5-amaliy mashg‘ulot mavzu: Inson-tabiat o‘zaro aloqadorligi masalalari. Topshiriqlar



Download 128,5 Kb.
bet3/6
Sana08.04.2022
Hajmi128,5 Kb.
#536615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-amaliy geo mua

5. Ekologik munosabatlar davri – jamiyatning sog‘lom va ekologik toza atrof-muhitni iqtisodiy o‘sish bilan teng darajada qadrlanishga asoslangan hayot tarzi. Bu davrning belgilari ayrim rivojlangan davlatlarda kuzatilib, insonni biologik va ijtimoiy organizm sifatida saqlab qolish hamda uning atrof tabiiy muhitini ekologik xavfsiz holda saqlash maqsadida muhofaza qilish asosiy vazifaga olib chiqilgan, resurslarning qayta tiklanishi jamiyat hisobidan amalga oshirilmoqda, ekologik qonunchilik yanada takomillashgan, tabiatga yetkazilgan zararni qoplashda har bir geotizimning geo ekologik vaziyati hisobga olinib, tabaqalashgan holda belgilanadi, «ekologik madaniyat inqilobi» yuzaga kelmoqda. Umumiy qilib aytganda, bu bosqich jamiyat va tabiat o‘zaro uyg‘un rivojlanishda bo‘ladigan davr hisoblanadi
2.Atrof-muhit va inson salomatligi.
Inson tabiatga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida.Hozirgi fan-texnika inqilobi yuksak darajada rivojlangan sharoitda biosfera borgan sari kuchliroq ifloslanib bormoqda. Inson uchun esa sayyoraviy, hududiy va mahalliy miqyoslardagi turli geoekologik muammolar ta’sirida tarkib topgan va topayotgan noqulay ekologik sharoitlarda yashashga to‘g‘ri kelmoqda.Havo, suv, tuproq, iste’omol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining turli darajada ifloslanishi va qashshoqlanishi natijasida aholi orasida har xil kasalliklar tarqalmoqda. Kishilarning o‘rtacha yashash sharoitlari kamayib bormoqda. O‘lim ayniqsa, yosh go‘daklarning o‘limi ko‘proq kuzatilmoqda. Boshqacha aytganda inson o‘zi uchun kasalliklarni orttirishi yo‘nalishida tinimsiz mehnat qilayotganliklarini tasavvur qilmagan holda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish bilan ovora bo‘lar ekan uning ekologik, geografik va ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarini idrok eta olmaydi.
Hozirgi kunda bu borada dunyo miqyosida yo‘l qo‘yilgan “xatoliklar” e’tiborga olinib, ularni tuzatish borasida amaliy ishlarni bajarishga kirishilmoqda. Chunonchi, ozon qatlamining yupqalashishiga, cho‘llashishga, o‘rmonlar maydonini qisqarishiga qarshi foydali ishlar bajarilmoqda.
O‘zbekistonda ham insonning me’yorida yashashi uchun qulay ekologik, geografik imkoniyatlar mavjud emas. Har bir tabiiy hududda o‘ziga yarasha ekologik muammolar borki, ular kishi organizmlariga ta’sir etmay qo‘ymaydi. Noqulay ekologik geografik vaziyatlar turli kasalliklarning yoyilishiga olib kelmoqda. Albatta inson bularga qo‘lidan kelganicha qarshi ta’sir etib, kasalliklarning oldi olinmoqda, bemorlar davolanmoqda. Shuning uchun nima bo‘lganda ham atrof-muhitni ekologik geografik holati insonlar yashashi uchun qulay bo‘lishligini taminlash ko‘p jihatdan odamlarning tabiatni ekologik geografik asoslarini bilishlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
3.Tibiiy geografik tadqiqotlar:
Tibbiy geografiya geografik muhitning, ya’ni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aholi salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o‘rganadi.

Hozirgi paytda tibbiy-geografik tadqiqotlar ikkita yirik yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo‘nalishda atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri baholanadi va bashorat qilinadi. Ikkinchi yo‘nalishda kasalliklarning mahalliy tabiiy o‘choqlari aniqlanadi.


Atrof-muhitning tozaligi ko‘p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol (havodagi chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan otilishi (atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi), sellar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. kiradi.


Aholi zich joylashgan sanoat hududlarida sun’iy omillar ta’siri­da atrof-muhit (zavodlar, fabrikalar, metallurgiya, kimyo zavodlari, konlar, issiqlik elektrostansiyalari, trnasport kabilar) ko‘proq ifloslanadi.


Atrof-muhitning og‘ir metallar bilan ifloslanishi inson salo­matligiga kuchli salbiy ta’sir etadi. Masalan, qo‘rg‘oshin asab tizimi, jigar va buyraklarni zaharlaydi. Simob ko‘proq jigar va buyrakda to‘planadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak o‘pka va teri rakini keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jaligida qo‘llanadigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaharlanadi, ulardan taxminan 15—20 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar o‘pka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda kislorod yetishmovchiligiga sabab bo‘ladi hamda asab va yurak-qon tomir tizimlarini ishdan chiqaradi.


Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoiti inson salomatligiga turlicha ta’sir etishi mumkin. Havodagi kislorod miq­dori, havo bosimi, harorat va namlikning o‘zgarishi qon bosimi kasalligi bor bemorlarda miya va yurak faoliyati bilan bog‘liq turli asoratlar paydo qiladi.
Atmosferadagi kislorod miqdorining ortishi gipertoniya krizlari va miya insultlarining ko‘payishiga olib keladi. Kislorod miqdori­ning ortishi asosan qishda kuzatiladi. Tog‘larda balandga chiqqan sari har 10 m da bosim 1 mm simob ustuniga kamayadi va inson organizmiga tushadigan og‘irlik (bosim) ortadi.
Havoda namlik qanchalik yuqori bo‘lsa, issiq harorat insonga shunchalik kuchli ta’sir etadi. Nisbiy namlik 50 foiz, havo harorati 16-18°C bo‘lishi organizm uchun qulay sharoit hisoblanadi. Havo harorati 24°C, nisbiy namlik 44-60 foiz, shamol tezligi sekundiga 0,7-1 m bo‘lganda inson organizmi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi.
Suvda, tuproqda va ba’zi mahsulotlarda yod elementining yetishmasligi buqoq kasalligini keltirib chiqaradi



Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish