Pazandachilik asoslari bo'limi: o'quvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshpazlik va qandolatchilik asoslari; oziq-ovqat mahsulotlarining hamda taomlarning inson hayotidagi o‘rni, xususiyatlari, to'yim 1 iligi, turlari, ovqatlanish m e’yori va tartibi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish hamda ularga dastlabki va asosiy ishlov berish yo'llarini o'rganadilar; oshxonalarning jihozlanishi; oziq-ovqat sanoati, sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizlik texnika qoidalarini; uy-ro'zg'or yuritish va jihozlardan unumli foydalanish, oila jam g‘armasi va uni sarflash madaniyatini, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalaridagi keng tarqalgan kasblar, ularning tasniflari haqidagi tushunchalarga hamda pazandachilikka oid kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |