Suyuq muxitda qurilish gipsini olish
Suyuq muxitda xarorat teng tarqaladi, issiqlik uzatish tez boradi, kimyoviy reaksiyalar va moddalarning tuzilishini o‘zgarishi tez va to‘liq boradi. Suyuq muxit sifatida ba'zi tuz va kislotalarning eritmalaridan foydalaniladi (masalan 30-35% li magniy sulfat eritmasidan 45 minut davomida) 1300C da soda va osh tuzi eritmasida P.V. Bajenov gipsni pishirishni tavsiya etgan. Yuqori mustaxkam gips maydalangan gips toshni suvda 129-1320C atrofida 1,4-3% SAM (sirti aktiv modda) ishtirokida 70-90 daqiqa pishirib olish mumkin.
Suyuq muxitda α-modifikatsiyani pishirib bog‘lovchi gips olish bosim ostida ishlaydigan asboblardan voz kechish imkonini beradi. Suvsizlantirish jarayoni odatdagi sharoitda boradi boradi. Kimyoviy reaksiya esa 100-1100C da boriladi. Bu sharoitda issiq tuzli eritmadan gipstoshini mayda zarrachalariga intensiv ravishda issiqlik o‘tadi va CaSO4∙0,5H2O ga kristallanadi, suv esa suyuq xolatda ajraladi. suyuq muxitda CaSO4∙0,5H2O ni yirik va zich kristallari o‘sib boradi. Bu esa qisqa muddatda yuqori sifatli maxsulot olishni ta'minlaydi.
Bu usulni kamchiligi shundaki, bog‘lovchi moddani yaxshilab yuvish kerak va uzoq muddat quritish zarur.
Gips bog‘lovchilarni tishlashish va qotishi, qotish nazariyalari. Qurilish gipsining xossalari ishlatilish soxasi
Bu jarayon Quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tadi:
CaSO4∙0,5H2O1,5H2O CaSO4∙2H2O
Bog‘lovchi moddalarning tishlashib qolishi va qotishi u suv bilan aralashtirilganda xamir xosil qilishga asoslangan. Bu xamir ma'lum mustaxkamlikka ega bo‘lgan qattiq toshsimon gipsga aylanadi. Tishlashib qolish jarayoni shunday sodir bo‘ladi: yuqori xarakatchanlikka ega bo‘lgan plastik xamir zichlashadi va qotadi, so‘ngra qattiq jismga aylanadi. Va bu tishlashib qolish tugagan xolatga to‘g‘ri keladi. Tishlashib qolishning fizik va kimyoviy xosil bo‘lishida mustaxkamlikning ortishi kuzatiladi va o‘zidagi moddalarning bo‘lmaydi, chunki xali modda zarrachalari orasida bog‘lanish bo‘lmaydi.
Uchinchi davr - kristallanish va qotish cho‘kmaning kristall o‘simtaga aylanishi bilan xarakterlanadi. Bunda juda oz miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, massaning mexanik mustaxkamligi ortadi. Yarim molekula suvli gipsning suv bilan bevosita zarracha yuzasida ta'sirlashuvini (qayta kristallanish yoki kristall o‘simtaga chek berib) xozirgi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar tan olishmaydi.
Xozirgi davrda ko‘pchilik olimlarning fikricha yarim suvli gipsni tishlashish boshlanishi va qotishi ikkita nazariya, ya'ni Le-Shetele va Baykov A.A. nazariyalariga binoan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |