Dala taxtasi yordamida plugning korpusi ariqning tubi va devorchasiga tayannib xarakatlanadi.
Pichoq tuproqni kesish va unda uchragan o‘simliklar qoldig‘i, ildizlari, qatlamlarni ajratish va tekis egat olish uchun xizmat qiladi. Pichoqlar diskli va qalamchasimon bo‘lib, ular chimqirqar lemexining oldiga o‘rnatiladi. Qalamchasimon pichoqlar o‘rmon buta-botqoqli va plantajli pluglarda ishlatiladi.
CHimkirkar o‘simlik qoldiqlariga boy bo‘lgan tuproqning yuqori qatlamni egat tubiga ag‘darib tashlash uchun xizmat qiladi. CHimqirqarning ishchi shakli plugning asosiy korpusiga o‘xshaydi, ammo undan kichikroq o‘lchamda bo‘ladi. Ramada chimqirqar plug korpusidan 30-35 sm oldinga o‘rnatiladi. Bundan maqsad - tuproqningq qatlami ularning orasidan oson o‘tkazishidadir. CHimqirqar qatlamning yuqorigi qismini 6-12 sm chuqurlikda kesadi va erni haydashda uni egatning tubiga tashlaydi.
Plugning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: plug oldinga xarakatlanganda, pichoq 3 tuproqni 10-12 sm chuqurlikda kesib ketadi. Unga izma-iz kelayotgan chimqarqar 2 tuproqning yuqori qatlamini 6-12 sm chuqurlikda va 15-20 sm kenglikda kesib oladi, uni maydalaydi va oldingi korpus ochib ketgan egatning ostiga tashlaydi.
So‘ngra asosiy korpus 4 ning lemexi 6 tuproq qatlamining asosiy qismini kesadi va ag‘dargich 5 ga ko‘tarib beradi, ag‘dargich uni maydalaydi hamda bir vaqtning o‘zida egatning tubiga chimqirqar tashlagan tuproqni ustidan yopadi. Lemex va ag‘dargichning yuzasi yaxlit holda korpusning umumiy ishchi yuzasini tashkil etadi.
Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalalarni sifatli hamda kam harajat sarflab xaydash uchun har bir bir plug tekis maydonchaga o‘rnatilib, ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda uning barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig‘larining o‘tkirlanganligi va maydoncha yuziga paralelligini, ularning uchi maydoncha yuzasiga birdek tegib turishi, korpuslarning balandliklari, ular orasidagi masofalar bir xilligi hamda dala taxtalarining harakat yo‘nalishiga paralelligi tekshirib ko‘riladi.
Ikki yarusli pluglarda (PYA-3-35, PD-4-45, PNYA-4+1-45) ularning yuqorigi yarus korpuslari pastki yarus korpuslariga nisbatan 45-55sm oldinga va plug ramasi bo‘ylama bruslarining chap tomoniga joylashtirilishi darkor.
CHimqirqarli pluglarda (PN-4-35,PLN-5-35, LD-100) chimqirqar asosiy korpusdan 20-25 sm oldinda turishi hamda uning xaydash chuqurligi 10-12 sm oraliqda bo‘lishi kerak. YUqoridagi ishlar bajarilgandan keyin haydash chuqurligi sozlanadi. Tirkama pluglarda (PYA-3-35) haydash chuqurligi ularning dala mexanizmi shturvalini aylantirib, o‘rnatma pluglarda esa tayanch g‘ildiragini 6 (2.5-rasm) balandlik bo‘yicha siljitib sozlanadi. Agar o‘rnatma pluglar ramasi bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha oldinga og‘gan bo‘lsa, traktor o‘rnatish qurilmasi markaziy tortqisi 3 (4-rasm) uzaytiriladi, aks xolda- qisqartiriladi. Ramaning 4 ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha og‘ishi traktorning o‘rnatish qurilmasi pastki tortqilari 1 kashaklarini 2 qisqartirish yoki uzaytirish yo‘li bilan sozlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |