Hayriy vaqf va ahliy vaqf
Temuriylar davrida hayriy hamda ahliy vaqf turlari keng tarqaldi. Hayriy yoki ijtimoiy vaqf (vaqfi hayriya yoki vaqfi om) da vaqf qiluvchi undan ko’pchilik foydalanishini shart qilib qo’yadi, bunda ijtimoiy muassasalar, masjid, madrasa va xonaqohlar tashkil etishga mo’ljallangan bo’lsa, oilaviy yoki xususiy vaqf- vaqfi avlod esa, vaqf qiluvchi o’zi vaqf qilgan narsadan o’zi, ahli va qarindoshlari foyda olishlarini shart qilgan. Bu ikki turdagi vaqfning farqini bir qarashda ilg’ash qiyin bo’lgan, lekin har ikkisi ham islom qonunlariga amal qilgan. Vaqfi hayriya egalari avlodlar o’rtasidagi vasiylikni, ahliy vaqf egalari esa vaqfdan keladigan foyda ulushini muhtoj musulmonlar manfaatini ko’zlagan. Hayriy vaqf to’g’ridan to’g’ri voqif oilasi foydasiga yo’nalmagan bo’lsa-da, o’zi va avlodini vasiy etib tayinlash huquqiga ega bo’lgan. Ular oilaviy vasiylikni o’zi, farzandlari va avlodlarini vaqfdan keladigan foydaga doimiy egalik qilishgan. Muhokama ostida bo’lgan bu turdagi aralash vaqf – ijtimoiy va shaxsiy maqsadlar uchun xizmat qilgan hamda yuqori qatlamning har bir a’zosi, ayniqsa, ayollar tomonidan qo’llab-quvvatlangan.
Tadqiqotchi Gabriel Bayer o’zining keng qamrovli izlanishida, vaqf tashkilotining boshqa madaniyatlar bilan o’xshash tomonlarini hamda ijtimoiy va shaxsiy maqsadlarga yo’nalgan aynan islom vaqfi qonunga bo’ysunib bir tizimda boshqarilishini ifoda etgan.
Hayriya maqsadiga yo’naltirilgan vaqf ijtimoiy himoya bilan birga an’anaviy usuldagi madrasa, xonaqoh yoki masjidlar qurilishini o’z ichiga oladi. Temuriylar davrida musulmon avliyo va olimlarining, amaldagi hukmdor oilasi a’zolarining maqbaralarini barpo etish keng yo’lga qo’yilgan. Me’moriy hujjat qaydlarida, musulmon me’morchiligining eng yaxshi davri Temur va uning avlodlari nomi bilan bog’liq. Osmono’par va muhtasham yodgorlik majmualari atrofida madrasa hujralari yoki xonaqohlar qurilishi musulmon olamida butunlay yangi ma’no kasb etgan. XI asr oralig’ida boshlangan Eron va Markaziy Osiyodagi ko’plab misollar buni tasdiqlaydi: Samarqanddagi mashhur Qoraxoniylar madrasa – maqbarasi, hamda XII asrdan to XV asrgacha Suriyada Ayyubiylar va Misrda Mamluqlar hukronligida keng tarqalgan. Aslzoda Temuriy ayollarning vaqfga qiziqishi asosan, yodgorlik majmualari bilan bog’liq, turk – mo’g’ul madaniy aloqalarini mustahkamlashda ham Eronda kelib chiqishi Saljuqiylardan bo’lgan Turkiylar sulolasi va Markaziy Osiyoda Chig’atoy- mo’g’ul ayollari markaziy o’rinni egallagan.
Diniy ehson va ijtimoiy yordam sifatini oshirishda xayr-ehson, vaqfning iqtisodiy ustunligi, ayniqsa, Hanafiy mazhabi moliyaviy hujjatlarining o’rni beqiyos. Bir tomondan, u oilaviy mol-mulkni merosga oid islom qonunlari hujjati asosida bo’linib ketishidan himoya qiladi. Bu ayniqsa, yer va suv xo’jaligida o’z aksini topadi. Davlatshohning ma’lumotiga ko’ra, Alisher Navoiy o’zining butun mol-mulkini “kutilmagan merosxo’r” ning qo’liga o’tib ketmasligi maqsadida vaqfga o’tkazganligi xususiy mulkni yo’q bo’lib ketmasligidagi vaqfning o’rniga ishora qiladi.
“Aralash” vaqf voqif va uning avlodlariga vaqfga o’tkazilgan mulklar ustidan egalik yoki vasiylik sifatida qattiq nazorat qilishga ruxsat bergan. Soliqdan aniq ravishda ozod etilmagan bo’lsa-da, vaqf qilingan mulk kam foizli soliq, ba’zi istisno holatlarda soliqdan ozod bo’lish kabi ma’lum soliq imtiyozlariga ega bo’lgan. Chunki u qaytarib olinmaslik sharti asosida sotish, sotib olish yoki foydalanish huquqiga ega bo’lmaydi, vaqf o’zgaruvchan siyosiy muhitda xavfsizlikni o’z kafolatiga olmasa ham, ehtiyot choralarini ta’minlaydi.
Vaqfga o’tkazilgan mulkning holati va vasiylik meros huquqlaridagi bahsli muammolarni diniy qo’mita ko’rar edi. Fiqh qaydlari hamda vaqfga qarshi sud jarayonlaridagi ma’lumotlarga asoslanib, vaqf amalda mavjud vazifalarni bajarganligini, bir tomondan uzoq muddat asl hayriya vazifasini saqlab qolganligini va o’ziga xos xususiyatlarini qayta qurganligini ko’rishimiz mumkin.
Biroq ahliy hayriya uchun boshqa kuchli iqtisodiy omil – pulning uzoq muddat qadrini saqlashi asos bo’lgan, tijorat va qishloq xo’jaligi mulklarining aralashuvi (Xurosondagi og’ir qishloq xo’jaligiga ko’mak), Islom jamiyatida sanoatgacha qishloq xo’jaligi kapitali qulay va eng xavfsizi hisoblangan. Uning soliqdan himoya qilingan va pul jamg’armasiga ruxsat berilgan, bundan tashqari ortib qolgan foydadan yangi mulkga ega bo’lish kabi yaxshi tomonlari bo’lgan. Katta tavakkal bilan bir necha yuz foiz mablag’ni o’zida ushlab qoladigan uzoq muddatli savdo sherikchiligi (o’rtoq) hamda vaqf mulkidan keladigan foydani tavakkalsiz qisqa muddatli lizing (ijara) lar tijoratda qiyoslangan.
Shuningdek, bu Temuriylar siyosiy va moliyaviy ziddiyatlari yechimi sifatida Temuriy harbiy qatlamga mansub voqiflarga hukumat aralashuvidan mutlaq erkinlikni beradi, lekin yuqori ijtimoiy obro’, barqaror hukumat kafolati va yuqori bo’lmagan kirim oqimini nazarda tutmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |