5-maruza mavzu: Temir yo‘l transportining texnik-iqtisodiy tavsifi va rivojlanish muammolari


  Temir yo‘l transportning asosiy texnik-ekspluatatsion xususiyatlari va



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#242018
1   2   3   4
Bog'liq
5-maruza

1.  Temir yo‘l transportning asosiy texnik-ekspluatatsion xususiyatlari va  

texnik jihozlari 

 

 

Temir  yo‘l  transporti  texnika  jihozlari  asosiy  elementlariga  yo‘l qurilmalari 



(izlar), sun’iy inshootlar, bekatlar, transport vositalari, elektr ta’minoti qurilmalari, 

poezd harakatini tartibga solish va uni ekspluatatsiya qilish ishlarini boshqaruvchi 

maxsus vositalar kiradi. 

 

 



 

  Mamlakatimiz  temir  yo‘l  transporti 

izlari  orasidagi  ichki  kenglik,  ya’ni 

iz  (koleya)  kengligi  tasdiqlangan 

texnika shartiga binoan 1520 mm ga 

tengdir.  Boshqa  davlatlar  temir  yo‘l 

transporti  izlari  kengligi  1435-1676 

mm  dan  iborat.  Transport  barcha 

turlaridagi  tashish  jarayonini  tashkil   

qilishda    harakat 

xavfsizligi  talablariga  qat’iy  rioya  qilish  shartdir.  Harakat  xavfsizligi  talablariga 

binoan,  temir  yo‘llardagi  ko‘prik  va  tunnellarni,  yuk  va  passajir  platformalarini 

qurishda  ularning  temir  yo‘l  izlariga  yaqinlashish  oraliqlariga  alohida  talab 

quyiladi.                                                                                                                           




SHu  talabga ko‘ra  asosiy  temir  yo‘llardagi  qurilmalar balandligi 6400  mm  va  eni 

4900 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 

DSt  talabiga  binoan,  transport  vositalarning  gabarit  balandligi  (ortilgan 

yuklarni  ham  hisobga  olganda)  4280-5300  mm  va  eni  3150-3600  mm  etib 

belgilangan. Bunday belgilash harakat xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. 

 

Bekat (poezdlarni qabul qiluvchi va ularni o‘tkazuvchi joylar) temir yo‘llarni 



ayrim  peregon  (ikki  qo‘shni  bekat  yoki  raz’ezd  orasidagi  masofa)larga  ajratib 

turadi.  Bekatlar  ayni  vaqtda  temir  yo‘l  transportdagi  asosiy  ishlab  chiqarish 

korxonalaridan  biri  bo‘lib,  ko‘p  hollarda  bajarilgan  ishlar  sifati  va  hajmini 

ifodalaydi. 

 

Temir  yo‘l  transporti  bekatlari  -  oraliq  bekat,  uchastka  bekati,  poezd  va 



vagonlarni saralash bekati, passajirlar bekat va yuk bekatiga bo‘linadi. 

 

Oraliq  bekat  temir  yo‘l  transportidagi  eng  kichik  bekat  bo‘lib,  unda  asosiy 



yo‘ldan  tashqari  2…3  bekat  izlar,  kichikroq  passajirlar  binosi,  ish  hajmi  va 

xarakteriga  ko‘ra  yuk  xo‘jaligi  (yuk  ortish-tushirish  va  saqlash  joylari),  aloqa  va 

signalizawiya qurilmalari bo‘ladi. 

 

Uchastka  bekatlari  har  100…150  km  oraliqda  qurilgan  bo‘lib,  unda  10  dan 



20 tagacha izlar, lokomotiv deposi, yonilg‘i va moylash materiallari, suv, qum va 

hokazolar,  shuningdek,  oraliq  bekatiga  nisbatan  xiyla  rivojlangan  passajirlar 

binosi,  yuk    ortish-tushirish  xo‘jaligi  hamda  qabul  qilish  va  jo‘natish  omborlari, 

murakkab aloqa va signalizatsiya qurilmalari bo‘ladi. 

Poezd 

va 


vagonlarni 

saralash  bekatlari  asosan  yirik  shahar  va  sanoat  markazlarida,  daryo  portlari 

yaqinida, katta yuk oqimlari qo‘shilish va ajralish joylarida tashkil etiladi. Saralash 

bekatlari  asosan  mazkur  bekatdan  o‘tuvchi  ko‘pchilik  poezdlarni  yo‘nalishlariga 

ko‘ra qaytadan tuzish bilan shug‘ullaniladi. 

 

Passajir    bekatlari  yirik  shaharlarda  va  sanoat  markazlarida  qurilib,  asosan 



yoki  tamoman  passajirlarga  xizmat  qiladi.  Ularning  passajirlar  va  ular  bagajlarini 

tashishga mo‘ljallangan jihozlari va inshootlari bo‘ladi.   

 

YUk  bekatlari  asosan  katta  hajmdagi  yuk  ortish  va  tushirish  ishlarini 



bajaruvchi bekatlardir. 

 

YUk bekatlari o‘z navbatida quyidagicha bo‘lishi mumkin: 



 

yuk qabul qilishga mo‘ljallangan bekatlar -   yuk  ortish-tushirishga  mo‘l- 

jallangan  bekatlar  -  bunday  bekatlar  ko‘pincha  yuk  o‘tkaziluvchi  joylarda  yoki 

davlatlararo  chegara  joylarda  tashkil  qilinadi  va  bunday  joylarda  yuklar  bir 

transportdan ikkinchisiga o‘tkaziladi; 

 

yuk jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan bekatlar - bunday bekatlardagi 



jo‘natiluvchi va qabul qilinuvchi yuklar miqdori taxminan teng bo‘ladi. 

 

Yirik  temir  yo‘l  uzellaridagi  yuk  bekatlari  alohida  yuk  turlarini:  tosh 



(shag‘al)  ko‘mir,  yog‘och,  don,  qurilish  materiallari,  taralangan  yuklar, 


konteynerlar  va  hokazolarnigina  qabul  qilish  va  jo‘natishga  ixtisoslashtirilgan 

bo‘ladi. 

 

YUqorida  sanab  o‘tilgan  bekatlardan  tashqari  ayrim  texnika  xizmatlarini 



amalga oshirish uchun raz’ezdlar tashkil etiladi. Raz’ezdlar asosan bir izli yo‘llarda 

qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi va tez qatnovchi poezdlarni o‘tkazib 

yuborish uchun tashkil qilinadi. 

 

Temir  yo‘l  transportidagi  transport  vositalariga  lokomotivlar,  vagonlar  va 



o‘zi yurar motor-vagonlar kiradi. 

Lokomotivlar temir yo‘l transportning asosiy 

faol birligi bo‘lib, vagonlarni harakatlantirish uchun xizmat qiladi.   Lokomotivlar 

ish  bajarish  bo‘yicha  passajir  yoki  yuk  tashishga  ixtisoslashgan  bo‘ladi.  YUk 

tashishga  ixtisoslashgan  lokomotivlar  katta  ortish  dinamikasiga  va  passajir 

poezdlarini tortuvchi lokomotivlar esa katta harakat tezligiga ega bo‘lishi kerak. 

 

Motorli  vagonlar  asosan  elektrichka-vagonlar  bo‘lib,  qisqa  masofalarda 



passajirlar tashishda ishlatiladi. 

 

YUk  tashishda  yopiq  vagonlar,  yarim  yopiq  vagonlar,  platforma  yoki  past 



bortli vagonlar, sisternalar va izotermik vagonlardan foydalaniladi. 

Passajirlar  tashuvchi  vagonlar  saroyiga  yumshoq  vagonlar,  kupe  vagonlar, 

o‘tirib ketishga mo‘ljallangan vagonlar hamda restoran, pochta va bagaj vagonlari 

kiradi. Bulardan tashqari vagon saroylarida maxsus vagonlar ham bor. 



               Kupeyli vagon 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Kupeysiz vagon 



Vagon-restoran 

 

   



Yirik temir yo‘l bekati 

 



 Temir  yo‘l  transporti  asosiy  texnika  jihozlariga  elektr  ta’minoti  xo‘jaliklari, 

kontakt simli tarmoqlar va elektr ta’minoti podstansiyalari ham kiradi.  

 

Temir  yo‘l  transporti  harakatini  tartibga  solish  va  ekspluatatsiya  ishlarini 



boshqarishni  tashkil  etishga  mo‘ljalangan  kompleks  avtomatika,  telemexanika, 

elektronika va aloqa qurilmalari ham  transport texnika jihozlari jumlasiga kiradi. 

Bunday  texnika  jihozlari  yordamida  yo‘ldagi  blokirovka  jihozlari,  temir  yo‘l  va 

avtomobil  yo‘llari  kesishgan  joylardagi  shlagbaumlar  va  svetoforlar  tegishli 

signalizatsiya bo‘yicha ishlaydilar. Bundan tashqari bekatlardagi strelka va boshqa 

signalizatsiyalar markazdan turib avtomatika yordamida ishlatiladi va bu markaziy 

dispetcherlik tizimi (MDT) deb ataladi. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish