Ko`krak qafasi skeleti.
Ko`krak qafasi 12 juft qovurg`alar va to’sh suyagining birikishidan hosil bo`ladi. Ko`krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko`krak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindirsimon va yassi bo`lishi mumkin. Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafvasi konus shaklida bo`ladi. Bolaning 12 – 13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovurg`alar qiz bolalarda esa yuqoriga qovurg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1 – 2 sm, jinsiy voyaga etish davrida esa 11 yoshdan boshlab 2 – 5 sm ga ortadi. Bolaning tana og`irligi ortishi bilan ko`krak qafasining aylanasi ham ortadi. Jinsiy voyaga etish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirishi natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o’pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Qo`l skeleti.
Qo`l skeleti elka kamarining suyaklari - ko`rak va o’mrov, bilak, tirsak, panja suyaklaridan iborat. Elka suyagi 20 – 25 yoshda, bilak suyagi 21 – 25 yoshda, tirsak suyagi 21 – 24 yoshda, kaft usti suyaklari 10 – 13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq: falanga suyaklari 9 – 11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta'lim – tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e'tiborga olinishi kerak.
Oyoq skeleti.
Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari va son suyagi, boldir suyaklari va panja suyaklari kiradi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va mehnatda e’tiborga olinishi kerak. Chanoq suyaklarining noto`g`ri birikishi uzoq muddat noto`g`ri o`tirish, tik yurish, og`ir yuk ko`tarish, ovqatlanishning yetarli bo`lmasligi natijasida vujudga keladi. Son va kapa, kichik boldir suyaklari 20 – 24 yoshda kaft oldi suyaklari 17 – 21 yoshda, oyoq panja falangalari 15 – 21 yoshda to`liq suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyilganda oyoq panjasini tekislanadi va tekis panja kasali vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |