1.Eratosfen xaritasida hozirgi Irlandiya oroli qanday nom bilan atalgan?
A) Patrabon B) Kerne C) Albion D) Tule
2. Eratosfen xaritasida hozirgi Shri-Lanka oroli qanday nom bilan atalgan?
A) Patrabon B) Kerne C) Albion D) Tule
3. M. Xorazmiyning O‘rta Osiyo va unga yondosh yerlar xaritasida nechta shahar tasvirlangan?
A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 8 ta
4. Hindiston ya.o.ning eng baland cho‘qqisi qaysi?
A) Chogori B) Demavend C) Anaymudi D) Krishna
5. Turfon botig‘i (-154) qaysi cho‘lda joylashgan ?
A) Gobi B) Tar C) Rub al-Hali D) Taklamakon
6. Nosir Hisrav o‘z sayohatini qaysi shahardan boshlagan ?
A) Mo‘lton B) Lohur C) Balx D) Marv
7. Quyidan Nosir Hisrav yozgan asarni toping ?
A) Safarnoma B) Zafarnoma C) Devoni lug‘atit Turk D) Surat ul Arz
8. 95 % hududi pasttekislik va yassi tog‘-liklardan, 5 % i tog‘lardan iborat bo‘lgan materik qaysi?
A) Afrika B) Avstraliya C) Janubiy Amerika D) Antarktida
9. O‘rta dengizning sho‘rligi necha promeli ?
A) 34-35 B) 37,5 C) 37-39 D) 37,9
10. Oy necha xil ko‘rinishga ega ?
A) 7 B) 8 C) 15 D) 30
11. Oyning 14—15-kunlari qanday oy deb nomlanadi ?
A) To‘lin oy B) Tugayotgan oy C) Yangi oy D) Yarim oy
12. Soatiga 19800 km bilan uchadigan raketa quyoshga qancha vaqtda yetib boradi ?
A) 5 oy B) 10 oy C) 12 oy D) 6 oy
13. Afrikaning eng bo‘ydor xalqlari qaysilar ?
A) Bantu va gottentotlar B) Tuts va ximlar C) Pigmey va burlar D) Berberlar va gottentotlar
14. Afrika savannalarida antilopalarning necha turi mavjud ?
A) 30 ta B) 40 ta C) 50 ta D) 60 ta
15. Chad ko‘liga yog‘ingarchilik paytida daryolar ko‘p suv keltirgan payti ko‘l maydoni necha baravar ko‘payadi?
A) 2 B) 1,5 C) 3 D) ko‘paymaydi
16. Zambezi daryosida joylashgan Viktoriya sharsharasining kengligining masofasi balandligi masofasidan necha marta uzun ?
A) 20 marta B) 15 marta C) 10 marta D) ikkala masofa teng
17. “Quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar hosil qilgan. Jumladan, quyi oqimida Livingston sharsharalar guruhi mavjud”. Ushbu ta’rif Afrikadagi qaysi daryoga tegishli.
A) Zambezi B) Niger C) Oranj D) Kongo
18. Qaysi turdagi masshtabdan foydalanish eng qulay?
A) sonli B) chiziqli C) nomli D) hech qaysisi
19. Yadroning tashqi qismi yadroning ichki qismidan qancha km ga qalinroq ?
A) 880 B) 800 C) 980 D) 900
20. Yer yadrosida harorat necha ⁰C ga yetadi ?
A) 3000 B) 3500 C) 4000 D) 4500
21. Exolot orqali dengiz tubiga yuborilgan signal dengiz tubiga 3 soniyada bordi. Dengiz tubining chuqurligini toping.
A) 2250 m B) 4500 m C) 9000 m D)2500 m
22. Sahroi Kabirda yillik yog‘in miqdori necha mm ?
A) 80 B) 100 C) 120 D) 150
23. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo‘lib kim aniqlagan?
A) Lavuaze B) Grigoryev C) Kant D) Shokalskiy
24. Qat-qat, yomg‘irli qat-qat va qat-qat to‘p-to‘p bulutlar necha m balandliklarda hosil bo‘ladi?
A) 2000 m gacha B) 2000-4000 m C) 4000-6000 m D) 6000 m dan yuqorida
25. To‘p-to‘p, yomg‘irli to‘p-to‘p, baland to‘p-to‘p bulutlar necha m balandlikda hosil bo‘ladi ?
A) 2000 m gacha B) 2000-4000 m C) 4000-6000 m D) 6000 m dan yuqorida
26. Baland qat-qat, patsimon qat-qat, patsimon bulutlar necha m balandlikda hosil bo‘ladi?
A) 2000 m gacha B) 2000-4000 m C) 4000-6000 m D) 6000 m dan yuqorida
27. Terrigen yotqiziqlar Dunyo okeanining necha % ini qoplagan ?
A) 25 B) 36 C) 60 D) 40
28. Materiklar yarimsharida quruqlik necha % ni egallaydi ?
A) 19 B) 39 C) 53 D) 61
29. Yerosti suvlari yer po‘stining necha km chuqurlikkacha bo‘lgan qismida hosil bo‘lgan ?
A) 5-6 km B) 10-12 km C) 12-16 km D) 18-20 km
30. Jasper milliy bog‘i qaysi materikda tashkil etilgan ?
A) Shimoliy Amerika B) Avstraliya C) Janubiy Amerika D) Yevrosiyo