Evolventaviy profilning tishli g’ildiraklar profilidan farqi reyka profili burchagining 30° gacha ko’payishida (20° o’rniga) va tish balandligining kamayishidadir. Evolventaviy profilli valni tayyorlashda to’g’ri yonlilarga nisbatan kamroq frezalar to’plami ishlatiladi, shuning uchun ular aniqroq tayyorlanadi. Evolventaviy valini tayyorlashda tishli g’ildiraklar uchun qo’llaniladigan mukammalroq texnologik jarayonlardan foydalanish mumkin. Lekin evolventaviy tortilmalar qimmat va shlisalarni jilvirlashda to’g’ri yonlilarga nisbatan ko’p mehnat sarf bo’ladi. Evolventaviy birikmalarning o’lchamlari GOST 6033-80ga binoan modullari m=0,5...10 mm, tashqi diametrlari D=4...500 mm va tishlar soni z=6...82 oraliqda bo’lishi mumkin. To’g’ri yonli va evolventaviy shlisali birikmalar vallarga tishli g’ildiraklarni, maxoviklarni, tasmali uzatmalar shkivlarini, zanjirli uzatmalar yulduzchalarini, muftalarni va sh.k. o’rnatish uchun ishlatiladi. Uchburchak shlisali birikmalar odatda yupqa va yengil qotishmalardan tayyorlangan vtulkalarni biriktirishda, tig’izlik hisobiga biriktiriladigan birikmalar o’rniga qo’llanadi. Markazlashtirish aniqliga past, shuning uchun ularni qo’zg’almas yoki kichik tezlikda ishlatiladigan torsion ressoralar, boshqarish qismlarining pishanglari va sh.k. biriktirish uchun ishlatiladi. Uchburchakli shlisali birikmalarning o’lchamlari standartlashtirilmagan. Кo’pincha hisoblashlarda OST 100092-73 da keltirilgan tavsiyalardan foydalaniladi. - Shlisali birikmalar gupchakni valda quyidagicha markazlashtiradi: a- tashqi diametr bo’yicha; b- ichki diametr bo’yicha; v-yon yoqlari yoki yordamchi silindrik yoki konussimon sirtlar bo’yicha (4-rasm)
- 4-rasm. Shlisali birikmalarni markazlashtirish turlari
- O’qdoshlikni aniq ta’minlash talab qilinadigan konstruksiyalarda tashqi yoki ichki diametr bo’yicha markazlashtirish qo’llanadi. Bunda markazlashtirish diametri texnologik sharoitlarga mos ravishda tanlanadi. Agar detalning gupchagiga termik ishlov berilmasa yoki ularning qattiqligi HB ≤ 350 bo’lsa, tashqy diametr bo’yicha markazlashtirish qo’llaniladi. Bu holda markazlashtiruvchi sirtlarga aniq va unumdor usullar bilan ishlov berish mumkin, gupchak - sidiriladi, val - aylana jilvirlanadi, 80% to’g’ri yonli shlisali birikmalar tashqi diametr bo’yicha markazlashtiriladi. Agar gupchakdagi teshikning qattiqligi HB ≥ 350 bo’lsa, odatda ichki diametr bo’yicha markazlashtirish qo’llanadi. Bu holda val va gupchakning markazlashtiruvchi sirtlari jilvirlanadi.
- Shlisalarning yon qirralari bo’yicha markazlashtirish gupchak va valning aniq o’kdoshligini ta’miilamaydi, lekin bu holda shlisalar bo’yicha yuklanish tekis taqsimlanadi. Shu sababdan katta aylantirish momentini uzatishda o’qsoshlikning aniqligiga yuqori talab qo’yilmasa, shlisalarni yon qirralari bo’yicha markazlashtirish qo’laniladi. Bu holga kardan vallari-ning qo’zg’aluvchan shlisali birikmalari misol bo’ladi. To’g’ri yonli shlisalarni yon qirralari bo’yicha markazlashtirish shlisalar (tishlar) soni 10 va tashqi diametr 25...90 mm oraliqda bo’lganda qo’llanilishi mumkin.
- To’g’ri yonli shlisalar ichki diametr bo’yicha markazlashtirilsa A va C ko’rinish (1- rasm), tashqi diametr va shlisalarning yon yoklari bo’yicha markazlashtirilsa, B ko’rinish (1-rasm) qo’llaniladi. Valdagi shlisalar tashqi burchaklari raxli (1-rasm), shlisa (tish)ning asosidagi ichki burchaklari yumaloqlangan qilib tayyorlanadi.
- Evolventaviy shlisali birikmalarda tashqi diametr va en yoqlari bo’yicha (2-rasm) markazlashtirish qo’llanadi.
- Bulardan tashqari yordamchi silindrik (4-rasm) yoki yordamchi vtulkalardan foydalanib, konussimon sirtlar bo’yicha markazlashtirish ham qo’llanadi. Bunday birikmalar radial yuklanishlar va eguvchi momentlarni yaxshi qabul qiladi.
- Tutashish turlarini tanlashda birikmaning qo’zg’almas yuklanish bilan yoki yuklanishsiz harakatlanishini hisobga olish zarur. To’g’ri tishli shlisali birikmalar faqat burovchi momentni (ilashish muftalari), burovchi moment va radial kuchni (valni to’g’ri tishli g’ildirak, zanjirli uzatmaning yulduzchasi, tasmali uzatmaning shkivi bilan biriktirish), burovchi va eguvchi moment hamda radial kuchni (valni konussimon tishli g’ildirak hamda gupchagi simmetrik bo’lmagan tishli g’ildirak bilan biriktirish) uzatishi mumkin. Vintsimon, konussimon va yonbosh tishli birikmalar shular bilan birga o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlarni ham uzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |