Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb
qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar
Uch xonali sonlar, yuzliklar, ming haqida tasavvurga, yuzliklarni o‘qish va yozish
malakasiga ega bo‘lish, berilgan tomonlariga to‘g‘ri to‘rtburchak perimetrini topishni
uddalay oladilar.
|
|
|
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
|
|
|
Dars
bosqichi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich.
Tashkiliy
qism
|
0‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning
darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
2
min
|
|
2-bosqich. Uy
vazifa- larini tek
shirish
|
46-darsda berilgan uy vazifalari tekshiriladi,
o‘tilgan mavzu bo‘yicha suhbatlashiladi.
|
Suhbat
|
5
min
|
3-bosqich.
Refleksiya
(ehtiyojlami
aniqlash
|
Raqam va son, ularning farqi, uch xonali
sonlar, ularning birliklari haqida munozara
qilinadi.
|
Munozara
|
3
min
|
4-bosqich.
Yangi mavzu
bayoni
|
Darslikdagi 295-297-misollarni yechish
orqali uch xonali sonlar va ularni raqamlash,
o‘nlik sanoq sistemasi tushuntiriladi, bu
borada Al-Xorazmiyning buyuk ishlari
haqida maTumotlar beriladi.
|
Savol
javob
|
15
min
|
5-bosqich. Yangi
mavzuni
mustahkamlash
|
0‘quvchilar 298-300-topshiriqlarni
bajaradilar. Zarur hollarda ularni bajarishda
o‘qituvchi yordam beradi.
|
Mustaqil
ish, savol-
|
15
min
|
6-bosqich.
Baholash
|
Darsdagi faolligiga qarab o‘quv- chilar
baholanadi.
|
3
min
|
|
7-bosqich. Uyga
vazifa berish
|
301-misol va 302-masala uyga vazifa
sifatida beriladi, tegishli ko‘rsatmalar
beriladi.
|
2
min
|
|
Darsning borishi:
Bir xonali, ikki xonali va uch xonali sonlar, ularning xona birliklari haqida
ma’lumotlar beriladi. Darslikdagi 295-topshiriq orqah o‘nlikda nechta birlik
borligi, yuzlikda nechta o‘nlik borligi, yuzliklar qanday atalishi, ularni sanash
haqida ma’lumotlar beriladi va tushuntiriladi. Yuzliklar va ming sonlari qanday
o‘qilishi va yozilishi ko‘rsatiladi.
296- va 297-misollar o‘quvchilar bilan birgalikda savol-javob asosida og‘zaki
bajariladi. Shu asosda yuzliklar ustida amallar birliklar va o‘nliklar ustida amallar
kabi bajarihshi ko‘rsatiladi.
Al-Xorazmiyning matematika fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida
o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. Awaliga o‘quvchilar Al-Xorazmiy haqida
to‘plab kelgan ma’lumotlami bayon qiladilar. So‘ngra 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
raqamlar arab raqami ekanhgi, bu raqamlardan ixtiyoriy sonlarni (masalan, 10, 17,
34, 48, 83, 100 sonlarni) hosil qihsh mumkinhgi, bularning hammasi o‘nlik sanoq
sistemasi deb atalishi, ular buyuk bobokolonimiz Muhammad al-Xorazmiy
tomonidan birinchi bo‘lib qo‘Uanilganhgi haqida ma’lumot beriladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch»
kitobidan quyidagi matn o‘qib beriladi: «... Muhammad Muso Xorazmiyning
o‘nlik sanoq sistemasi, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoga birinchi bo‘hb
ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o‘z vaqtida
mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojiga qanday katta
ahamiyatga ega bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda
odamzodning ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan
yutuqlarini ko‘z oldimizga keltirar ekanmiz, beixtiyor ana shu buyuk
bobokolonimiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda o‘zbek xalqining
ham munosib hissasi borhgidan qalbimiz iftixorga to‘ladi».
298- va 299-masalalar mustaqil yechiladi.
298-masalaning yechihshi:
1) Bahodirning otasi - 10-4 = 40 (yosh);
2) bobosi - 10 • 8 = 80 (yosh).
299-masalaning yechilishi:
(20 + 30) • 2 = 50 • 2 = 100 (sm).
300-topshiriqdagi boshqotirmaning javobi: 16.
301-misol va 302-masaia uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli
ko‘rsatmalar beriladi.
302-masalaning yechilishi:
70 : 5 = 14 (ta).
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo‘shimcha topshiriq: 1) Yuzliklami o‘qish va yozishni mashq qilish; 2) AlXorazmiyning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar to‘plash.
Uyga vazifa : Mavzuni to’liq o’zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |