5-bob. Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlarini ajratishda Jamg‘arma kafilligi berilishini ko‘rib chiqishning shartlari va tartiboti



Download 1,27 Mb.
bet3/4
Sana04.07.2021
Hajmi1,27 Mb.
#108949
1   2   3   4
Bog'liq
ахоли

Jondor Buxoro viloyatining hududi va aholi son boʻyicha yirik tumanlaridan biri hisoblanadi. Bu tuman barcha sohalarni barqaror rivojlantirishda kattagina salohiyatga ega. 
Xoʻsh, bugun mavjud imkoniyatlardan qanday foydalanilmoqda? Odamlar turmush farovonligini taʼminlash uchun nimalar qilish kerak? Bu savollarga viloyat hokimi Oʻ.Barnoyevning tuman faollari bilan uchrashuvida javob izlandi. Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida ilgari surilgan vazifalar asosida 2020-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 
Tadbirda viloyat va tuman hokimliklari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamoat fondi mutasaddilari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi. 
Yigʻilishda viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqdi.

Taʼkidlash kerakki, tumanda keyingi yillarda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muayyan oʻzgarishlarga erishildi. Yutuqlar haqida gap borar ekan, xususan, keyingi 18 yil mobaynida ilk bor davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasi uddalangani eʼtirof etildi. Lekin umuman olganda, Jondorda muammolar koʻp. Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda asosiy eʼtibor kamchiliklar tahliliga qaratilganining sababi ham shunda.

Hududda islohotlar natijadorligi yuqori emas. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish sust. Ishsizlik darajasi 9,8 foizni tashkil etmoqda. Bu kabi muammolarni hal etgan holda rivojlanish sari marrani yuqori olish zarur.

Yigʻilishda Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar asosida tumanni 2020-yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning har bir yoʻnalishi haqida batafsil soʻz yuritildi.

Kichik biznes isteʼmol va xizmat bozorini boyitish, ish oʻrinlarini koʻpaytirishda muhim oʻrin tutadi. Joriy yilda tumanda 454 ta yangi subyekt tashkil etiladi. Ammo ular sonini yanada koʻpaytirish imkoniyatlari mavjud, deb taʼkidlandi yigʻilishda. Buning uchun joylarda tadbirkorlikka qiziqishlarni qoʻllab-quvvatlash, soha vakillari muammolarini hal etishga jiddiy eʼtibor qaratish lozim.

Ishbilarmonlikni rivojlantirishda davlat dasturlarining oʻrni katta. Masalan “Yoshlar – kelajagimiz” dasturiga asosan yoshlarning 14 ta tadbirkorlik loyihasi uchun 1,3 milliard soʻm miqdorida kredit mablagʻi ajratiladi. Bu sarmoya doirasida 2 ta yoshlar mehnat guzari ham tashkil etiladi.

Joriy yilda tumanda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida 40 ta investsion loyiha amalga oshiriladi. Shuningdek, 10 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoya ham oʻzlashtiriladi. Shular hisobiga 800 ta ish oʻrni ham yaratiladi. Zero, tadbirda aholi bandligi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Barcha manbalar hisobiga 1980 ta ish oʻrni yaratiladi. Ammo ishchi kuchi oshib borayotgan tumanda bugungi kunda 2 ming 57 nafar yoshning bandligi taʼminlanmaganligi inobatga olinsa, muammo jiddiy ekanligi ayon boʻladi. Xullas, reja-moʻljallar ehtiyoj darajasida emas.

Yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida, ular sonini uyma-uy yurgan holda toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish choralarini koʻrish lozim. Shuningdek, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan yoshlarni kadrlarga ehtiyojdan kelib chiqib, kasbga qayta tayyorlab, ularni ish joylari bilan taʼminlash zarur.

Tumanda yoʻllarning katta qismi taʼmirtalab. Joriy yilda bu muammo yechimida salmoqli oʻzgarish kutilmoqda. Umumiy uzunligi 56,1 kilometri boʻlgan yoʻllar taʼmirlanadi. Hududlarda elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida jami 90,6 kilometr boʻlgan elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi, 46 ta transformator yangilanadi. Shu oʻrinda viloyat rahbari bu kabi loyihalarni amalga oshirishda tegishli hududlardagi ahvolni oʻrganib, xalq deputatlari tuman Kengashi bilan maslahatlashgan holda, birinchi galda, holati nochor boʻlgan qishloqlarga eʼtibor qaratish adolatli boʻlishini taʼkidladi.

Joriy yilda qishloq xoʻjaligi sohasida ham katta marralar belgilangan. Dehqonchilik madaniyatini oshirish hisobiga 48,2 ming tonna (oʻtgan yildagidan 15,7 ming tonna koʻp) tonna don yetishtirish, hosildorlikni 71,8 sentnerga yetkazish koʻzda tutilgan. Paxtakorlar esa 38,2 ming tonna xirmon uyishni moʻljallab turishibdi. Viloyat hokimi shu haqda soʻz yuritar asnosida dehqonlarga bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan kelib chiqib, katta erkinlik berilishiga eʼtibor qaratdi. Yurtboshi Murojaatnomasida taʼkidlanganidek, paxta va gʻalla boʻyicha davlat buyurtmasi kelgusi yildan bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Anʼanaviy jaydari bogʻ va tokzorlar bugungi kunda yetarli samara berayotgani yoʻq. Ular hosildorligi past. Tumanda shu jihatga koʻra, yaroqsiz 198 gektar mevazor bogʻ va 67,3 gektar tokzorni buzib, ularda intensiv koʻchatlarni oʻtqazish lozim. Bu koʻchatlar mevasining sifati va boshqa xususiyatlari xalqaro standartlarga javob berishi va hosildorligi hamda eksportbopligi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, tadbirda mahalliy byudjet tushumi, hududiy eksport koʻrsatkichini bajarish, umumiy qiymati 8,4 milliard soʻmlik irrigatsiya va melioratsiya ishlarini amalga oshirish, “Har bir oila tadbirkor” dasturi uchun ajratiladigan 12,9 milliard soʻmlik kreditlaridan samarali foydalanish xususida soʻz yuritildi.

Prezidentimizning Murojaatnomasida boshqaruv tizimi sifatini oshirishda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni toʻla taʼminlash vazifasi ilgari surilgan. Bu davlat idoralari va hokimlari zimmasiga sayyor qabullar va uchrashuvlardagi murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni hal etishda katta masʼuliyat yuklaydi.

Xoʻsh, Jondorda rahbarlarning bu boradagi eʼtiborlari qanday? Yigʻilishda taʼkidlanishicha, oʻtgan yili jismoniy va yuridik shaxslardan Xalq qabulxonasiga bevosita muloqotlarda va ishonch telefonlari, veb-sayt orqali 2 ming 659 ta murojaat tushgan. Tahlillar shuni koʻrsatyaptiki, ularning atigi 23 foizi ijobiy hal qilingan.

Yoki boshqa bir misol. Tuman sektorlari rahbarlari tomonidan oʻtkazilgan 284 ta sayyor ommaviy qabul jarayonida jami 1313 ta masala yuzasidan murojaat qayd etilgan boʻlib, ularning 37,3 foizi ijobiy hal etilgan, 396 tasi, yaʼni 30,1 foizi esa yechimsiz qoldi. Jumladan, 1-sektor rahbari, yaʼni tuman hokimi tomonidan 287 ta murojaatning 106 tasi (37 foizi) hozirgacha yechim topmayapti.

Sohalar kesimida qilingan murojaatlar aksariyatining ham yechimi qoniqarli emas. Masalan, yoʻl qurilishi masalalari yuzasidan kelib tushgan arizalarning birortasi ham ijobiy hal qilinmagan. Vazifa shuki, qabullar va sayyor uchrashuvlarda koʻtariladigan masalalar chuqur oʻrganilishi hamda oʻz vaqtida qonuniy hal etilishi nazoratga olinishi zarur.

Yigʻilishda hududlarni obodonlashtirish, yoʻl va koʻchalarni orasta etish borasida jiddiy kamchiliklar qattiq tanqid qilinib, ularni bartaraf qilishda mahallalar, jamoatchilikning vazifalari belgilab berildi.

Faollar yigʻilishida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish zalvorli vazifalari hal etilishi mahalliy hokimlik rahbariyati, tegishli soha mutasaddilaridan tashabbuskorlik, fidoyilik, mustahkam intizomni, masʼuliyatni talab qiladi. Albatta, bu borada jamoatchilik nazoratini oshiradigan deputatlarning faolligi juda zarur, deb taʼkidlandi muloqotda.Xalq noiblari yaqinda boʻlib oʻtgan saylovlarda ularga bildirilgan ishonchni amaliy ishlari bilan oqlashlari kerak.

Prezidentimizning dasturiy ahamiyatga ega Murojaatnomasi asosida 2020-yilda hududlarda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan faollar bilan uchrashuvlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida boʻlib oʻtmoqda.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish