5- MAVZU: O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik.
“Tushda kechgan umrlar” – oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Muallif asarni 1993- yil yozgan. Ilk bor “Sharq yulduzi” jurnalida serialashtirilgan.[1] Kitob oʻlaroq 1994- yil Toshkent shahrida “Sharq” nashriyotida chop etilgan. Roman muallifning eng mashhur asarlaridan biridir.Asarda bosh qahramon Rustamning fojiaviy qismati orqali afgʻon urushining maʼnosiz mohiyatini teran va taʼsirchan ifoda etilgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish koʻrgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostigʻini quritgan Komissar ham oʻziga xos fojiaviy obrazdir. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u oʻzi olib borgan qora ishlarni haq deb biladi.
“Tushda kechgan umrlar” romanida voqealar kamrovi juda keng: 30- yillar-ning mash’um “qatag‘on” qilish manzaralari, 80- yillarda Afg‘oniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo‘lgan “o‘zbek ishi” mojarolari. Bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda, ular orasiga “biriktirish nuqtasini” topishda muallif ichki monologdan unumli foydalanadi.
Yozuvchi endilikda badiiy asar yaratishda publitsistika bajarishi lozim bo‘lgan vazifani sekin-asta o‘z zimmasidan soqit kilmoqda. U kundalik dolzarb masalalar tahlilini publitsistikaga berib, e’tiborini o‘zining azaliy ishi – inson qalbi jumboqlari tadqiqiga astoydil qaratmoqda.
Romandagi Rustam, Shahnoza kabi qahramonlar ruhiy olamining talqini xuddi shunday xulosa chiqarishga imkon beradi. Faqat roman kompozitsiyasining nomukammalligi uning adabiyotda juda katta hodisa darajasiga ko‘tarilishiga halaqit bergandek tuyuladi. Kompozitsiyadagi tarqoqlik, ayniqsa, Rossiyadan yuborilgan kishilar hayotiga, faoliyatiga bog‘liq voqealarning, tafsilotlarning asosiy syujet chiziqlariga uzviy bog‘lab yuborilmaganida yaqqol seziladi. Shunga qaramay, yozuvchining so‘nggi asarlari O‘tkir Hoshimovning hozirgi o‘zbek nasridagi sermahsul ijodkorlardan biri darajasiga ko‘tarilganligidan guvohlik beradi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi bo‘limida o‘qish bilan «Temiryo‘lchi», «Toshkent haqiqati», «Qizil O‘zbekiston» kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966—1982 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri, 1982—1985 yillarda G‘. G‘ulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir o‘rinbosari, 1985 yildan boshlab esa «Sharq yulduzi» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlab keladi. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qo‘mitasining raisi bo‘lib ham ishlagan.
O‘tkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan bo‘lib, birinchi kitobi 1962 yilda «Po‘lat chavandoz» nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963 yili «To‘rt maktub» nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida «Cho‘l havosi» (1963) qissasi yaratilgan. Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qo‘shdi, dalda berdi. Shundan so‘ng uning «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi» qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning «Bahor qaytmaydi» (1970), «Qalbingga quloq sol» (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. 1976 yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor bo‘ldi. Adib «Nur borki, soya bor» (1976) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turg‘unlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim ma’naviy-axloqiy masalalarini ko‘tarib chiqdi. Shundan so‘ng u yana bir go‘zal asarni — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan «Dunyoning ishlari» (1982) qissasini yaratib, ma’naviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. O‘tkir Hoshimov ijodida «Ikki eshik orasi» romani alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan va bir qator chigal hamda murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham O‘. Hoshimov romani 1986 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘tkir Hoshimov hikoya janrida ham unumli ijod qilgan. Xususan, uning «Muhabbat», «Dehqonning bir kuni», «Urushning so‘nggi qurboni», «O‘zbek ishi» kabi asarlari o‘zbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. Uning «Qalbning oppoq daftari», «Muqaddas qasamni buzganlar», «Avlodlarga nima deymiz», «Mantiq qani?», «Davlat siri» kabi maqolalari esa so‘nggi yillar o‘zbek publitsistikasining yutuqlaridan biri bo‘ldi. O‘tkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publitsistgina emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Uning «Hazon bo‘lgan bahor», «To‘ylar muborak», «Vijdon dorisi», «Inson sadoqati», «Qatag‘on» drama va komediyalari Respublika teatrlari sahnalaridan munosib o‘rin egallagan. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» (2001) kitobi ijtimoiy-ma’naviy hayotda muayyan iz qoldirgan. O‘tkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggolts, S. Sveyg, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan. Uning eng yaxshi va sara asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan.
X U L O S A
XX asr o’zbek adabiyoti o’ziga xos an’analar, badiiy mezonlar asosida shakllandi. Hozirgi o’zbek nasri ravnaqida jiddiy o’sish-o’zgarishlar yuz berdi. Jahon adabiyotiga xos ilg’or ijodiy an’analarni realistik yo’sinda tasvirlovchi, badiiy tadqiq etuvchi asarlar bilan bir qatorda yangicha talqin uslubi va yangi shakliy izlanishlar yuzaga keldi. Adabiyotimizda xilma-xil falsafiy zaminga asoslangan adabiy-ijodiy tamoyillar paydo bo’ldi. Ularning ildizlari 80-90 yillar adabiyotiga, o’sha davr hayotiga bog’lanadi. Aniqroq qilib aytganda, o’z mafkurasini odamlar ongiga singdirib, “mixlab tashlagan” jamiyatning yaroqsizligi, tanazzuli oqibatlari, fojialari milliy adabiyotimizda ham xilma-xil insonlar taqdiri orqali ochib berildi. 80-yillar oxiri, 90-yillar boshlaridagi jamiyatda yuz bergan iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar, tabiiyki, insonlar hayotiga ta’sir etmay qolmadi. Shu sababdan, o’sha davr muhiti adabiyotda yangicha inson obrazini yaratilish va voqea-hodisalarga sog’lom munosabatni ifodalash ehtiyoji tug'ildi. Tarixiy hahiqatni davr talablaridan kelib chiqqan holda qayta – haqqoniy baholash ham ma'naviy, ham ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Mavjud holat vatan, ozodlik, millat mavzulari ustuvorligini mustahkamlashda muayyan mohiyatni yuzaga chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, mavzu tahlili milliy ong bilan munosabati doirasida yoritish shuni ko‘rsatadiki, joriy masala tadqiqoti uch xil yo‘sinda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, tipologik talqin tarixiy haqiqatni teran anglashga yo'l ochadi. Zamondosh qalbidan o‘rin olgan va kelajak avlod tajribasida asqotadigan taomillar millat mentalitetiga manfaat keltirishi shubhasiz. Ikkinchidan, analogik tahlil har bir ijodkor alohidaligini oydinlashtirish barobarida davr ruhiyatini idroklash imkonini beradi. Zotan, bir-biridan tamomila farq qiladigan adiblar ijodi taqqosi adabiy rivojlanish qonuniyatlarini belgilashga yordam beradi. Mavjud holat millat ijtimoiy mavqei himoyasiga xizmat qiladi. Uchinchidan, milliy qadriyatlaga munosabat teranlashayotgan pallada tarixiy mavzu talqini milliy mansublikka daxldorlik kasb etadi. Agar qiyosiy adabiyotshunoslik asarlarni o’rganishda ularning nozik qirralarini ochib berishga xizmat qilsa, bu uning eng katta yutug’idir. Chunki, biron asar boshqa asarga 54 solishtirilgandagina uning ko’lamdorligini, mavzuviy-mazmuniy boyligini, yozuvchi mahorati hamda ijodiy individualligini anglash mumkin bo’ladi. Badiiy asar badiiy kommunikasiya vositasi ekanligi, kommunikasiyaga kirishayotgan subyekt uchta asosiy maqsad (reprezentativ, ekspressiv, apelyativ)ni ko’zlashini ilgari aytgandik. Modomiki "Tushda kechgan umrlar"da har uchala adabiy turga xos xususiyatlar uyg’unligi haqida gapirarkanmiz, ulardan har biri shu uch maqsadning amalga oshishida qanday o’rin tutishi xususida ham to’xtalib o’tish joiz. Tabiiyki, "Tushda kechgan umrlar"da informasiya asosan dramatik va epik unsurlar vositasida yetkaziladi. "Oltin zanglamas"da teran tahliliy yandashuv ustuvor. "Tirik ruhlar" romanida tragik bo'yoqdorlik kuzatiladi. Biroq o’sha informasiyani tom ma’nodagi badiiy informasiyaga aylantiruvchi narsa muallif shaxsi ekanligi ham ravshan. Zero, dramatik va epik unsurlar obyektivlik illyuziyasini hosil qilsalar-da, muallif ongiyu qalbida qayta ishlanganliklari uchun ham subyektivlikdan holi emaslar. Ayni paytda, qahramonlar hayotida yuz berayotgan voqealar–tasavvurimizdagi "sahna"da kechayotgan ko’rinishlar–o’z holicha ham o’quvchiga ta’sir qila oladi. Shunisi ham borki, dramadagi kabi bu o’rinda ham muallif shaxsi qisman dialoglarga singdirib yuborilgan. Ko’ramizki, muallif badiiy voqyelikda akslangani kabi, badiiy voqyelik ham muallif orqali akslanadi. Demak, "Kecha"dagi epik, dramatik va lirik unsurlar o’zaro organik birikib, uyg’un butunlikni tashkil qiladiki, ularning har birini alohida olib ko’rishga intilishimiz shartli – faqat asarni tushunish yo’lidagi amallardan biri sanaladi. Voqea-hodisalarga salbiy munosabat, inkor ruhining kuchliligi, hodisaning dahshatli manzarasini keskin, qabariq tarzda chizib berish, hodisa mohiyatini bor ziddiyatlari, qahramon ruhiyatini butun murakkabliklari bilan o’quvchiga his qildirish uchala adib ijodiga xos fazilatlardan biri sanaladi. Shuningdek shaxs tabiatining ayrim jihatlarinigina aks ettiruvchi asarlar bilan bir qatorda, inson ruhiyati, borlig’iga xos umumiy xarakter-xususiyatlardan alohida chizgilarga o’tuvchi tasvir uslubini namoyon qiluvchi yo’nalish inson ruhiyatining keng olam ekani, uning hech qanday qolipu andozalarga sig’maydigan, cheksiz, turfa holatlarini badiiy jihatdan inkishof etishga urinish singari yaratilgan badiiy asarlar 55 haqiqatdan ham an’anaviy realizm qoliplarini yorib chiqib, adabiyotda yangi badiiy hodisalarga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |