Shovqin va titrashdan himoyalanish
Shovqin va tebranishga qarshi kurashishni mashina va mexanizmlar, texnologik jarayonlarni loyixalashning dastlabki boskrchlarida boshlash kerak Korxona bosh planini tuzganda, albatta shovqinga qarshi ba’zi chora-tadbirlar kо‘rib qо‘yilgan bо‘lishi kerak Bunda asosiy sershovqin sexlarni ishlab chidarish maydonining chekka tomonlariga joylashtirish makradga muvofikdir. Sershovqin sexlarni boshqa sexlardan tovush о‘tkazmaydigan tusihlar bilan himoyalash kerak Sexlarning eshik va derazalari tovush о‘tkazmaydigan yoki kamrok o’tkazadigan maxsus materiallardan tayyorlangan bо‘lishi kerak Shovqin va tebranishga qarshi kurashishda texnologik jarayonlarni tо‘g‘ri tanlash, ya’ni jarayonda ishtirok etayotgan mashina va mexanizmlarning minimal kuch bilan ishlashini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Moslama va mexanizmlarni sifatli yig‘ish, kuzatib borish, tuzatish ishlarini rejali bajarish shovqinning kamayishiga olib keladi. Shu makqsadda amaliy dalillar asosida tashkiliy va texnik tadbirlar ishlab chiqarilgan. Ular quyidagilardan iborat. Texnologik jarayondan sershovqin va tebranishi kuchli bо‘lgan mashina va mexanizmlarni chiqarib tashlash, shovqin man’basi bо‘lgan mashina, sexlarning ayrim xonalarga joylashtirish, sershovkin sexlarni a’loxida ajratib joylashtirish, kuchli tebranishga ega bо‘lgan sershovkin mexanizmlarni uzoqdan turib boshqarish tizimini qullash,shaxsiy muhofaza vositalaridan keng foydalanish va boshqalar. Asosiy texnik tadbirlarga kuyidagilar misol bо‘laoladi: Tebranuvchi mexanizmlarning poydevori asosiy konsruksiya va kammunikatsiya tizimlaridan himoya qilinishi, tebranuvchi mexanizm va asos о‘rtasiga elastik tо‘siq о‘rnatish, asos yuzasini tebranishni yutuvchi rezina materiallar bilan koplash, sershovqin mashina va mexanizmlarning xarakatlantiruvchi qismlarini tovushini tо‘sadigan maxsus rilof bilan himoyalash va hq Ish joylari, asbob-uskunalar va qurilish konsruksiyalarini mashina mexanizmlar xosil qiladigan tebranish ta’siridan saqlashning ijobiy usullaridan biri tebranishning tо‘siqlash usulidir. Bu maksadda mexanizm va asos о‘rtasida elastik element о‘rnatiladi. Tebranish «tо‘siqlari», amortizatorli pо‘lat prujina, rezina va boshqa elastik materiallardan tayyorlanadi. Pо‘lat prujinadan tayyorlangan amortizatorlar uzoq vaqg xizmat qilishi bilan birga yuqdori tebranishdan ximochlanadi. Ammo uzoq tebranish energiyasining tezda yuqrlishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun ham prujina ustiga о‘rnatilgan mexanizmlardan tebranish tezda sо‘nmaydi, tebranish ma’lum vaqtgacha davom etadi. Bu ayniqra rezonans rejimi bо‘lganda seziladi. Rezinadan tayyorlangan amortizatorlar prujina amortizatorlaridan farq qilib, iyaki ishqalanish koiffitsenti katta bо‘lganligi sababli tebranishni tezda sо‘ndiradi. Shuning uchun ham ularning birga kо‘shib ishlatish qoydali deb xisoblanadi. Shovqinni yо‘qotishda va undan saqlanishda kо‘llanadigan turli tadbir-choralar, masalan, xarakatlanuvchi krsmlar podshipniklari xolatini о‘z vaqtida tekshirish, moylash, detallar tutashgan joylarda bо‘shliq bо‘lmasligi, zarba bilan ishlaydigan kismlarni yuqrtish, aylanuvchi qismlarni muvofiqlashtirish, mexanizmlarning qobiqlar va tо‘siqlari qurilmalari mustaxkam о‘rnatilganligini tekshirib turish ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Nazorat savollari:
Shovqin va titrashdan himoyalanish uchun ko’riladigan chora tadbirlar qanday amalga oshiriladi?
Tebranish va undan himoyalanish usullari qanaqa?
Shovqinni tarqalish yо‘lida kamaytirish uchun nima qilish kerak?
Xonalarga akustik ishlov berish qanday amalga oshiriladi?
Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirishtadbirlari qanaqa?
Shovqin yо‘nalishini qanday о‘zgartirish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |