Shlisali birikmalarning ishlash qobiliyati va ularni hisoblashning asosiy mezonlari Shlisali birikmalarning ishlash qobiliyatining va ular-ni hisoblashning asosiy mezonlari quyidagilar bo’ladi: 1. Ishchi sirtlarning ezilishiga qarshiligi; 2. Fretting-korroziya (fret-inglizchadan - eb tashlash) ta’siridan yeyilishga qarshilik. Fretting-korroziyadagi yeyilish bu tutashuvchi sirtlarning kichik nisbiy tebranma siljishlaridagi korrozion-mexanik yeyilish. Shlisali birikmalarda bunday siljishlar deformasiyalar va tirqishlarga bog’liq. Agar birikma valning aylanishida o’z holatini o’zgartirmaydigan Ғ-ko’ndalang kuch (5-rasm) bilan yuklansa (masalan, tishli uzatmaning ilashmasidagi kuchlar), birikmadagi tirqish dam-badam u yoki boshqa yo’nalishda bo’lishi yoki yo’qolishi mumkin, demak tebrakma siljish yuzaga keladi. - 5- rasm. Shlisali birikmalarda yuklanish sharoitlarining tarhlari
- Shlisali birikmalarning yuklanish qobiliyatini hisoblash usullari
- Shlisalar ishchi sirtlarining ezilishi va yeyilishi bosim σez bilan bog’liq. Agar [σez] ning ruxsat etilgan qiymati ezilish va yeyilishning ta’sirini hisobga olib belgilansa, u holda “σez” ni hisoblashda yeyilish va ezilishning umumiy mezoni sifatida qabul qilish mumkin. Bunday hisob umumlashgan mezon bo’yicha soddalashtirilgan (taxminiy) hisob deyiladi.
- Shlisali birikmalarning soddalashtirilgan (taxminiy) hisobi
- Taxminiy hisob ezuvchi kuchlanishning o’rtacha kdymatini chegaralashga asoslangan (6- rasm) va qo’yidagicha amalga oshiriladi:
- 6-rasm. To’g’ri yonli shlisali birikma tashqi D diametr bo’yicha markazlashtirilganda hisoblash tarhi
- bu yerda: T-hisobiy burovchi moment (uzoq ta’sir etadigan yuklanishdagi eng kattasi), Nm; do’r - birikmaning o’rta diametri, mm; z-birikmadagi tishlar soni; Кt- yuklanishning tishlar o’rta-sida notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffisient (birikmaning ishlash sharoiti va tayyorlanish anikligiga bog’liq, taxminiy hisoblarda Кt= 0,7...0,8 deb olish mumkin); h-tishlarning ishchi balandligi, mm; ℓ - tishlarning ishchi uzunligi, mm; [σez] - ezuvchi kuchlanishning ruxsat etilgan qiymati.
- Shlisali birikmalarning aniqlashtirilgan hisobi
- Aniqlashtirilgan hisoblar mashinasozlikning turli tarmoqlarida to’plangan tajribaviy ma’lumotlarga asoslangan. GOST bo’yicha hisoblashda radial yuklanishlar va eguvchi momentlarni, birikmalarning konstruktiv xususiyatlarini, birikma uzunligi bo’yicha yuklanishlar konsentrasiyasini, tishlar orasida yuklanishning notekis taqsimlanishini, xizmat qilish muddati va boshqalarning ta’sirini e’tiborga olinadi.
- Standart bo’yicha birikmaning ezilish va yeyilish mezonlari bo’yicha hisoblash usullari tavsiya qilinadi. Birikmaning yuklanish qobiliyati ezilish va yeyilishdagi hisobning kichik qiymati bo’yicha aniqlanadi.
- Ezilishga hisoblash - o’ta yuklanish holatida shlisalarning ishchi sirtlari plastik deformasiyasini cheklashga mo’ljallangan.
- Birikmani ezilishga hisoblash formulasi:
- Shlisali birikmalarni konstruksiyalash bo’yicha tavsiyalar
- 1. Suriluvchan birikmalar uchun gupchakning ishchi uzunligini valning diametridan kam bo’lmagan holda olish, yani ℓish ≥ d (1-rasm) qisqa gupchaklarda val bo’ylab surilganda og’ishdan detal qisilib qolishi mumkin.
- 2. Uzun gupchaklarda ℓgup>1,5 d bo’lganda, sidirish usulida shlis yo’nilganda metall qirindi chiqib ketishi uchun teshikcha ochilishi lozim (3-rasm).
- 3. Shlisali birikma shponkali birikmaga qaraganda valning chidamliligini kamroq kamaytiradi. Evolventaviy shlislar to’g’ri yonli shlislarga qaraganda kuchlanishlar jamlanishini kamroq vujudga keltiradi.
Эътиборингиз учун раҳмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |