5 - MА’RUZА
MАVZU : Turli yoqalarning konstruksiyasini tuzish xususiyatlari.
Rеjа:
Yoqalarning sinflanishi.
Yoqalarga qo’yilgan talablar.
3. Tеpаgаchа qadаlаdigаn kiyim yoqasini qurish
Tаyanch ibоrаlаr :
Tik yoqа,fаntаzi yoqа, shаlkа yoqа, qаytаrmа yoqа, shаkldоr yoqа,mоdеl, mоdеllаshtirish, nаmunа, kаpyushоn, nusха, rаssоm-mоdеlеr, konstruktiv mоdеllаshtirish, mоdеl eskizi, mоdеlаshtirish usullаri, vitоchkаni оddiy ko’chirish.
Kiyimning shaklida yoqalarning o'rni; Istalgan kiyimning tashqi ko'rinishi ko'p jihatdan yoqaning shakliga, uning konstruksiyasiga va texnologiya-siga bog'liq. Yoqaning birorta shaklini tanlanishi kiyimning muayyan siluet shakliga bog'liq.
Odatda, katta hajmli kiyimlarga baland ko'tarmali katta yoqalar mos va aksincha, kiyimlarning kichik hajmi kichik yoqalarni talab qiladi.
Yoqalar shakli xilma-xil bo'ladi.
Ular shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'linadi:
o'tqazma yoki yaxlit bichilgan (yoqa old detali bilan birikkan holda);
bo'yinga yopishib turadigan yoki bo'yinga nisbatan erkin turadigan (bo'yinga nisbatan yoqaning o'tkazilishiga bog'liq holda);
v) yopiq taqilmali yoki ochiq qaytarma taqilmali (yoqa taqilma bilan bog'lanishiga ko'ra).
Qurish prinsipi bo'yicha yoqalarni uch guruhga bo'lish mumkin:
yopiq taqilmali kiyimlar yoqasi (tik yoqalar, qaytar ma yoqalar, qaytarmali tik yoqalar):
ochiq taqilmali kiyimlar yoqasi (ularning borti qaytarmali);
yassi va fantazi yoqalar.
Yoqa qanday yechimga ega boMmasin, uning faqat o'mizga ulanish chizig'ining shakli va ko'tarmasi konstruktiv ahamiyatga ega. Yoqaning o'mizga ulanish chizig'i to'g'ri chiziqqa yaqinlashgani sari uning ko'tarmasi balandlashib, bo'yinga ko'proq yopishib turadi.
Ko'tarmaning shakli quyidagilar bilan tavsiflanadi:
balandligi. Yoqalarning ko'tarmasi 1 sm gacha yoki ko'tarmasiz yoqalar yassi hisoblanadi. Ko'tarmaning o'rtacha balandligi (2—5 sm) yelkaga nisbatan qaytarma chizig'ini qiya shaklida ko'rsatadi. Baland ko'tarmalar (8—10 sm) yeikaga nisbatan yoqa qaytarmasining chizig'ini tik ko'rsatadi;
yoqaning bo'yinga nisbatan joylashishi. Yoqalar bo'yinga zich yopishib turadigan, o'rtacha yopishib tura
digan bo'ladi. Bo'yinga nisbatan erkin joylashishi bilan farqlanadi;
v) buklanish chizig'ining shakli. Buklanish chizig'ining qirrasi qattiq, keskin ifodalangan yoqa bo'yinga yopishib turadi; ravon buklanish chizig'i yoqani bo'yinga nisbatan normal holatda tutadi; dumaloq, yumshoqroq shaklda yoqa bo'yinga nisbatan erkin, yopishmay turadi. Buklanish chizig'ining shakliga o'mizga ulanish chizig'ining qiyaligi ta'sir etadi;
g) adip qaytarmasining uchi. Yoqa o'mizining shakli eskizga mos holda aniqlanadi. A5 nuqta ko'tariladi yoki pastroq tushiriladi. A5 nuqta pastroq tushgan sari yoqa uzunla-shadi va yoqa qaytarmaga ulanish chizig'i (raskep) kattalashadi. Raskep — yoqa buklanish chizig'idan uchi-gacha qaytarma bilan ulangan chizig'i;
d) yoqa qaytarmasining buklanish chizig'iga nisbatan yoqa uchining holati. Modelga mos holda yoqalar raskepi-ning uzunligi turlicha bo'lishi mumkin. Ayrim yoqalar raskepsiz quriladi, ulanish chizig'i bort qaytarmasining buklanish chizig'idan boshlanadi. Bunday yoqalar, odatda, bo'yindan uzoqlashadi, qaytarmasi esa old bo'lakda bo'sh turadi.
Yopiq taqiima yoqalar
Bu guruhga doir yoqalarning konstruktiv xususiyati ular-ning asosiy chizmadan ayrim qurilishidadir. Yoqa uzunligi o'mizining uzunligiga bog'Hq.
Yoqaning konstruksiyasi ostki yoqa chizmasidan boshlanadi. Yoqaning konstruktiv tuzilishi uning ko'rinadigan qaytarma va ko'rinmay l>o'yinga yopishib tik turadigan ko'tarma qismlarining shakliga bog'iiq (.' 38-d rasm). Faqat ko'rinadigan qaytarma qismdan iborat bo'lgan voqa yassi yoqaga aylanadi, faqat ko'rinmaydigan ko'tarma qismli voqa esa tik yoqadir. Yoqaning qaytarma qismi ostki yoqa bilan ulanadi, I o'tarmasi esa old va orqa boiaklarning yoqa o'mizlariga o'tqaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |