Ilmiy bo’lim mudiri: ______________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
Mavzu: BOSH VA KICHIK HARFLARNING QO’LLANISHI
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - bosh va kichik harflar yozilishi bo’yicha o’quvchilar bilimini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad-o’tmishga, ajdodlarga, milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg'ularini singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad - yozma savodxonlikni o’stirish.
Darsning jihozi: bosh harf bilan yoziladigan so’zlar guruhlab
ko’rsatilgan plakat.
Darsning rejasi:
1. Bosh va kichik harflarning qo’llanishi.
2. Aloqli otlarningyozilishi.
3. Ayrim atoqli otlarning qo’shtirnoq bilan yozilishi.
I )ars avvalida so’zlarning qachon kichik harflar va qachon bosh harflar bilan yozilishi, atoqli otlarning imlosi, qo’shtirnoqqa olinishi kabi savollarga javob izlanadi, quyi sinfda o’tilgan materiallar eslanadi. Asosiy e'tibor bosh harf bilan yozishga qaratilgani uchun dars quyidagi sxema bo’yicha olib boriladi.
O’quvchilardan sxemadagi shakllarda misol keltirish so’raladi. Bu ko’proq qobiliyatli bolalarga qaratilgan bo’ladi.
21-mashqda so’zlarning bosh harf bilan yozilishi sababi sharhlanadi. Mashq asnosida O’zbekiston haqidagi ilk geografik tasavvurlar ham shakllantiriladi.
23-mashqdagi matnni to’liq ko’chirib yozish talab qilinmaydi. O’quvchilar laqat xato ravishda kichik harf bilan yozilgan so’zlarnigina to’g'ri lab,ularni bosh harflar bilan yozib ko’chiradilar, yo’qsa ko’p vaqt yo’qotiladi.
O’quvchilarga oilaviy shajara misolida kishi nomlarining yozilishi izohlanadi. O’qituvchi buni o’zining oilaviy shajarasi misolida tushuntiradi, sinftaxtasiga yozib ko’rsatadi. Shu o’rinda har bir inson o’zining yetti pushtini - oldingi avlod- ajdodlarini bilishi shartligi aytilib, buning ma'naviy va axloqiy sabablarini izohlab qo’yishi kerak.
Atoqli otlarning qo’shtirnoq ichida yozilishi haqidagi o’quvchilar bilimi 24-mashq orqali mustahkamlanadi. Darslikdagi topshiriqqa ko’ra u og'zaki bajariladi, mashqqa yozma topshiriq berish mumkin. Mashqdagi qo’shtirnoq bilan yozilgan so’zlarning yoniga so’z qo’yib birikma shaklida daftaringizga ko’chiring. Masalan: «Ravshanxon» dostoni, Buxoro ...
Dars davomida o’qituvchi tomonidan beriladigan «Gapning qayerida hash harf bilan yoziladi?», «Nima uchan?», «Sababi nima?» kabi savollar, «Tushuntiring», «Izohlang» kabi topshiriqlar bir-bii lari bilan doimo almashinib, o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga undab turishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |