Aholi farovonligini oshirish
11/06/2008 - 14:07 6938
Aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.
Ishchilar mehnat haqini oshirishda Davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida real ish haqi miqdori 2008 yilning 1 choragida o‘tgan yil davriga nisbatan 48% ga ortdi, shu jumladan aholining pullik daromadlari ham 23% ga ko‘paydi.
Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha joylarda ishlab chiqilgan dasturlarga binoan joriy yilda 67 tа aholi istiqomat qilish uylarini qurish ishlari boshlandi.
Hududiy dasturlar doirasida hamda bandlikni ta’minlovchi zahiralarni safarbar etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha 2008 yilning 1 choragida 169,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, ustuvor ahamiyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratishga berildi. Bunda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida 80,5 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi yoki bu umumiy hisobdagiga nisbatan 47,5% ni tashkil qiladi. Yangi ob’yektlarni ishga tushirish, rekonstruksiya, ishlab chiqarish korxonalarida amaldagi quvvatlarni kengaytirish va undan samarali foydalanishni oshirish hisobiga esa 13,3 mingta (umumiy hisobdagidan 7,9%) ish o‘rinlari yaratildi.
Kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha ham ishlar davom etmoqda, xususan yirik va kichik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha yangi ish o‘rinlarini yaratishning prognoz ko‘rsatkichlari aniqlandi. Mazkur dastur doirasida 27,3 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi yoki rejaga nisbatan 28% ga ortig‘i bilan bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-700-sonli 2007 yil 2 oktyabrdagi “Respublikdagi sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini samarali tashkillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Qarori yuzasidan sog‘liqni saqlash tizimdagi dasturlarni amalga oshirish doirasida 8000 dаn ziyod sog‘liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnik bazasi holatini baholash bo‘yicha majmuaviy inventarizatsiyadan o‘tkazildi.
Amalga oshirilgan inventarizatsiya natijalaridan kelib chiqib “2008-2012 yillarda sog‘liqni saqlash muassasalarida kapital remont, rekonstruksiya, qurilish hamda jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha Dastur” loyihasi ishlab chiqildi.
“Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi, xususan:
Amaldagi kollej va litseylarning hududiy joylashuvi inventarizatsiyadan o‘tkazildi, xususan, mazkur muassasalarning qurilishi bo‘yicha 2009 yilning investitsion dasturiga ularning qulay joylashuvini inobatga olgan holda har bir tuman (shahar) kesimida 9-sinf maktab bitiruvchilarini to‘laqonli qamrab olishini hamda, ularning kadrlarni tayyorlash yo‘nalishlari va o‘z quvvatlarinidan optimal foydalanishni ta’minlash bo‘yicha aniq takliflarni kiritish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda;
Kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi hamda mutaxassisliklarni o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni ta’minlovchi mehnat bozori konyukturasining o‘zgarishini hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarida mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishlari va ularning miqdorini belgilash bo‘yicha takliflar berildi, shu jumladan, hududlarni rivojlanish sharoitlari va ularning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda chora-tadbirlar ham ishlab chiqildi;
2009-2014 yillarda bolalar musiqiy maktabi va san’at maktablari faoliyatini yaxshilash hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi;
2009-2012 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha Davlat dasturiga takliflar ishlab chiqilmoqda;
2008/2009 o‘quv yilida oliy ta’lim muaasasalariga qabul bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Barcha islohotlar aholi farovonligi uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |