5-MA'RUZA: BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI
BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI
Tayanch tushunchalar:
Metodologiya, metod, tamoyil, usul, shakl va mazmun birligi tamoyili, makon
va zamon birligi tamoyili, ilmiy mushohada usuli, lisoniy tabdil usuli, matn
variantlarini qiyoslash usuli, lug'atlarqa asoslanish usuli.
Badiiy matnning lisoniy tahlili fanining metodologiyasi dialektik tafakkur
qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib,
metodos–yo’l, usul va logos–ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to’g'ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur.
Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’ladi degan fikrdamiz:
1. Shakl va mazmun birligi tamoyili.
2. Makon va zamon birligi tamoyili.
3. Badiiy matn tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabat aniqlash
tamoyili.
4. Badiiy matndagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyillari.
5. Badiiy matndagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqlash tamoyili91.
Tahlil usullari sifatida esa quyidagilar e’tirof etiladi:
1. Lisoniy tadbil usuli.
2. Matn variantlarini qiyoslash usuli.
3. Lug’atlarga asoslanish usuli.
4. Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli.
1. Shakl va mazmun birligi tamoyili. Borliqdagi narsa va hodisalar
o’rtasidagi aloqadorlik, bog'lanish turlaridan biri shakl va mazmunning
dialektikasidir. Shakl va mazmunning dialektik birligi tushunchasi har qanday matn uchun zaruriy xususiyat hisoblanadi. Faylasuflar mazmunga «muayyan narsa va hodisalarni tavsiflovchi ichki elementlar va o’zgarishlarning majmui» deb baho
beradilar. Shaklni esa «mazmunni ifodalash usuli, tashkil etuvchisi" sifatida talqin
qiladilar. Shaki va mazmun bir-biri bilan shunday bog'lanib ketganki, birida sezilgan nuqson ikkinchisidagi butunlikka putur etkazishi mumkin. Shakl va mazmun muvofiqligi buzilsa, muallifning niyati to’la namoyon bo’lmay qolishi turgan gap. Bunda asosiy e'tiborni matn va uning janr xususiyati o’rtasidagi muvozantga qaratgan holda, matndagi lisoniy birliklarning matn tabiatiga mosligi masalasini ham diqqat markazidan qochirmaslik kerak.
Badiiy matn ham shaklan, ham mazmunan mutlaqo o’ziga xos bo’lgan
murakkab va serqatlam estetik butunlikdir. Unda mazmun qanchalik muhim bo’lsa,
shakl ham shunchalik favqulodda ahamiyatlidir. Ba'zan shakl hatto mazmun
darajasiga ko’tarilishi, mazmun maqomini olib, haqiqiy mazmunning qimmatiga daxl qilishi ham mumkin. Badiiy inatnda muallifning mazmunni shaklga solishdagi
mahorati, bundagi individual xususiyatlar alohida qimmatga ega. Badiiy matnning
lingvopoetik tahlilida, eng avvalo, ana shu jihat, ya’ni shakl va mazmun birligi
birlamchi tamoyil sifatida nazarda tutilishi lozim. Shakl va mazmunning ochiq yoki yashirin muvofiqligi muallif badiiy niyatining aniq va to’la namoyon bo’lishi uchun jiddiy zamindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |