5 –Laboratoriya mashg‘uloti amg, tmg, dslam media shlyuzlarini o‘rganish



Download 242,36 Kb.
bet1/4
Sana19.04.2022
Hajmi242,36 Kb.
#562834
  1   2   3   4
Bog'liq
5 –Lab IMS


5 –Laboratoriya mashg‘uloti


AMG, TMG, DSLAM MEDIA SHLYUZLARINI O‘RGANISH


5.1. Mashg‘ulotning maqsadi

Huawei firmasining uskunalari bazasi asosida NGN tarmog‘ining qurilish tamoyilini AMG, TMG, UMG va DSLAM mediashlyuzlari orqali o‘rganish.




5.2. Topshiriq

Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish lozim:


1. HUAWEI firmasining NGN tarmog‘ini funksional modelini;

  1. Chegaraviy kirish satxidagi uskuna turlarini;

  2. 14.1 – jadvaldagi variant asosida ATS binosida joylashgan multiservis tarmog’iga kirish tugunini qurish va UfTT bilan tutashuv imkoniyatini ko‘rib chiqish.

Topshiriq variantlari


5.1 – jadval

Variant


t/r

Topshiriq

ATS indeksi

Multiservis tarmog‘ining analog abonentlari



Keng polosali kirish portlari

1

296

150

45

2

262

300

32

3

235

200

20

4

255

100

50

5

245

310

28

6

233

130

45

7

237

280

50

8

291

250

30

9

241

140

50

10

296

100

32

11

262

310

20

12

235

130

50

13

255

280

45

14

245

250

32

15

233

140

20

16

237

150

50

17

291

300

28

18

241

200

45

19

296

100

50

20

262

310

30

21

235

250

50

22

255

140

45

23

245

100

32

24

233

310

20

5.3. Nazorat savollar



  1. Multiservis tarmoq tarkibiga qanday satxlar kiradi?

  2. Chegaraviy kirish satxida qanday uskuna ishlatilishi mumkin bo‘ladi?

  3. AMG nima uchun ishlatiladi?

  4. TMGqanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

  5. UMGqanday maqsadlarda qo‘llaniladi?

  6. TMGvaUMG farqi nimada?

  7. DSLAMning qo‘llanish sohasi haqidama’lumot bering.

5.4. Foydalaniladigan adabiyotlar



  1. Toni Janevski. NGN Architectures, protocols and services. , First Edition.

John Wiley & Sons, Ltd. Published 2014 by John Wiley & Sons, Ltd. 2014.

  1. Р.Н. Раджапова. Кейинги авлоднинг конвергент тармоқлари: ўқув қўлланма. ТАТУ, 2016.

  2. А.В. Росляков, С.В. Ваняшин, М.Ю. Самсонов. И.В. Шибаева, И.А.

Чечнёва С28. Сети следующего поколенияNGN /под ред. А.В.
Рослякова. –М.: Эко-Трендз, 2008.

  1. Бакланов И.Г. NGN: принципы построения и организации/под.ред. Ю.Н.

Чернышова.- М.: Эко-Трендз, 2008.


5.5 Nazariy qism


HUAWEI firmasining NGN tarmog‘i funksional modeli

HUAWEI firmasi ishlab chiqqan, NGN tarmog‘ining funksional modeli to‘rt satx sifatida taqdim etilgan:



  • chegaraviy kirish satxi;

  • tayanch kommutatsiya satxi;

  • tarmoqni boshqarish satxi;

  • xizmatlarni boshqarish satxi;

Tarmoq arxitekturasi 5.1 – rasmda keltirilgan.

5.1 - rasm. HUAWEI firmasining NGN tarmog‘i arxitekturasi


Chegaraviy kirish satxida turli-tuman vositalarni qo‘llash va shu tarmoqda uzatish uchun ishlatiladigan, chiqayotgan axborot farmatini tegishli formatga o‘zgartirish asosida tarmoqqa abonentlarniva terminallarniulash amalga oshiriladi.


Tayanch kommutatsiya satxida paketlar kommutatsiyasi amalga oshiriladi, vabu satxda magistral tarmoq transport tarmoqqa (MAN) taqsimlangan, marshrutizatorlar va uchunchi satx IP-kommutatorlari kabi qurilmalar ishlatiladi. Bu satxda abonentlarga yagona ko‘rinishda va yuqori ishonchlilik bilan, xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatli (QoS) va katta o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lganintegral platformasini taqdim etish amalga oshiriladi.
Tarmoqni boshqarish satxida chaqiruvlarni boshqarish amalga oshiriladi. Bu satxdagi asosiy texnologiya–moslashuvchan kommutator hisoblanadi. U real vaqt rejimida ulashni o‘rnatishni boshqarish va chaqiruvlarni boshqarish uchun ishlatiladi.
Xizmatlarni boshqarish satxida asosan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish, shuningdek ulashni o‘rnatishda ishlashni quvvatlash amalga oshiriladi.
Chegaraviy kirish satxida uskunalarni ishlatish. Chegaraviy kirish satxida HUAWEI firmasining quyidagi uskunalari ishlatilishi mumkin:

  • integral kirish qurilmasi (IAD);

  • kirish mediashlyuzi(AMG);

  • signalizatsiya mediashlyuzi (SG);

  • ulash liniyalari mediashlyuzi (TMG);

  • universal mediashlyuz (UMG).

Integral kirish qurilmasi (IAD)NGN arxitekturasida ishlatiladigan abonent kirish qurilmasidan iborat. Bu qurilma yordamida paketli tarmoq bo‘yicha ma’lumotlar (nutqli aloqa, vidioaxborotlar va boshqa xizmatlari)ni uzatish tashkil etiladi. Har bir integral kirish qurilmasida (IAD) maksimum 48 abonent portlari ko‘zda tutilgan.
Kirish mediashlyuzi (AMG) yordamida abonentlarga analog abonent kirish, ISDN xizmatlari integratsiyasi bilan raqamli tarmoqqa kirish, V5 kirish va raqamli abonent liniyasiga (X.DSL) kirish kabi xizmatlarga turli tuman kirish taqdim etiladi.
Signalizatsiya mediashlyuzi (SG)UKS7, signalizatsiya tizimi tarmog‘i va Internet-protokoli (IP) tarmog‘ining interfeysi satxida joylashgan. U kommutatsiyalanadigan UfTT va IP tarmoq orasida signalizatsiyani o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Ulash liniyalari mediashlyuzi (TMG)IP uzatish muhitining axborotli oqimlari va IKM-oqimlari orasida formatni o‘zgartirishni ta’minlab, kanallar kommutatsiyasiga ega bo‘lgan tarmoq va paketlar kommutatsiyasiga ega bo‘lgan IP tarmoq orasida joylashgan.
Universal mediashlyuz (UMG), uzatish muhiti oqimlari formatini o‘zgartirish uchun SG yoki AMG ichiga kiritilgan, TMG rejimida signalizatsiyani o‘zgartirishni bajaradi. UfTT telefon stansiya, muassasaviy telefon stansiya MATS (PBX), kirish tarmog‘i, kirish tarmog‘i serveri (NAS) va bazaviy stansiya kontrolleri kabi qurilmalarni turli tumanini ulashni ta’minlanadi.
Kirish uskunasiga bir necha misollarni ko‘ramiz.

Download 242,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish