5 kurs 9 semestr uchun oraliq nazorat savollari
1. Ventilyasiya nima va uning turlari.
2. Ishlab chiqarishda ventilyasiya qaysi maqsadlarda foydalaniladi
3. Asos bo‘luvchi qonuniy xujjatlarga qanday xujjatlar kiradi?
4. Ish yuritish hujjatlaridan qaysilarini bilasiz? Dislokatsiyani kim tuzadi va u kim tomonidan tasdiqlanadi.
5. Davlat standarti qonunining mazmuni.
6. Ventilyasiya samaradorligi deb nimaga aytiladi?
7. Toksikologiya fani nimani o‘rganadi, uning vazifalari nimadan iborat.
8. Kimviy moddalarni zaharlilik ko‘rsatkichlarni ayting.
9. Sun'iy ventilyasiyaning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat.
10. Umumdavlat me'yoriy-qonuniy xujjatlarga qanday xujjatlar kiradi.
11. Havflilik darajasi bo‘yicha zaharli moddalarning klassifikatsiyasi.
12. JSN ning turlari qanday.
13. Zaharli moddalarni nafas yo‘llari orqali ta'siri.
14. Psixromonometr SAGI asbobini tuzilishi.
15. Mehnat gigiena vrachining ish mazmuni nimalardan iborat.
16. Kimyoviy moddalarning kumulyativ xususiyatlarining 2 turini ayting.
17. Mexanik ventilyasiyaning kamchiliklari.
18. Taxminiy bezarar miqdor deb nimaga aytiladi.
19. Ventilyasiya samaradarligi va unimadarligi deb nimaga aytiladi.
20. Mehnat gigienasi faoliyatida reglamentlovchi qonuniy xujjatlarning 3
guruxini ayting.
21. Zaharli moddalarni intratraxial ta'siri ayting.
22. Ventilyasiya holatini nazorat davriyligini belgilab beruvchi
ko‘rsatkichlarni ayting.
23. Bo‘lim ish rejasini kim tuzadi va u nechta qismdan iborat?
24. Maxalliy ventilyasiyaning afzalliklari va kamchiliklari.
25. Ishlab chiqarish toksikologiyasini tushunchasiga ifoda bering.
26. Zaharli moddaoarni teri orqali ta'sir etishi ( aplikatsiya usuli).
27. Mehnat gigienasi vrachining ish rejasini maksadi va vazifalari
nimalardan iborat?
28. Aspiratsion usul yordamida havo tarkibidagi namuna qanday olinadi.
29. Havoni sanitar nazoratini davriyligini 4 ta muddatlarini ko‘rsating.
30. Dislokatsiya nima va u qachon tuziladi?
31. «Ekspress usul» deb nimaga aytiladi.
32. Ventilyasiyaga qo‘yiladigan 3 ta asosiy talablarni ayting.
33. Havodan kimyoviy namuna olish uchun sanitar nazorat bosqichlari.
34. Doza va konsentratsiya deb nimaga aytiladi.
35. 1075 buyruqqa asosan mehnat gigienasi bo‘limining shtatlari qanday
belgilanadi?
36. Kimyoviy moddalarni organizmga tushish va organizmdan chiqish yo‘llari.
37. Maxalliy ventilyasiyaning turlari.
38. Ish rejasining tashkiliy masalalariga nimalar kiradi?
39. Toksikologik tadqiqot bosqichlari.
40. Birlamchi tibbiy xujjatlar ularning tarkibi O‘z. Res. ning qaysi
buyrug‘ida aks etgan?
41. Maxalliy olib keluvchi va olib ketuvchi ventilyasiyaning farqi.
42. Ish rejasining sanitar-gigienik masalariga nimalar kiradi?
43. Xromotagrafiya usullari qachon qo‘llaniladi.
44. Kimyoviy omillarga mehnat gigienasi vrachi qachon gigienik baho
beriladi?
45. Maxaliy ta'sir natijasida terida qanday o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Mehnat gigienasi
Masala № 1
Kimyoviy modda sariq rangli, uchuvchan, 200S – 502 mg/m3, LK50-15 mg/m3, LD50 teri – 443 mg/kg, LD50 ogiz orkali – 134,5 mg/kg, LIMak – 340, LIMxr- 48,5, zona akuta – 17,4, REM – 0,5 mg/m3
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Ushbu kimyoviy moddaniIZEK hisoblang;
-
Mavjud tasnif asosida moddani xavfligi bo‘yicha qaysi sinfga mansubligini aniqlang.
Mehnat gigienasi
Masala № 2
Kanop fabrikasining tayyorlov sexida kanop toylari belbog‘lari yechilib titiladi so‘ngra bo‘laklarga bo‘linib yozish mashinasi uzatish lentasiga tashlanadi. Tola yozish mashinasi tishlari orasidan o‘tkazilib eziladi va issiq emulsiya bilan sepiladi (purkash usulida). Ish jarayonida havoga 30 mg/m3 miqdorda chang chiqadi. Changga qarshi dastgoxni uzatish lentasi boshida maxalliy havo tortuvchi panel o‘rnatilgan (havo tortish tezligi 1,5m/sek). Dastgox yuqorisiga mo‘ri o‘rnatilgan. Umumiy havo almashtiruvchi ventilyasiya olib keluvchi havoni yerdan 4 metr balandlikdan beradi olib keluvchi xona devorlari bo‘yalib 3 metr balandlikdan olib ketadi.
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Mavjud ventilyasiya tizimi to‘g‘ri tanlanganmi.
-
Bu sharoitda ventilyasiya samara beradimi.
-
Ventilyasiya samaradorligini oshirish uchun kerakli takliflarni bering.
Mehnat gigienasi
Masala № 3
Mexanika yig‘uv sexida kichik metall buyumlar maxsus kabina ichida amalga oshiriladi, katta buyumlar sexi o‘rtasida payvandlanadi. Sex birinchi qavatida joylashgan, katta buyumlarni payvandlashda to‘siqlardan foydalanilmaydi. Payvandlash kabinalari maxalliy havo tortuvchi panel qurinishida mavjud. Uning havo tortish joyidagi tezligi 1,5 m/sek. Sexda boshqa ventilyasiya turi yo‘q. Sexdan olingan havo namunalarida azot oksidlari marganets oksidlarining miqdori REMdan 1,5-1,8 marta ortiqligi aniqlangan.
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Sexda mavjud ventilyasiya samaradorligiga baho bering;
-
Sexda yana qanday ventilyasiya o‘rnatilishi kerak.
Mehnat gigienasi
Masala № 4
Mirobod tumani xududida 226 ta sanoat korxonasi joylashgan, ulardan 6 tasi temir yo‘liga qarashli, 56 tasi xususiy korxonalar, 21 tasi turli turdagi xissadorlik jamiyatlari, qolganlari davlat tasarufidagi korxonalardir.
Quyidagi savollarga javob bering.
-
Xududiy tuman DSENM mexnat gigienasi bo‘limi tomonidan sanitariya nazorati o‘tkaziladigan ob'ektlar ro‘yxatiga qancha ob'ekt kiritilishi kerak.
-
Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar qaerdan olingan.
-
Davlat sanitariya nazorati o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish ob'ektlari ro‘yxati qachon tuziladi.
Mehnat gigienasi
Masala № 5
Yu.Obod tumanida 462ta ishlab chiqarish obektlari mavjud.Ularda xammasi bo‘lib 35200ishchi ishlaydi. Bu korxonalardan 4tasi ichki ishlar vazirligiga qarashli. Unda 8200 ishchi ishlaydi. 3ta obekt qurolli kuchlarga qarashli. Ularda 6000ishchi ishlaydi. Qolganlari turli vazirliklarga, aksionerlik jamiyatlariga qarashli xususiy korxonalardir
Quyidagi savollarga javob bering:
1. Qaysi qonuniy xujjatlarga asosan vrachlar va vrach yordamchilari shtatlari aniqlanadi?
Mehnat gigienasi
Masala № 6
Mehnat gigienasi vrachi tuman territoriyasda joylashgan yengil sanoat korxonalarining xotin-qizlarining mehnat sharoitlari qandayligi to‘g‘risida tuman ijroiya komiteti so‘rov xatiga binoan malumotnoma tayyorlashi kerak.
Quyidagi savollarga javob bering.
-
Malumotnoma qanday xujjat turiga kiradi?
-
Bunday xujjat qanday zaruriy qismlardan iborat va qanday qilib rasmiylashtiriladi?
Mehnat gigienasi
Masala № 7
Sergeli tumani xudidida 426 ta sanoat korxonasi joylashgan ulardan 6 tasi temir yo‘liga qarashli, 56 tasi xususiy korxonalar, 21 tasi turli turdagi xissadorlik jamiyatlari qolganlari davlat tasarufidagi korxonalardir.
Quyida keltirilgan savollarga yozma javob bering.
-
Xududiy tuman DSENM mehnat gigienakasi bo‘limi tamonidn sanitariya nazorati o‘tkaziladigan ob'ektlar ro‘yxatiga qancha ob'ekt kiritilishi kerak.
-
Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar qaerdan olingan.
-
Davlat sanitariya nazorati o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish ob'eklari ro‘yxati qachon tuziladi.
Mehnat gigienasi
Masala № 8
Yig‘uv sexida kichik metall buyumlar maxsus kabina ichida amalga oshiriladi, katta buyumlar sexi o‘rtasida payvandlanadi. Sex birinchi qavatida joylashgan, katta buyumlarni payvandlashda to‘siqlardan foydalanilmaydi. Payvandlash kabinalari maxalliy havo tortuvchi panel ko‘rinishida mavjud. Uning havo tortish joyidagi tezligi 1,5 m/sek. Sexda boshqa ventilyasiya turi yo‘q. Sexdan olingan havo namunalarida azot oksidlari marganets oksidlarining miqdori REMdan 1,5-1,8 marta ortiqligi aniqlangan.
Quyidagi savollarga javob bering:
1.Sexda mavjud ventilyasiya samaradorligiga baho bering;
2.Sexda yana qanday ventilyasiya o‘rnatilishi kerak.
Mehnat gigienasi
Masala № 9
Bosmaxonada harf terish eritilgan simob bilan linotip mashinalarda o‘tkaziladi. Simobni rezervuari linotipistning ish joyida 0,75 m balandlikda turadi. Simob miqdorini ish zonasida aniqlash uchun 3 ta ish joyidan 1tasi taxlil qilingan. Havodan taxlil qilinayotgan paytda maxalliy havo so‘rib oluvchi vositalar ishlamagan, umumiy havo so‘rib oluvchi tizim ishlab turgan. Olingan natija bo‘yicha ish joylaridagi simobning miqdori 0,07 -0,14 mg/m3 ga teng.
Quyidagi savollarga javob bering:
1. Tajriba uchun olingan namuna to‘g‘ri olinganligiga baho bering.
2.Taxlil qilingan havoni natijalarini 12.1005-88 Davlat standarti "Ish joylari havosi" ga qarab baholang.
Mehnat gigienasi
Masala № 10
Nazorati ostidagi ishlab chiqarish ob'ektini bahorgi-yozgi mavsumga tayyorlanganligini tekshirayotgan mehnat gigienasi vrachi kelishilgan muddat ichida temirchilik sexi ventilyasiya tizimini texnik nazorat o‘tkazilmaganligini, mavjud saturatorlar (gazli suv) ta'mirlanmaganligi aniqladi.
Quyida keltirilgan savollarga yozma javob bering.
2.Bu masala bo‘yicha qanday xujjat rasmiylashtiriladi.
Mehnat gigienasi
Masala № 11
Metal quyish sexida yig‘ish jarayonida ish joyida havodagi chang miqdori 30 mg/m3. Chang tarkibida 6-8% SiO4 mavjud. Chang maxaliy havo tortuvchi moslama (panjara kurinishda) yordamida 0,7 m/sek tezlikda tortiladi (pastga tomonga)
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Havodagi changning miqdoriga Dav.st№12.1.005-88 asosida baho bering
-
Kerakli sog‘lomlashtirish chora - tadbirlarini taklif eting
Mehnat gigienasi
Masala № 12
Bosmaxonada harf terish eritilgan simob bilan linotip mashinalarda o‘tkaziladi. Simobni rezervuari linotipistning ish joyida 0,75 m balandlikda turadi. Simob miqdorini ish zonasida aniqlash uchun 3 ta ish joyidan 1tasi taxlil qilingan. Havodan taxlil qilinayotgan paytda maxalliy havo so‘rib oluvchi vositalar ishlamagan, umumiy havo so‘rib oluvchi tizim ishlab turgan. Olingan natija bo‘yicha ish joylaridagi simobning miqdori 0,07 -0,14 mg/m3 ga teng.
Quyidagi savollarga javob bering:
1. Tajriba uchun olingan namuna to‘g‘ri olinganligiga baho bering.
2.Taxlil qilingan havoni natijalarini 12.1005-88 Davlat
standarti "Ish joylari havosi" ga qarab baholang.
Mehnat gigienasi
Masala № 13
Sariq rangli kimyoviy modda, suyuq, uchuvchan, 200S – 502 mg/m3, LK50120-15 mg/m3, LD50 teri – 443 mg/kg, LD50 og‘iz orqali – 134 mg/m3, Limac – 340 mg/m3, Limch- 48,5 mg/m3, Zac – 17,4, REM – 0,5 mg/m3.
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Ushbu kimyoviy modda IZEK ni hisoblab chiqing.
-
Modda havfliligi bo‘yicha qaysi sinfga ta'luqliligini aniqlang.
Mehnat gigienasi
Masala № 14
Mashina qurilish zavodi yig‘uv sexida payvandlash ishlari amalga oshiriladi. Ish bajarish jarayonida kondensatsiya aerozollarining havodagi miqdorini 1 mg/m3 atrofida. Chang tarkibida 6,5% MnO4, 4,6 SiO4 bor.
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Bu sharoitlarida qanday kasb kasalliklari kelib chiqishi mumkin
-
Bu sharoitda qanday ventilyasiya samadorligi ko‘proq
-
Changga tavsif bering.
Mehnat gigienasi
Masala № 15
Detallarni benzolda eritilgan bo‘yoqlar bilan havo tortuvchi shkaflrda purkash usulida bo‘yaladi. Bo‘yalgan detallar sexda tokchalarda quritiladi. Sexda umumiy havo almashtiruvchi ventilyasiyasi o‘rnatilgan. Benzol miqdorini aniqlash uchun sexning boshida, o‘rtasida va oxirida, poldan 1,5 m yuqorida havo namunasi olingan. Havo namunasida benzol miqdori 12-15 mg/m3 ga teng.
Quyidagi savollarga javob bering:
-
Havo namunalari to‘g‘ri olinganmi?
-
Havodagi benzol miqdoriga me'yoriy xujjat asosida gigienik baho bering.
-
Havo tarkibida benzol miqdorini kamaytirish uchun qanday choralarni o‘tkazish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |