5
|
08.04.2020
|
|
Abdulla Oripov hayoti va ijodi
|
Abdulla Oripov — bugungi o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan. Mashhur shoir, tarjimon, jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan
Abdulla Oripov 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo‘limini tamomlaydi va nashriyotlarda islilaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi.
Bugun Abdulla Oripov davrimizning eng mashhur ijodkorlaridan: «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi» matni muallifi, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oliy Majlis deputati. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat Mukofoti laureati. 1998-yilda shoir va yozuvchilarimiz orasida birinchi bo‘lib «O‘zbekiston Qahramoni» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
|
153-161-betlar
|