5- mavzu. IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi. Ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy hayoti. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan xissasi asosiy tushuncha va iboralar


Somoniylar davlatida boshqaruvi va xoʻjalik tizimi



Download 26,06 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi26,06 Kb.
#249096
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma'ruza 5

5.2. Somoniylar davlatida boshqaruvi va xoʻjalik tizimi

Somoniylar davlati tepasida amir turgan. Amirlikning ma’muriy tizimi quyidagicha boʻlgan: dargoh (amir saroyi) va devon (davlat idorasi). Saroydagi eng ulugʻ mansabdor – xojibi buzurg (ulugʻ xojib) boʻlib, unga saroy ahliga koʻz-quloq boʻlib turish vazifasi yuklatilgan edi. Undan keyin sohibi haros (saroy soqchilari boshligʻi) turgan. Amiri haros oliy hukmdor farmonlarini ijro etgan. Dargohning xoʻjalik ishlari bilan vakil shugʻullangan. Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni atrofida joylashgan unta devon qoʻlida boʻlgan. Devoni vazir yoki xojayi kalon barcha ma’muriy, siyosiy na xoʻjalik muassasalarini nazorat qilgan. Vazir barcha harbiy kuchlarni ham boshqargan.

Somoniylar davrida quyidagi devonlar boʻlgan:

1. Devoni mustavfiy – moliyaviy ishlar devoni, uni xazinachi boshqargan.

2. Devoni amid – elchilik va muhim davlat ishlarini boshqargan. U devoni rasoyil, devoni insho ham deyilgan.

3. Devoni sohibushrot – sipohiylarni va shox saroyini moddiy jihatdan ta’minlagan yiliga toʻrt marta lashkar sipohiylariga maosh berilgan.

4. Devoni sohibbarid – davlat elchilari va viloyat hokimlari ustidan maxfiy nazorat ishlarini boshqargan.

5. Devoni muxtasib – bozorlarda tarozu va narh-navoni, keyinchalik aholi tomonidan shariat qonun-qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilib turuvchi muassasa.

6. Devoni mushrif (nazorat qiluvchi) – xazina kirim-chiqimi va boshqa muhim davlat ishlarini nazorat qilgan.

7. Devoni qozi.

8. Devoni ziyo.

9. Devoni mamlakati xos (davlat mulklarini boshqargan).

10. Devoni vaqf mavjud boʻlgan.

Barcha devonlarning viloyat va shaharlarda boʻlimlari boʻlib, hokimlarga boʻysungan. Faqat devoni barid muassasalari markaziy davlatga boʻysungan. Shaharlar maxsus raislar tomonidan boshqarilgan. Amaldorlar orasida ruhoniylarning nufuzi yuqori boʻlib, ular Shayxulislomga itoat qilganlar.

Somoniylar qoʻshinlari muntazam va mahalliy hokimlar qoʻlidagi ixtiyoriy yoʻllangan lashkardan tashkil topgan edi. Somoniylarda sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Ogʻir jinoyat qilganlar oʻlimga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Davlat xizmatchilari (amaldorlar) boy dehqonlar (yirik yer egalari)dan tayinlangan. Bunda ular yuqori tabaqadan boʻlishlaridan qat'i nazar, bilimdon, ma’rifatli kishilar boʻlishlari shart edi. Amaldorlar arab va fors tillarini, shariat qoidalari (qonunlari)ni yaxshi bilishlari talab qilingan. Shuningdek, ular dunyoviy bilimlardan ham yaxshi xabardor boʻlishlari koʻzda tutilgan.

X asrlarda xoʻjalikning barcha sohalari rivojlana boshladi. Jumladan, konchilik nihoyat darajada taraqqiy etdi. Temir, mis, qoʻrqoshin, oltin, kumush, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olindi. Xatto Fargʻonada toshkoʻmir va neft topib ishlatilgan. Bu davrda mamlakatda bir tomondan dehqonchilik ikkinchi tomondan hunarmandchilikning rivojlanishi ichki va tashqi savdoning kuchayishiga olib keldi.

X asrda tashqi savdo muomalasida sarroflik cheklaridan keng foydalanilgan. Ichki bozorda “fals” deb atalgan mis chaqa, savdo sotiqda esa kumush tanga-dirhamlar ishlatilgan. Somoniylar “ismoiliy”, “muhammadiy”, “qitrifiy” nomlari bnlan bir necha kumush dirhamlar chiqarganlar. Somoniylar davlati yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi mulkiy boʻlinish ham turli xil shakllarga ega boʻlgan. Bular quyidagilardir:

1. Mulki sultoniy – sulton (amir)ga tegishli yerlar. Undan tushadigan daromadlar davlat xazinasiga oʻtkazilar edi. Bu daromad juda katta yer-mulklarni, shu jumladan, koʻp sonli dehqon mulklarini ham oʻz ichiga oladi.

2. Mulk yerlari – xususiy mulk yerlari. U asosan hukmron sulola vakillari hamda yuqori tabaqa namoyondalari ixtiyoridagi yerlar.

3. Vaqf yerlari – bu machit, madrasa va boshda diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar. Ulardan keladigan barcha daromadlar musulmon ruhoniylari manfaatlari uchun sarf qilingan. Bu yerlar soliq toʻlashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan.

Markazlashgan davlatdagi siyosiy barqarorlik jamiyat hayotining turli tomonlarining rivojlanishiga ta’sir koʻrsatdi. Bu jarayon ijtimoiy hayotda iqtisodiyot va madaniyatda ham oʻz ifodasini topdi. Bu yerdagi shaharlar qisqa muddat ichida musulmon Sharqining har tomonlama rivojlangan yirik shaharlariga aylandi. Bu esa, oʻz navbatida, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Somoniylar davlati har qancha kuchli boʻlib koʻrinsa-da biroq u barcha ijtimoiy ziddiyatlarni xal eta olmadi. Bu oxir oqibatda uni ichdan yemirdi. Somoniylar davlati ichidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayib borishi, hambagʻal tabaqalar va yersiz aholinnng qoʻzgʻolonlari uning zaiflashuviga olib keldi. Shuningdek, oliy hokimiyat tizimi bilan mahalliy hokimlar oʻrtasidagi ixtiloflarning chuqurlashib borishi esa uning inqirozi bilan tugallandi. Buning natijasida X asr oxiriga kelib, bu hududda qoraxoniylardan iborat yangi sulolaning hukmronligi vujudga keldi va mustahkam lanib bordi.


Download 26,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish