5 – Amaliy ish. Mavzu: Razvedka hujumini amalga oshirishni o‘rganish Ishdan maqsad: maxsus dasturiy vositalarni qo’llash orqali tarmoqda turli xil razvedka hujumlarini amalga oshirish, ularning imkoniyatlarini o’rganish va bu borada bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Topshiriq 3 ta web sayt tanlang va ularni Nmap vositasi yordamida tekshiring. Natijalarni solishtiring va farqlarni toping. Topilgan natijalar Xavfsizlikka qay darajada ta’sir ko’rsatishini izohlang.
Nikto va Legion dasturlari yordamida o’zingiz tanlagan web tizimlarni tekshirib ko’ring va xavfsizlik parametrlari jihatidan ularning himoyalanganligini baholang.
Tizimdagi zaifliklardan qay maqsadlarda foydalanilsa bo’ladi?
Kali Linux OT qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
6-amaliy ish Mavzu:Tarmoqlararo ekran vositasi yordamida tarmoq himoyasini qurish. Ishdan maqsad: Tarmoqlararo ekran vositalari haqida tushunchaga ega bo’lish hamda Windows operatsion tizimining o’zida mavjud bo’lgan Windows Defender Firewall tarmoqlararo ekran vositasi orqali tarmoqni samarali himoyalash tizimini sozlashni o’rganish
Topshiriq: Har bir talaba ushbu ketma-ketliklarni o’z shaxsiy kompyuterida firewaalni sozlasih hamda qoidani nomlashda o’zining ism familyasini qo’llasin.
Nazorat savollari Tarmoqlararo ekran nima vauni qanday nomlanishlari mavjud?
Tarmoqlararo ekranning turlari haqida nimalar bilasiz?
Tarmoqlararo ekranning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Windows OTda tarmoqlararo ekrani qanday nomlanadi va ishga tushirish jarayonini tushuntiring.
Windows Defender orqali nimalarni sozlash mumkin?
7-amaliy ish Mavzu:Xavfsiz Wi-Fi simsiz tarmog‘ini qurish. Ishdan maqsad: Wi-Fi simsiz tarmog’ini o’rnatish va undan xavfsiz foydalanish maqsadida xavfsizlik sozlanmalarini amalga oshirishni o’rganish.
Topshiriq
Har bir talaba berilgan ketma-ketlikda Wi-Fi qurilmasini xavfsiz sozlashni amalga oshiradi. Wi-Fi tarmog’ini nomlashda o’zining ism-familyasidan foydalanadi. Qurilmani topolmagan talabalar Cisco Packet Treaser simulyator dasturi yordamida amaliy mashg’ulotni bajarishi mumkin.
Nazorat savolari
Simsiz va simli tarmoqlarning bir-biridan farqini tushuntiring.
Wi-Fi simsiz tarmog’i haqida nimalar bilasiz?
Wi-Fi simsiz tarmog’i xavfsizligini ta’minlashda qanday protokollardan foydalaniladi?
Wi-Fi qaysi standart asosida ishlaydi?
Simsiz tarmoqlarda qanday xavfsizlik muammolari mavjud?