Buyumlarni ta ’mirlash bo‘limi: turli chokidan so'kilgan buyumlarni ta’mirlash. Kiyimlarni saqlash va tuzatish usullari. Iste’moldan chiqqan buyum oicham iga qarab, bolalar kiyimining andazasini tayyorlash va tikish.
«Qishloq xo’jaligi asoslari» yo'nalishi
Qishloq xojaligi asoslari bo‘limi: o'quvchilar qishloq xo'jaligi sohalari; dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari; agronomiya asoslari, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va melioratsiya asoslari; fermerlik va mulkdorlikning boshqa turlari; qishloq xo'jaligida tadbirkorlik; mahsulotlar bozori haqida tushunchalar; madaniy ekinlarning kelib chiqishi, tarqalishi, o'sishi va rivojlanishi; tuproqning tuzilishi, unumdorligi; yerga ishlov berish va bunda qo'llaniladigan mehnat qurollari, mashina, moslamalar va ularning umumiy tuzilishi hamda ishlash jarayonlari, ularga qo'yiladigan agrotexnik talablar; o'g'it turlari, o'g'itlash muddati va unda ishlatiladigan mashinalar; urug'larni tayyorlash va ularga ishlov berish; urug' va ko'chat ekish usullari hamda mashinalari; g'alla, don, dukkakli, tugunakli va ildiz-mevali ekinlar; sabzavot, poliz, meva, moyli, tolali va ziravor ekinlar yetishtirishda ishlatiladigan mehnat qurollari va mashinalar majmuasi; yopiq joylarda (issiqxonalarda) ekin yetishtirishning ahamiyati, istiqboli, xususiyatlari va ularda ishlatiladigan kichik o'lchamli mashinalar; yetishtirilgan hosilni yig'ib-terib olish, birlamchi ishlov berish va saqlashga oid bilimlar va amaliy ko'nikmalar; chorvachilik biologiyasi; chorva mollari, parrandachilik va boshqalar; chorvachilikda naslchilik; ozuqabop ekinlar; chorvachilikda sanitariya-gigiyena talablari, zootexnika, zooveterinariya asoslari; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish usullari; qishloq xo'jaligi sohalari bo'yicha kasb-hunar turlari to'g'risidagi ma’lumotlarga ega bo'ladilar.
Elektronika ishlari bo‘limi: o'quvchilar elektr montaj ishlarida ish o'rnini tashkil qilish; elektr o'tkazish simlarining turlari; elektr o'tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari;elektr asboblari; elektr o'tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o'rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog'lig'iga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o'rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko'rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog'liq kasb-hunarlar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |