X. Lirik chekinish.(hikoya)
XI.MUSTAHKAMLASH:
Baholash:_______________________________________________________
XII. Darsning yakuni:
Uyga vazifa:
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
Sinf:5 sana:_________________
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. (Siyosiy daqiqa)
II.Darsning mavzusi: Hol
III.Takrorlash.O’tilgan mavzuni so’rab, baholash
IV.Darsning maqsadi
a) ilmiy maqsad - hol haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad - farzandlik burchi va mas'uliyati hissini singdirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad - milliy axloqiy o’ziga xoslik fazilatlarini rivojlantirish.
V.Darsning jihozi: hol ishtirok etgan gaplar tushirilgan plakat (kadoskop, multimediya yoxud komputerda).
VI. Dars turi:_________________________________________
VII. Dars usuli:_______________________________________
VIII.Darsning borishi
IX.Darsning rejasi
1. Hol haqida tushuncha.
2. Holning ma'no turlari.
Hol - kesimni kengaytiruvchi asosiy ikkinchi darajali gap bo’laklaridan biri. Shuning uchun bu mavzuni tushuntirishda oldingi darsda o’tilgan yig'iq va yoyiq gap mohiyatidan kelib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Avval fe'ldan iborat yig'iq gap keltirish so’raladi. Biror o’quvchi misol keltiradi, inasalan: Keldi. O’qituvchi bu so’z-gap oldiga uni kengaytiruvchi, asosiy prinsipda hol vazifasida keladigan so’zlarning so’roqlarini sinf taxtasiga yozadi; javob shaklini ham ifodalaydi.
Shundan keyin darslikdagi nazariy qoidalar asosida hol haqidagi tushunchalar umumlashtiriladi, xulosalanadi.Darslikdagi mashqlarni bajarishdan oldin sinf taxtasiga o’qituvchi tahlilga qulay bo’lgan bir nechta sodda gap yozib, ulardagi ega, kesim va holning ustigategishli chiziqlar bilan belgilashni topshiradi. Birinchi gapni o’zi tahlil qilib beradi. Taxminan gaplar quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. Karimning akasi bugun kelibdi.
2. Ziyoda uyga ketdi.
3. Onam bizni xursand kutib oldi.
4. O’rtog'im menga yordamlashgani keldi.
Tahlildan keyin har bir gapning so’rog'i aniqlanadi: bugun (qachon?), uyga (qayerga?), xursand (qanday?), yordamlashgani (nima maqsadda). (iaplardagi Karimning (kimning), bizni (kimni), menga (kimga) so’zlari so’roqlariga hol javob bo’lmaydi, ular keyingi darslarda o’rganiladigan ikkinchi darajali bo’laklardir, deb tushuntiriladi. So’ng hollar qaysi so’zga bog'lanib so’z birikmasi hosil qilayotgani tekshiriladi. Ular bog'langan so’zlarning barchasi fe'l-kesim ekanligi oydinlashgach, yana bir qoida daftargayozdirib qo’yiladi: Eslatma: Hol doimo kesimga bog'lanib keladi.
Mashqlarda yuklatilgan nazariy (grammatik) topshiriqlar bajarilgaCh, o’qituvchi darsning tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi maqsadlarida belgilangan vazifani ado etishi kerak.
137-mashqda ota-onaga hurmat, farzandlik burchi va mas'uliyati to’g'risida suhbat o’tkazish, suhbat mavzusiga mos maqol, hadis va hikmatlardan misollar topish o’ rinli bo’ladi.
Q ayerdan?
Q achon? keldi
Qanday (qilib)?
Nima uchun?
Uydan
B ugun keldi
Shoshilib
O‘qish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |