2. Dinamik usulda tormozlash
Dinamik usulda tormozlashda asinhron dvigatel tarmoqdan uziladi va shu zahoti uning stator cho’lg’ami o’zgarmas tok manba’iga ulanadi. O’zgarmas tok bilan ta’minlangan statorning ayrim faza cho’lg’amlari turli usulda ulangan bo’lishi mumkin. Bizning holda stator cho’lg’amlari uchburchak usulda ulangandir. (3.4-rasm).
6.2-rasm. ADni dinamik tormozlahsda stator chulgamini uchburchak shaklida ulash sxemasi.
Ekvivalent tok (dinamik tormozlash toki) quyidagicha aniqlanadi:
Iekv=0,44Io’ (6.2)
Dinamik usulda tormozlash rejimida mehanikaviy tavsifning tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Mm=2Mmkr / Sm/Smkr+Smkr/Sm , (6.3)
Kritik moment:
Mkr=3I2ekvX2μ / 2ω0nom(Xμ+X’2) , (6.4)
Kritik momentga to’g’ri keladigan kritik sirpanish:
Smkr=R’2+R’2qo’sh/Xμ+X’2 , (6.5)
Bu erda:
Xμ-magnit konturining induktiv qarshiligi.
Xμ=E1/Iμ
Bu erda: Iμ-magnitlovchi tok.
6.3-rasm. Dvigatelning univerasal magnitlanishi egri chiziqlari.
E*=ƒ(Iμ) bog’lanishi (1 egri chiziq).
X*μn=ƒ(I*μ) bog’lanish (2egri chiziq).
6.4-rasm. Dinamik usulda tormozlash rejimida asinhron dvigatelning mexanikaviy tavsiflari.
6.4-rasm. Dinamik usulda tormozlash rejimida asinhron dvigatelning mexanikaviy tavsiflari.
Dinamik usulda tormozlash rejimida mehanikaviy tavsifni qurish uchun olinadigan ma’lumotlar stator cho’lg’amlari 6.2-rasmdagi shema boyicha ulanganda olinadi. (6.2), (6.3), (6.4) va (6.5) formulalar yordamida hisoblash ishlari bajariladi. Sirpanishning 7-8 ta qiymatini berib asinhron dvigatelning momenti aniqlanadi. Hisoblash natijalarini
6.2- jadvalga yozib oling.
Sinalayotgan dvigatelning teskari ulash usulida tormozlash rejimida mehanikaviy tavsiflarini hisoblash va qurish. (5.10) va (6.1) tenglamalari bo’yicha, sirpanish birdan katta bo’lganda, bajariladi. Tokni va tormozlash moment qiymati chegaralash uchun rotor zanjirining har bir fazasiga qo’shimcha rezistorlar ketma-ket ulanadi.
O’zlashtirishni tekshirish uchun savollur
6-1. Nima uchun rotori qo’zg’almas bo’lganda dvigatelning toki uning nominal tokidan bir necha marta oshib ketadi?
6-2. Dvigatelning tezligi sinhron tezlikdan har qanday katta tezlikda utarmoqqa energiya beraveradi deyish mumkinmi?
6-3. Asinhron dvigatelning aylantiruvchi momenti tarmoq kuchlanishi kvadratiga to’g’ri mutonosib deyilgan ifodani qanday tushunish kerak? 6-6-4. Katalogida berilganlari bo’yicha asinhron dvigatel rotorining aktiv qarshiligi qanday aniqlanadi?
6-5. Chuqur pazli va qo’sh olmahon katakli dvigatellarning mehanikaviy tavsiflarining hususiyatlari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |