ESKD-Konstruktorlik xujjatlarni bir tizimi.
Konstruktorlik xujjatlarning yagona birlashtirish tizimi deganda:
-detal xosil qilish uchun uning ishlab chiqarish ketma-ketligi, yasash texnologiyasi, xizmat qilish davri, ishlash bosqichi, tamirlanish vaqti, qayta tiklash vaqtlari xisobga olinadi.
Yig‘ma mexanizmlar yig‘ishda ularning ketma ketlik tartibi, joylashgan pozitsiyasi va belgilanishi, xujjatlardagi yig‘ma birikmaning tuzilishini umumiylashtirish birlashtirish kerak bo‘ladi.
5.1-rasm. Davlat standartlari.
GOST-bu davlat standarti xisoblanadi.
1992-yilda SNG davlatlar birlashmasida karor qilingan.
Bugungi kunda mintaqadagi standart xam GOST bo‘yicha amal qiladi. Mintaqadagi barcha sanoat korxonalari xam shu GOST asosida tashkillangan va shu GOST asosida ishlaydi.
Mashinasozlik korxonalarida esa GOST asosida tayyorlanadigan barcha detallar SNG davlatlari uchun tayyorlanadi va yuboriladi.
5.2-rasm. Davlat standartlariga namuna.
5.3. Loyixalashdagi standartlashning axamiyati.
DIN-Deutsches Institut fur Normung.
1951-yilda DNA ISO xalqaro standartlashtirish komissiyasi tomonidan tasis etilgan.
DIN-nemis xalqaro standarti xisoblanadi.
DIN-nemis standartining asosiy vazifalari texnik xujjatlarning yig‘ish normalarini belgilab beradi.
DIN-nemis standartining tashkillashda fan va texnikaning 26 ming ekspert mutaxassislari ish olib boradi.
DIN-nemis standartining 74 ta normativ xujjatlari orqali maxsulot sifati belgilanadi.
5.3-rasm. Davlat standartlariga namuna.
Nemis ishbilarmonlari tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar DIN-nemis standarti asosida tekshiriladi. SHuning uchun nemis institutlarida DIN-standarti o‘qitiladi va shu standartga mos maxsulotlar bo‘lishini talab etadi.
ISO-International Organization for Standartisation.
ISO-standarti 1946-yilda 25 ta davlatdan to‘plangan mutaxassislar tomonidan Londonning muxandislik institutida xalqaro standart qabul qilingan. 1947-yil 23-fevralda esa ISO-standarti o‘z ishini boshlagan.
ISO-standartining 22343 ta xujjatlari tashkil etilgan bo‘lib, u sanoat texnologiyalari va ishlab chiqarish korxonalarini qamrab oladi.
Bugungi kunda ISO-standartining 162 ta davlatda o‘z azolari mavjud.
ISO-standartining strukturasining 786 ta xujjati texnik xujjatlardir.
ISO-standartining asosiy binosi SHveysariyaning Jeneva shaxrida joylashgan bo‘lib, unda 135 ta mutaxassislar ish olib boradi.
5.4-rasm. ISO standartlari.
ANSI-American National Standards Intitute.
ANSI-Amerika qo‘shma shtatlarida tashkil topgan bo‘lib, xalqaro standartlar sifatida qabul qilingan.
Sanoatning barcha tarmoqlarida ANSI-standarti asosida maxsulot ishlab chiqariladi. Eksport qilinadigan maxsulotlar xam ANSI-standartida bajariladi. SHuning uchun amerika standartlashtirish tashkilotining xam butun dunyo bo‘ylab vakolatxonalari mavjud.
Import maxsulotlarda xam ANSI-standarti asosida taklif qilishi mumkin.
5.5-rasm. Amerika standartlari.
Loyixalashdagi standartlashning axamiyati.
Loyixa ishlarini bajarishda xar bir mintaqaning o‘z xalqaro talablarga mos kelgan standartlashtirish boshqarmalari mavjud.
Xar bir standartlarning xam bir talabi bu maxsulot sifatini oshirishga, istemolchilarga xavfsizligini oshirish, qulaylik yaratish va dunyo xalqaro talablariga mos keladigan maxsulot etkazishdir.
Xar bir standartlashtirishning mintaqa xududiy ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib o‘z qulayliklariga ega. Mintaqada tashkil etilgan standartlar bir emas bir nechta davlatlarning xam qonun sifatida ishlatiladigan xujjatiga aylanadi.
Nazorat uchun savollar:
Loyihalashda standartlari deganda nimani tushunasiz?
ESKD, GOST, DIN, ISO VA ANSI standartlarini bilasizmi?
Loyixalashdagi standartlashning axamiyati nimalardan tashkil topgan?