Ijtimoiy-psixologiya – bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro aloqasi qonunlarini , turli sosial guruhlar xususiyatlarini , jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining sohasidir.
Mehnat jamoalaridagi sosial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi.
Nizo – bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.
Qisqa xulosalar
Boshqaruv usullari bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, bu usullar quyilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’yektiv tarzda kelib chiqadi.
Tashkiliy- ma’muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Tashkiliy-ma’muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo‘ysunishiga asoslanadi. Shuning uchun ularni ko‘pincha ma’muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma’muriy organlar boshqariluvchi ob’yektning bajarishi majburiy bo‘lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo‘ysunuvchi organlar farmoyishlar beradi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabati, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo‘ladi.
Tayanch iboralar
Usul. Boshqaruv usullari. Delfa usuli. Tashkiliy-ma’muriy usul. Tashkiliy ta’sir ko‘rsatish. Farmoyish berish. Iqtisodiy usul. Ijtimoiy-ruhiy usul. Nizo. Ijtimoiy tadqiqotlar.
Nazorat savollari
1. Usul nima? Boshqaruv usullarichi?
2. Fuknsiyaonal tizimosti ob’yektlarini boshqarish usuli deganda nimani tushunasiz ?
3. Boshqarish funksiyalarini bajarishda qanday usullar qo‘llaniladi?
4. Delfa usuli to‘g‘risida nima deya olasiz?
5. Tashkiliy –ma’muriy usulning mohiyati nimada?
6. Tashkiliy ma’muriy usulning qanday shakllanini bilasiz?
7. Iqtisodiy usullarning mohiyati nimada?
8. Boshqarishning sosial ruhiy usullari qanday muammolarni echishga qaratilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |