6
|
17.04.2020
|
|
“Ikki eshik orasi” Robiya hikoyasi
|
Romandagi yana bir ayol obrazi bor – Robiya. Unga ham taqdir kulib boqmadi. Yoshligidan onasidan yetim qolgan Robiya otasi tarbiyasida ulg‘ayadi. Onasining o‘limidan so‘ng
ular Samarqanddan Toshkentga, No‘g‘ay qishloqqa ko‘chib kelib, Husanboy ismli kishining hovlisida yashay boshlaydi. Otasi o‘qituvchi bo‘lgani uchun qishloq bolalarini o‘qitadi. Robiya Husanboy Dumani bobo, uning xotini Qora ammani oyi, ularning o‘g‘li Kimsanni aka, Qora ammaning ukasi Shomurodni ada deb katta bo‘ldi. Robiya sofdil, mehnatkash qiz bo‘lib ulg‘ayadi. U Kimsanga ko‘ngil qo‘ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi bir guli ochilmay so‘ldi. Yurtda urush boshlangach, urushga ketgan sevgilisi qaytmadi. Robiya uni yillar davomida kutdi. Urush tugaganiga bir necha yil bo‘lsada, uni sadoqat bilan kutishdan charchamadi.
Qora amma, ya’ni oyisi unga sovchi bo‘lib, ukasi Shomurodga so‘raganida, Robiya aql-u hushidan ayrildi: «Nim a deyotganini o‘zi biladimi oyim? Axir... Kimsan akam meningqaylig‘im bo‘lsa, oyimn ing o‘g‘li-ku! Kimsan akam hammadan ko‘ra oyimga yaqin-ku. Nima jin urdi?»
Bechora Robiya taqdirning achchiq qismatiga ilojsiz ko‘nadi. Insonlarning murakkab taqdirini maromiga yetkazib tasvirlagan roman katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
|