24.08. – 24.09. Parizod
Bu muchalda tugilganlar qattiq tartibga rioya qiladilar, shovqin-suronni yoqtirmaydilar, ko’chalarda ham odamlar kamroq, tinch joylardan yuradilar. Lekin ular doim boshqalar haqida qayg’uradilar, do’stlariga sodiq va ochiq ko’ngildirlar. Bu muchal sohiblari orasida bo’ydoq va "qariqiz"lar ko’p uchrasa-da, ayrimlari ikki marta oila quradilar.
Ularning jiddiy qiyofalarida aql va maqsad sari intilish aks etadi. "Boshoq"lar boshqalarning kamchiliklarini ochiq-oydin ko’radilar, ammo o’z nuqsonlarini bilishmaydi. Ko’cha-ko’yda tilamchilik qiladiganlarga sira ham achinmaydilar. Lekin qiyin ahvolga tushib qolgan do’stlariga chin ko’ngildan yordam beradilar. Ular bekorchi va yalqovlarni yoqtirmaydilar. Odamlardagi iqtisodchilik, aniqlik, haqiqatparvarlik, yaratuvchanlikni yuqori baholaydilar. Bu muchalda tug’ilganlar juda sog’lom, ish yuzasidan ancha asab kasalliklariga duchor bo’ladilar.
ERKAKLAR.
Agar siz hissiyotga beriluvchan bo’lsangiz bu muchalda tug’ilgan erkaklar bilan yashab ketishingiz juda qiyin kechadi. U o’z sevgisini oilasi, do’stlariga bo’lgan yaqinligi bilan ifodalaydi. Mabodo, siz unga o’ta hissiyotli munosabatda bo’lsangiz, uning yonida yig’lasangiz, nimalardir va’da qilsangiz bu holdan u ajablanishi va hatto qo’rqib ketishi mumkin. Sevgida u iroda va bardoshni yuqori baholaydi.
Bu muchal sohibi taqdiriga tan berib yashaydiganlardan. U deyarli hamma narsani tanlab-tanlab eydi, kiyadi, yoqtiradi... Hatto ayollarni ham tanlab sevadi va bundan zavqlanadi. Siz uni aldashga yoki ustidan kulishga urinmang, o’zingizga yomon bo’ladi. Agar u sizni seva olmasa sirayam mehrini qozonishga intilmang. Shunchaki, do’stona munosabatingiz va (garchi yuragingizda isyon bo’lsa-da) rasmiy muomalangizning o’zi kifoya. Bu holdan so’ng siz uni qiziqtirmasligingiz mumkin emas.
Mabodo, baxt kulib boqib, muhabbat tangrisining nazari sizga tushsa sira hovliqmang. U sizni sevib qolgan taqdirda ham avvalgi xulqini o’zgartirmaydi. Agar u sizga sevgi izhor qilsayu, siz javobini berishga oshiqmasangiz, u oylab-yillab kutishga tayyor. E’tibor bering-a, bunday chidamlilik hech qaysi muchal sohibiga nasib etmagan. U o’ziga suyukli ayol emas, umr yo’ldosh izlaydi, otalik burchini chin dildan bajaradi. Uning sog’ligi haqida qayg’urishingizni yoqtiradi, mabodo siz kasal bo’lib qolsangaz, u butun mehri bilan sizni parvarishlaydi.
Agar u nimadandir xafa bo’lsa, nima uchunligini surishtirmang, chunki baribir aytmaydi. Yaxshisi, uni yolg’iz qoldiring. Hayotingiz davomida bu muchal sohibi bilan baxtiyor turmush kechirasiz. Uning bitta kamchiliga bor, bu ham bo’lsa tanqidga chidamsizligidir. Shuning uchun siz uning xatolarini tanqid bilan emas, shirinso’z va xushmuomalalik bilan bartaraf etishingiz mumkin.
AYOLLAR.
Bu muchal sohibasi o’z maqsadlari sari intilib yashaydi. To’g’ri, hamma insonlar o’z maqsadi sari intiladi, lekin bu ayol jarliklarga tushib ketsa ham, tog’u toshdan oshishiga to’g’ri kelsa ham, o’z yo’lidan qaytmaydi. Bo’lar-bo’lmasga yig’layverishni yoqtirmaydi.
Mabodo, uni umr yo’ldoshi aldagudek bo’lsa, buni sira kechirmaydi. Qo’ni-qo’shniga gap-so’z bo’lish, eri bilan ajrashib isnodga qolish yomon, albatta. Ammo ishongan, suygan odami tomonidan bir umr aldanib yashash bu ayol uchun dunyodagi eng qabihlikdir. Bu ayol deyarli hamma bilan (shuningdek, erkaklar bilan ham) do’stona munosabat o’rnata oladi.Bu muchal ayoli hamma muchallar orasidagi aql va hayosi mujassamlashgan ayoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |