5-Amaliy mashg`ulot: Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash
ISHNING MAQSADI:
Shaxsdagi emotsional kuzgaluvchanlik va emotsional barkarorlikni tekshirish va shu asosda temperamentning zarur bulgan tipini tekshirib ko‘rish. pedogogik-psixologik xarakteristika ma’lumotlari orqali 0’kuvchilar temperamentining tipini aniqlash.
Turli metodlar yordamida o’quvchilar xarakterini o‘rganish.
NAZARIY MA’LUMOTLAR: TEMPERAMENT VA XARAKTER.
Ruxiy faoliyatlarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda shaxsiy-psixologik xususiyatlar xam borki : extiyojlar, qiziqishlar, temperament, xarakter, motivlar shularga kiradi.Demak, temperament inson shaxsininig individual pisxologik xolatlaridan biridir. Temperament deb-shaxsning emotsional ko‘zgaluvchanligi va umumiy xarakatchanligi bilan sharhlanadigan individual xususiyatlar yigindisiga aytiladi.
Boshkacha o‘ilib aytganda, temperament deb- markaziy nerv sistemasining odam reaksiyalari umumiy xususiyatlarini belgilab beruvchi tugma biologik xossalarga aytiladi. Mana shu xususiyatlar umr buyi kam uzgaradi., lekin xar bir ijtimoiy muxitda rivojlanib boradi. I.P. Pavlov nerv jarayonlarining xossalariga qarab oliy nerv faoliyatiining
Gippokrat aytib ketgan temperamentlar (sangvinik, xolerik, flegmatik, milanxolik)ga mos keluvchi asosiy tiplarga ajratadi.
Sangvinik - I.P. Pavlov fikricha kuchli muvozanatlashgan, ya’ni serxarakat tipga to‘g‘ri keladi. Bu da tormozlanish va kuzgalish tashki ta’surotga mos keluvchi yotarlicha kuch bilan paydo buladi. Va tashki ta’surotlarning navbatlashuviga mos keluvchi sur’at bilan bir biriga almashina oladi. Bunday temperamentga yega bulgan kishilar aktiv, faol, vazmin bulishadi. Yangi sharoitga yaxshi va tez moslashadi, bir turdagi faoliyatdan osonlik bilan ikkinchi turdagi faoliyatga utishadi.
Xolerik kuchli muvozanatlashmagan ya’ni jonsara tipdir. Bunday Odamlarda kuzgalish jarayonlari tormozlanish jarayonlaridan ancha kuchlirok buladi. Shu xildagi odamlar sabr tokkat kerak bulgan xollardauzlarini tutib turishi kiyin buladi.
Flegmatik kuchli muvzanatlashgan. Kam xarakatchan, ya’ni yuvosh tipdir. Bunday temperamentga yega bulgan odamlar sustkash, vazmin, maksad yulida intiladigan bulishadi-yu lekin bir turdagi faoliyatldan ikkinchi turdagi faoliyatga kiyinchilik bilan utishadi.
Melanzolik nimjon tipdir. Bu xildagi odamlar shu bilan ajralib turishadiki, ularda nerv jarayonlari kuchsiz buladi. Tormozlanish reatsiyalari uzgalish reaksiyalaridan ustun turadi. Bunday temperamentli kishilar tortinchoq, uyatchang, ko‘pollikka sezgir bo‘lishadi. Ular ro‘y berib turgan xodisalar va o‘zoro munosabatlarga juda ziyraklik bilan baxo berishadi.
Temperament odamning xarakteristikasini oldindan belgilab beradigan narsa emasligini aytib o‘tish kerak. «Yomon» va «yaxshi» temperamentlar bo‘lmasligi B.M.Teplov tekshirishlaridan aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |