№
|
Topshiriqlar
|
1.
|
Uchburchakning a, b, c tomonlari berilgan. Uchburchak yasalishi tekshirilsin. Uchburchak yasalmasa, dasturdan xabar berib chiqib kestin. Yasalgan uchburchak turi ko’rsatilib, rasmini ko’rsatsin. Uchburchak yasalsa, yuza, perimetr, tomonlarga tushirilgan mediana uzunliklarini topilsin.
|
2.
|
Doiraning radiusi va yoy burchagi berilgan. Doira rasmini joylang. Doiraning uzunligi va yuzasini,diametr uzunligi, sector va segmentni, yoy uzunligini ko’rsatuvchi dastur tuzing.
|
3.
|
Teng yonli trapetsiyaning tomonlari berilgan. Trapetsiya rasmini formaga joylang. Unga ichki aylana chizish mumkin yoki yo’qligini tekshirsin va yuzasi, dioganali,o’rta chizig’i va balandligini ko’rsatadigan dastur tuzing.
|
4.
|
To’g’ri burchakli to’rtburchakning tomonlari berilgan. Unga ichki va tashqi aylana chizish mumkinligini tekshiring. Agar mumkin bo’lsa, radiuslarini ko’rsating. To’rtburchak rasmini formaga joylang. To’rtburchak yuzi, dioganali,perimetrini ko’rsatadigan dastur tuzing.
|
5.
|
Kvadrat funksiya berilgan(a,b,c).Uni o’qlarining qaysi nuqtalarda kesib o’tganini, (x0,y0) larni toping.Koordinatalar sistemasida parabola rasmini ko’rsatib tursin(Ixtiyoriy rasm). Dasturda clear va exit nuqtalarini qo’ying.
|
6.
|
Kvadrat tenglamada a,b,c berilgan. Deskirminant hisoblansin D<0 da xatolik haqida xabar bersin. Qolgan ikki holatda ildizlar topilsin.Dasturda clear va exit nuqtalarini qo’ying .
|
7.
|
Ikkilik sanoq sistemalari uchun arifmetik amallarni(qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) bajaruvchi kalkulator yarating.
|
8.
|
Foydalanuvchilarning login va parollarini tekshiruvchi FORMA yarating. Dizayn qismiga etibor bergan holda ranglar uyg’unligini shakllantiring. Login va parollar to’g’ri yozilgan bo’lsa foydalanuvchi haqida ma’lumotlar chiqsin. Parol xato bo’lsa xatolik haqida xabar oynasi ochilsin.
|
9.
|
Sharning radiusi berilgan. Uning to’la sirti va hajmini toping. Sharga ichki chiziligan kubning tomoni, hajmi, to’la sirti topilsin.
|
10.
|
Ikki nomalumli birinchi darajali tenglamalar sistemasini hisoblovchi dastur tuzing. Kiritish parametrlari 6ta koeffitsent. Cheksiz ko’p, yagona, yechimga ega emaslik shartlari tekshirilsin. Yagona yechim bo’lsa yechimlar topilsin(x,y).
|
11.
|
Uchburchak uchlarining koordinatalari , va berilgan. Shu nuqtalarga mos uchburchak chizing. Berilgan nuqta uchburchak ichida yotish yoki yotmasligi tekshirsin. Uchburchak ichida yotmasa, xabar berib chiqib ketsin. Nuqta uchburchak ichida yotsa, uchlarigacha bo’lgan masofalar topilsin.
|
12.
|
Forma dorixona uchun yaratilsin. Dorilar nomi ko’rsatib turilsin. Tanlangan dori haqida ma’lumotlar chiqarsin. Ro’yhatda yo’q dori kiritilsa, xabar berib dasturdan chiqib ketsin.
|
13.
|
O’zbek lotin alifbosini o’rgatuvchi forma yaratilsin. Alifbo ko’rsatilib turilsin. Tanlangan harf bo’yicha ovoz orqali shu harf aytilsin. Tanlangan harf bo’yicha yozma va bosma yozilish rasmlari ko’rsatilsin.
|
14.
|
Audio ertaklar formasi yaratilsin. Ertaklar ro’yxati ko’rsatilsin.Tanlangan ertak bo’yicha rasm ko’rsatilib, ertak eshittirilsan. Ro’yhatta yo’q ertak so’ralsa, xabar berib chiqib ketsin.
|
15.
|
Silindrning asos radiusi va balandligi qiymatlari kiritiladi. Uning asos yuzi, hajmi, yon va to’la sirtlari qiymatlari chiqarilsin. Rasmda: silindr yoyilmasi rasmlari ko’rsatilsin. Dasturda clear va exit nuqtalarini qo’ying.
|
16.
|
Smartfonlar sotiladigan do’kon dasturi tuzilsin. Xar bir maxsulotda: rasmi , narxi va malumotlari alohida komponentlari kiritilsin. Malumot komponenti ichida yangi formada mahsulot haqida ma’lumotlar berilsin. Audio qo’yilsin Exit,massegbox, funksiyalari ishlatilsin.
|
17.
|
Davlat muzeylari haqida dastur tuzing. Foydalanuvchi kirishda login, parol bilan kirib, Muzeydagi exponatlari haqida malumotlarni ko’rsin.(rasmli, matnli, ovozli).Dasturda EXIT va Massagebox funksiyalari qo’llansin.
|
18.
|
Hayvonot bog’i dasturini tuzing. Asosiy formada (qushlar, uy hayvonlari, sudralib yuruvchilar, yirtqich hayvonlar va suv hayvonlari) ko’rsatilib tursin. Exit tugmasi joylashtirilsin. Tanlangan tur bo’yicha, yangi forma ochilib, har birida kamida 5 tada ma’lumot ko’rsatsin. Har bir ma’lumot rasm, matn va ovozli bo’lsin.
Dasturda hayvonlar sur’atlari, ularni ovozlari,ularning qaysi davlatdan ekanligi bayrogi bilan malumotnomasida ko’rsatilsin.
|
0>