari” bo‘lmish “butparastlik”, “ko‘pxudolik”ka qarshi ayovsiz kurash olib 

borgan. Ana shu “unsurlar” arablarda (Islom dini joriy bo‘lishidan avval) tovush, 

so‘z, tasvir kabi materiallarda aks ettirilgandir. Masalan, musiqa butparastlar diniy 

marosimlarida  qo‘llanilib,  ularning  afsonalari  bilan  yo‘g‘rilgan.  Mavjud 

ma’lumotlar (ilmiy farazlar, taxminlar)ga ko‘ra aynan shu sababli Islom dini nozil 

bo‘lganida musiqa man etilgan. 

Islom dinida musiqaning ta’qiqlanishiga sabab, boshqa dinlarga o‘xshamaslik, ya’ni 

islom ahlini musiqa bilan chalg‘itib, dinning ta’sir kuchini susaytirmaslikda edi. 

 Islom  dini  o‘z  marosimlarini  har  qanday  “dunyoviy  unsurlar”  bilan  buzishdan 

saqladi.  Bu  holat  musiqadan  voz  kechishning  ikkinchi  sababidir.  Musiqa  man 

etilishining ikkinchi sababiga “mutriblar” ham o‘z hissasini qo‘shishgan. Mutriblar, 

ya’ni  musiqachilar  asosan  ziyofatlarda,  mayxo‘rliklarda  qatnashib,  musiqa 

chalishgan (yoki kuylashgan) va evaziga haq olishgan. Bazmu-jamshiddagi musiqa 

ijrosi  din  tomonidan  qattiq  qoralangan.  Din  bilan  bog‘liq  bo‘lgan,  ya’ni  Qur’oni 



Karimni  qiroat  bilan  o‘qish,  azon  chaqirish,  harbiy  musiqa  kabilar  esa  qonuniy 

ravishda  ruxsat  etilgan  bo‘lib,  musiqa  san’atining  shakllari  sifatida  tan  olinardi. 

Allomalardan  biri  Al-Faruqiyning  ta’kidlashicha,  “Islom  hech  qachon  musiqa 

san’atiga qarshi bo‘lmagan. Din faqat ayrim holatlardagina ma’lum bir shakllarni 

qabul  qilmagan.  Bu  holatlar  insonga  musiqaning  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  bilan 

bog‘liqdir”. 

Qur’onni  qiroat  bilan  o‘qish  uchun  “chiroyli  ovoz”  kerak  bo‘lgan.  Chiroyli  ovoz 

dindorlarni  to‘lqinlantirgan  va  ular  ovoz  sohibiga  yuqori  baho  berganlar.  Xunuk 

ovoz esa  musulmonlar  uchun  talafot  kabi  bo‘lgan va  eshak  ovoziga  qiyoslangan. 

Qiroat  qilish  qonunlariga  qattiq  amal  qilinganligi  sababli  Qur’oni  Karimni  o‘qish 

san’at darajasiga ko‘tarildi. O‘rta asrlar manbalarida Qur’on o‘qish uchun ma’lum 

maqom  pardalaridan  foydalanilganligi  haqida  ham  ma’lumotlar  keltirilgan.  Azon 

aytishda  ham  maqom  pardalaridan  foydalanilgan.  Masalan,  arab  masjidlarining 

birida  azon  har  kuni  har  xil,  Ushshoq,  Rost,  Segoh,  Chorgoh  va  h.k.  maqom 

pardalarida  chaqirilar  ekan.  Qur’on  qiroatining  musiqiy  ohang  matni  hech  qaysi 

musulmon  millatiga  tegishli  emas,  deyish  notug‘ri.  Kuy,  ohang  matni  aynan 

arabchaga  xos  bo‘lgan.  Ko‘plab  musulmon  xalqlarida  diniy  musiqaning  janr 

tizimlari  ham  mavjud  bo‘lgan.  Ularning  ayrimlari  diniy  bayramlar  bilan  bog‘liq 

bo‘lsa (Ramazon, Qurbon hayitlari va b.), ba’zilari insonning dunyoga kelishi va 

ketishi  munosabati  bilan  o‘tkaziluvchi  marosimlar  bilan  bog‘liqdir.  Mehnat  va 

maishiy  jarayonlarni  aks  ettiruvchi  marosimlar,  Ollohga  iltijo  (munojot),  falsafiy 

o‘y-kechinmalar, diniy-ahloqiy pand-nasihatlar (hikmatlar, g‘azallar), hadislar ham 

diniy janrlar tarkibiga kiritiladi. 


Download 110,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish