Bajardi:Usmonova Yulduz 811-19 Reja: 1.4G tarmog’i. 2.4G tarmog’ini 3G bilan taqqoslash. 3.4G ni hozirgi kunda ommalashishi 4.Yurtimizda 4G 4G texnologiyasi hozirgi kunda kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi - bu qayerda bo’lishingizdan qat’i nazar internet orqali yashin tezligida ma’lumotlar almashinishini ta'minlab, zamonaviy mobil qurilmalarning mashhurligi va keng qo'llanilishiga yo'l ochib berdi. Biroq, biz har kuni 4G dan biznesda va shaxsiy hayotimizda , Ijtimoiy tarmoqlarda va Online ta’lim uchun foydalanishimiz mumkin bo'lsada, uning nima ekanligini , aslida nimani anglatishini va qanday o’lchov birligi ekanligini ko’pchilik foydalanuvchilar haligacha bilishmasa kerak. Ushbu maqolamizda "4G nimani anglatadi" degan savolga tavsif beramiz . 1.4G TARMOG’I 4G –ingliz tilidan tarjima qilinganda “4-avlod“ deganidir ya’ni “Fourth(4) Generation". 3G keyin xavola etilgan yangi avlod mobil texnologiyasi. Mobil telekomunikatsiya texnologiyalari uchun toʻrtinchi avlod hisoblanadi. Ba'zida uni 4G LTE deb ham atashadi, ammo bu texnik jihatdan to'g'ri emas, chunki LTE faqat bitta 4G turi. Hozirda bu ko'plab mobil aloqa provayderlari tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy texnologiya. 4G Paydo bo’lganidan boshlab Internetdan foydalanishni o'zgartirdi. 3G tarmoqlari nisbatan tez bo'lgan bo'lsada, 4G tarmoq tezligi foydalanuvchilarga veb sahifalarni tezda ko'rib chiqish va HD videolarni mobil qurilmalarda qulay va sifatli ko’rish va tez yuklash yoki foydalanuvchilarning o’zaro almashinishini tezroq amalga oshirish imkonini berdi, bu esa smartfonlarni zamonaviy , kompyuterlariga aylantirdi. Bugungi kunda siz kompyuteringizda bajarishingiz mumkin bo'lgan vazifalarning ko'pini smartfon yoki planshet kabi mobil qurilmalarda bajarishingiz mumkin. 2.4G tarmoqlari 3G bilan taqqoslaganda juda tez. Standard 4G tarmog’i yuklash tezligini 14 Mbit / s atrofida taqdim etadi, bu avvalgi 3G tarmog'i taqdim etganidan deyarli besh baravar yuqori. Aslida, 4G tarmoqlari tezligi 150 Mbit / s gacha ko'tarilishi mumkin, bu esa foydalanuvchilarga 3G tarmoqlaridagi kabi soatlab emas, balki bir necha daqiqada yoki xatto soniyalarda gigabayt ma'lumotlarni yuklab olish imkonini beradi.Ma'lumotlarni yuklash ham ancha tezlashadi - standart 4G yuklash tezligi 8 Mbit / s ni tashkil qiladi, nazariy tezlik 50 Mbit / s gacha, 3G esa 0,5 Mbit / s atrofida o'chadi. Ko’rib turibsizki bu sezilarli farq. 3. Nima uchun 4G hozirgi kunda ommalashmoqda? 4G tarmoqlarining yana bir afzalligi shundaki, uning sekinlashish darajasi ancha past. Masalan, videokonfrensiyalar yoki onlayn o'yinlarda sizga internet tezligi bilan bir qatorda uning bir yo'sinda uzatilishi ham muximdir. 4G bilan esa siz o'yinlarda qotishsiz o'ynashingiz va Uzoqdagi do'stlaringiz bilan yonizdagidek suxbatlashishingiz yoki biznes xamkorlaringiz bilan bog'lanishingiz xullas juda ko'p qulayliklarga egadir. Bundan tashqari, 4G Voice over LTE (VoLTE) sanoatida ham juda foydalidir. Bu ovozli qo'ng'iroqlar uchun ancha barqaror va aniqroq ulanishni ta'minlaydi, bu esa korxonalar uchun Internetga asoslangan telefon tizimlariga o'tishni osonlashtiradi. 4G tarmog'ini o'rnatish qulayligi va tezligi korxona biznesiga foyda keltiradi. Agar kompaniya tezda yangi joyda tarmoqni o'rnatishi kerak bo'lsa, boshqa tarmoqlarni o'rnatish kunlar yoki xatto haftalari bilan taqqoslaganda, 4G bir necha soat ichida o'rnatilishi mumkin. Xatto avtomobilsozlik ham LTE ga asoslangan avtomobillarni ulash xususiyatlaridan foydalanishni boshladi, ba'zilari xattoki o'zlarining transport vositalarida 4G tarmoqli ulanish nuqtalarini taklif qilishmoqda. Wi Fi ulanishi mumkin bo'lmagan xollarda ya'ni wi fi bo'lmagan xududlarda, uzoqdan ishlaydigan ishchilar uchun juda foydali ekanligi ko'rsatilgan. 4G tarmoqlarining ahamiyati va ta'siri ko'plab boshqa sohalarda rivojlanib bormoqda, chunki endi kompaniyalar va individual foydalanuvchilar kamroq cheklangan xolda aloqada bo'lish erkinligiga ega. Internet tarmoqlari yangi foydalanish va ilovalar kashf etilishi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha kompaniyalar 4G tarmog'i muammolarni yechimi ekanligini aytmoqdalar. Uning taqdim etishi mumkin bo'lgan moslashuvchanligi, tezligi va ishonchliligi boshqa har qanday turdagi texnologiyalarga mos kelishi qiyin. 4. Yurtimizda - 4G!!! Albatta , yurtimizda ham internet tezligi sekin astalik bilan o'si bormoqda . Nassib bo'lsa IT soxasi rivojlanishi jarayonida Internet tezligi ham yaxshilanib boradi degan umiddamiz. Beeline kompaniyasi yurtimizda ilk bor LTE texnologiyasi asosida 4G tarmogʻini olib kirdi., undan soʻng UCell kompaniyasi 2015-yildan boshlab ishga tushirdi. Hozirda bu xizmat faqat Toshkent shahrining markaziy tumanlaridagina mavjud deb ko'rsatilgan bo'lsada ushbu texnalogiya hozirgi kunda yurtimizning ko'pgina xududlarida mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |