5-Amaliy mashg’ulot: XIX asrning oxiri XX asr boshlari o‘zbek lug‘atchiligining umumiy tavsifi Reja



Download 309,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.03.2022
Hajmi309,68 Kb.
#475948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5- Amaliy mashgulot-1

4)okkazional 
yasalmalar orqali izohlash. 
Lug‘atdagi ruscha so‘zlar tarjimasida Abdulla Qodiriy 
tomonidan yaratilgan bir qator xarakterli okkazional yasalmalar mavjudligini va 
muallif tarjimadagi so‘zlar izohini berishda bunday so‘zlardan ham samarali 
foydalanganligini ko‘rish mumkin: 
palomnichestvo – ziyoratchilik, hajchiliq (8); 
pamyatlivost – yodliliq, esda tutuvchanliq (10); peregodovat – yillamoq, yil 
kechirmak (61); perejitie – uzoq yashov, yashamolliq (68); podyonshik – kunlikchi, 
mardikor (187); podstavka – xarrak, ko‘targi, taglik (212); pokrov – qopqoq, 
yopqi, o‘rama (242); priprava – dorivor ta’mlagich (383). 
Keltirilgan misollardagi 
hajchiliq, yodliliq, yillamoq, yashamolliq, kunlikchi, ko‘targi, yopqi, ta’mlagich 
kabi leksemalarning mavjud lug‘atlarda uchramasligi muallifning ijodiy mahsuli 
ekanligidan, ularning okkazional yasalma ekanligidan dalolat beradi. Afsuski, bu 
so‘zlar keyinchalik tilimizdan o‘rin topmadi. Demak, adib lug‘at tuzishda faqatgina 
tilda avvaldan mavjud so‘zlardangina foydalanmagan, balki ba’zi hollarda 
aytmoqchi bo‘lgan fikrni, ya’ni tarjimadagi so‘z ifodalagan tushunchani aniqroq, 
ta’sirchanroq ifodalash maqsadida shunga mos so‘zlarni topishga, lozim o‘rinlarda 
ularni o‘zi yasashga, original tarzda qo‘llashga intilgan. Bu hol Abdulla 
Qodiriyning 
so‘zshunos 
sifatidagi 
mahoratidan, 
til 
boyligiga 
ijodiy 
yondashganligidan dalolat beradi. Umuman, Abdulla Qodiriy hammualliflik qilgan 
“Ruscha-o‘zbekcha to‘la so‘zlik”dagi izoh usullarini tahlil qilish lug‘at XX asr 
boshlaridagi o‘zbek lug‘atchiligining yetakchi xususiyatini o‘zida ifodalaganini 
ko‘rsatdi. Bu xususiyatdan eng muhimi – lug‘at tilini soddalashtirish, xalqchil, 
xalqqa yaqin qilishga intilish. Ushbu ishga Abdulla Qodiriy “Ruscha-o‘zbekcha 
to‘la so‘zlik”dagi ruscha so‘zlar tarjimasini xalqqa tushunarli qilib ifodalash orqali 
munosib hissa qo‘shgan. Bundan tashqari, ulug‘ adib hammuallifligidagi mazkur 
lug‘at XX asr boshlari o‘zbek lug‘atchiligida o‘ziga xos bir taraqqiyot bosqichini 
tayin etadigan, tilimizning o‘sha davrdagi leksik fondini o‘zida mujassam qilgan, 
lug‘atchilik tamoyillari takomilini bir pog‘ona yuqoriga ko‘targan lingvistik manba 
sifatida keyingi davr tarjima lug‘atchiligi taraqqiyotini ta„minlashda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan.


Bu davr lug‘atchiligida ko‘p tilli tarjima lug‘atlarining yaratilganligini ham alohida 
ta’kidlash lozim bo‘ladi. Ma’rifatparvarlar jadid adibi Ishoqxon Junaydulla Xo‘ja 
o‘g‘li Ibrat tuzgan “Lug‘oti sitta alsina” (“Olti tilli lug‘at”) asari – o‘zbek 
lug‘atchiligidagi o‘ziga xos leksikografik asar. “Lug‘oti sitta alsina” ommabop 
lingvistik lug‘at, keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan. Lug‘atda o‘sha 
davrda yaratilgan boshqa lug‘atlardan o‘ziga xos anchagina sezilarli farq mavjud. 
Garchi, yangicha g‘oya, yangicha tafakkur, yangicha bilim olish tarafdorlari 
bo‘lgan ilg‘or jadid ma’rifatparvarlari qatorida bo‘lsa-da, Ibrat “Lug‘oti sitta 
alsina” asarini yaratishda yangicha yo‘nalishdagi g‘arb lug‘atchiligi tamoyillari 
bilan birga, an’anaviy sharq lug‘atchiligi printsiplariga ham tayangan. Muallif 
lug‘atda so‘zlikni joylashtirishda ideografik usulni qo‘llagan, fe’llarni masdar 
(
chochmak, kesmak,kiymak
), hozirgi-kelasi zamon (
o‘ynar, yog‘ar, xohlar
), o‘tgan 
zamon (
yotgan, turgan
) hamda buyruq mayllarida (
kelma, o‘rganma
) berilishi; 
ismlarni esa 37 ta mavzuiy guruhga ajratib, tarjimalarining berilishi jadid 
davrigacha bo‘lgan sharq lug‘atchiligi, xususan, arab lug‘atchiligi an’analarining 
ta’sir belgilari. Shuningdek, lug‘at mavzular bo‘yicha 

Download 309,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish