Tenglamalar sistemasini yechish. - Tenglamalar sistemasi ham xuddi shunday solve({t1,t2,…},{x1,x2,…}) buyrug’i yordami bilan yechiladi, faqat endi buyruq parametri sifatida birinchi figurali qavsda bir- biri bilan vergul bilan ajratilgan tenglamalar, ikkinchi figurali qavsda esa noma’lum o’zgaruvchilar ketma-ketligi yoziladi.
- Agar bizga keyingi hisoblashlarda tenglamalar sistemasining yechimidan foydalanish yoki ular ustida ba’zi arifmetik amallarni bajarish zarur bo’lsa, u holda solve buyrug’iga biror bir name nomini berish kerak bo’ladi. Keyin esa ta’minlash buyrug’i assign( name) bajariladi. Shundan keyin yechimlar ustida arifmetik amallarni bajarish mumkin. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |