5- LABORATORIYA ISHI (2 soat)
MAVZU: QURILISH OHAGI.OHAKNING SO‘NISH
TEZLIGINI ANIQLASH
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar:
Dyuar asbobi.
Termometr 1300S gacha shkalali.
Texnikaviy tarozi.
Menzurka 50ml
Yog‘och yashik qopqog‘i bilan.
400gr ohak
Tosh yoki kukun holidagi ohakni so‘ndirganda uning bir qismi so‘nmaydi yoki juda sekin so‘nadi. Qurilishga keltirilgan ohakdagi so‘nmaydigan zarrachalar miqdoridarhol aniqlanishi lozim. Arap 1-navli ohakda so‘nmaydigan zarrachalarmiqdor 10% dan, 2-navli ohakda esa 20% dan ko‘p bo‘lsa, bunday ohak yaroqsiz hisoblanadi.
Laboratoriya ishini o’tkazish tartibi:
Texnikaviy tarozida 1kg so‘nmagan ohakdan tortib olinib ohak bo‘tqa hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqani 24 soatdan keyin suv bilan sut holiga keltiriladi. So‘ngra №063 elakdan o‘tkaziladi. Elakda qolgan so‘nmagan zarrachalarni toza holiga kelguncha yuviladi. Elakda qolgan qoldiqni elak bilan birga quritish shkafida 105-1100C haroratda turg‘un holiga kelguncha quritiladi va tarozida tortiladi. Umumiy og‘irlikdan elakning og‘irligini ayirib so‘nmagan zarrachalarning og‘irligi topiladi. Sinash uchun olingan 1kg ohakni nisbatan so‘nmagan zarrachalarini miqdori foiz (%) hisobida topiladi. Qoldiqni grammda o‘lchab 10 ga bo‘linadi.
Ohakning so‘nish davrida quyidagi reaksiya ro‘y beradi: CaO + H2O = Ca(OH)2
Bir kg ohakning so‘nishi natijasida 950 kj/kg issiqlik miqdori ajraladi. So‘nish reaksiyasi tamom bo‘lgandan so‘ng ohak bo‘tqasining harorati pasayadi.
Ohakning so‘nish tezligi Dyuar asbobida aniqlanadi. Dyuar asbobining hajmi 500ml bo‘lib, unga 40-50ml idish joylashgan. Dyuar asbobi bilan stakan o‘rtasiga issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan qatlam joylashgan.
Ish tartibi: 10gr maydalangan oxak Dyuar aspobiga solinadi 200C xaroratli 20ml li suv quyiladi, qopqoq berkitiladi va termometr tushiriladi. Oxak qorishmali asbob silkitiladi va tinch xolatda qoldiriladi. Xar 30 sekundda oxak so‘nish xarorati kuzatiladi. Xarorat maksimal xolatga kelishi so‘nish vaqtini boshlanishini belgilaydi, maksimal xolatdan tushishi so‘nish vaqtini oxrini belgilaydi.
5-rasm. Ohakning so‘nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob:
1-termometr, 2-qopqoq, 3-ichki shisha idish, 4-tashqi shisha idish,
5-issiqlik izolyasiyasi qatlami, 6-namuna.
Laboratoriya ishini o’tkazishda foydalaniladigan o’quv materiallari: ko’rgazmalai qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari(bog’lovchi), virtual namunadagi o’quv-laboratoriya jihozlari, xisoblash jadvallari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Qosimov I.K. Qurilish materiallari. Darslik. T., Mexnat. 2004.
Maxmudova N.A.Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012.
Nuritdinov X.N., Qodirova D.SH. Bog‘lovchi moddalar va qurilish materiallarini tadqiq etish usullari. O‘quv qo‘llanma. T., Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi., 2012.
Voljenskiy A.V. Mineralnыe vyajuщie veshestva. M., Stroyizdat. 1979.
N.A.Maxmudova Bog‘lovchi moddalar. O‘quv qo‘llanma. (lotin imlosida). T. Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2015.
Samig‘ov N.A. Bino va inshootlarni ta’mirlash materialshunosligi. TAQI. T. 2005.
N.J.Parsaeva, I.Bozozrov “Bog’lovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma(Praktikum)”.
Do'stlaringiz bilan baham: |