78
3.
+
+ = 0
ko’rinishidagi kvadrat tenglamaning barcha yechimlarini
topish dasturini tuzing.
4.
Uchta haqiqiy sonlar berilgan. Ulardan nechtasi (1,3) intervalga kirishini
aniqlovchi dastur tuzing. Agar bitta qiymat kirsa “BIR”, ikkita qiymat kirsa
“IKKI”, barchasi kirsa “UCH” yozuvlari, birorta ham kirmasi 0 qiymati chop
etilsin
5.
Aylana radiusi va kvadrat tomoni berilgan. Qaysi shaklning yuzasi katta
ekanligini aniqlang va necha marta katta ekanligini chop eting.
6.
To’rt xonali son berilgan. Quyidagilarni aniqlang:
a) Uning birinchi ikkita raqamlari yig’indisi, uning oxirgi ikkita raqamlarining
yig’indisiga tengmi
b) Uning raqamlari yig’indisi uchga karralimi?
7.
Bir biriga teng bo’lmagan x va y haqiqiy sonlar berilgan. Bu ikkita sondan
kichigini ularning yig’indisining yarmi bilan, kattasini esa – ularning
ko’paytmasini ikkilanganligi bilan almashtiring.
8.
a, b, c sonlar orasidan manfiylarini sonini hisoblang.
9.
Berilgan (m,n) koordinatali nuqtadan y=ax
2
+bx+c funksiyaning grafigini
o’tishini aniqlaydigan dastur tuzing.
10.
Ikkita natural son berilgan. Ularning o’rta arifmetigi butun sonligini aniqlang.
11.
Uchburchakning uchta a, b va c tomonlari berilgan. Bu uchburchak to’g’ri
burchakli uchburchak va qaysi tomoni gipotenuza ekanligini aniqlang.
12.
Uchta musbat a, b va c sonlar berilgan. Ular arifmetik yoki geometrik
progressiya ketma-ketligini tashkil etishini aniqlang. Agar tashkil etsa, u holda
progressiyaning ayirmasi yoki bo’linmasini toping.
13.
Ikkita butun son berilgan. Ularning ikkalasi ham juftligini yoki ikkalasi ham
toqligini
yoki ulardan biri juftligi, qaysinisi toqligini aniqlang.
14.
Uchta sonlardan eng kattasining va eng kichigining yig’indisini topadigan
dastur tuzing.
15.
To’rtta A
1
(x
1
,y
1
), A
2
(x
2
,y
2
), A
3
(x
3
,y
3
), A
4
(x
4
,y
4
) nuqtalar berilgan. Ular
parallelogrammning uchlari bo’lishini aniqlang.
16.
a, b, c sonlar berilgan. Agar a≤b≤c bajarilsa, bu sonlarni ikkilantiring, agar
bajarilmasa ularning absolyut qiymatlari bilan almashtiring.
17.
To’rtta a
1
, a
2
, a
3
va a
4
sondan bittasi, o’zaro teng bo’lgan boshqa uchtasidan
farqli ekanligi ma’lum, shu songa n o’zgaruvchi raqamini bering.
18.
Markazi (x
1
,y
1
) nuqtada bo’lgan R radiusli aylana bilan (x
0
,y
0
) koordinatali
nuqtaning o’zaro joylashish holatini aniqlovchi dastur tuzing.
19.
Manfiy bo’lmagan a butun sonni b musbat songa bo’lgandan hosil bo’lgan
qoldig’i, berilgan c yoki d sonlarning birortasiga tengligini aniqlang.
20.
1-7 gacha bo’lgan butun sonlar berilgan. Kiritilgan songa mos ravishda hafta
kunlarini
so’zda
ifodalovchi
programma
tuzilsin.
(1-Dushanba,2-
Chorshanba,...h.k)
79
21.
K butun soni berilgan. Baho natijalarini chiqaruvchi programma tuzing.(1-
yomon, 2-qoniqarsiz, 3-qoniqarli, 4-yahshi, 5-a’lo). Agar k soni 1-5 gacha
oraliqqa tegishli bo'lmasa “xato" deb chiqarilsin.
22.
Oy raqamini berilgan. Kiritilgan oy qaysi faslga tegishli ekanligini
chiqaruvchi programma tuzilsin. (Masalan: 2-oy, “qish")
23.
Oy raqami berilgan. Shu oyda nechta kun borligini aniqlovchi programma
tuzilsin.
24.
A, B haqiqiy va amal butun soni berilgan. A va B sonlari ustida arifmetik
amallar bajaruvchi programma tuzilsin. Amal quyidagi qiymatlarni qabul qiladi:
1-qo'shish, 2-ayirish, 3-bo'lish, 4-ko'paytirish.
25.
Uzunlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1-detsimetr, 2-kilometr, 3-metr,
4-millimetr, 5-santimetr. Uzunlik birligini bildiruvchi son berilgan (1-5 oraliqda)
va shu birlikdagi kesma uzunligi berilgan (haqiqiy son). Kesmaning uzunligini
metrlarda ifodalovchi programma tuzilsin.
26.
Og'irlik birliklari quyidagi tartibda berilgan. 1-kilogramm, 2-milligramm, 3-
gramm, 4-tonna, 5-sentner. Og'irlik birligini bildiruvchi son berilgan va shu
birlikdagi og'irlik qiymati berilgan. Og'irlikni kilogramda ifodalovchi programma
tuzilsin.
27.
Sanani bildiruvchi ikkita butun son berilgan D (kun) va M (oy). (Kabisa
bo'lmagan yil sanasi kiritiladi). Berilgan sanani ifodalovchi programma tuzilsin.
Kabisa yilida 366 kun, kabisa bo’lmagan yilda 365 kun bor bo’ladi.
28.
Ikkita butun son berilgan D (kun) va M (oy). (Kabisa bo'lmagan yil sanasi
kiritiladi). Berilgan sanadan keyingi sanani ifodalovchi programma tuzilsin.
29.
Robot faqat to'rtta tomonga ko'cha oladi(“s"-shimol, “j"-janub, "q"-sharq, "g"-
g’arb) va uchta raqamli kamanda: 0-harakatni davom ettir, 1-chapga buril, 2-
o'ngga buril. Y - robot yo'nalishi va K - kamanda berilgan. Berilgan komanda
bajarilgandan keying robot holatini aniqlovchi programma tuzilsin.
30.
Doiraning elementlari quyidagi tartibda nomerlangan. 1-radius R, 2-diametr
D=2R 3-uzunligi L=2πR
4-doiraning yuzasi S = πR
2
. Shu elementlardan bittasi
berilganda qolganlarini topuvchi programma tuzilsin.