Sahna bayramona bezatilgan: devorlarda turli rangdagi sharlar, birinchi sinfga ilk qadam qo’ygan o’quvchilar qo’lidan tutgan ustozlari aks etgan suratlar, darsliklardan namunalar keltirilgan rasmlar ilingan. Devorlarga “Hayr bolalik”, “Hayr maktab”, “Bitiruvchi -2016” deb yozilgan ro’znomalar ilingan. Hamma ko’tarinki ruhda. Chorlash muzikasi chalinib, sahnaga chiroyli kiyingan, qo’llarida gullar bilan boshlovchi o’quvchilar chiqib keladi va so’z boshlaydi.
1-Boshlovchi:
Bugun do’stlar bu gulshanda
Bayramu ayyom o’zgacha
Mustaqil erkin chamanda
Gullagan har yon o’zgacha
Shogirdlar ustoz qoshida
Tabrigu kalom o’zgacha
Muallimlar madxida
Ta’zimu salom o’zgacha
2-Boshlovchi:
Assalom ustozlar! Mehri go’yolar
Yuragi quyoshu qalbi daryolar
Sizga ham mehmonlar, dilda ehtirom
Qo’llar ko’ksimizda dermiz assalom
1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, ushbu tabarruk maskanga yig’ilgan aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar, qadrli o’quvchilar va ota-onalar.
Assalomu alaykum so’nggi qo’ng’iroq bayramiga kelgan jajji o’g’il-qizlar!
2-Boshlovchi: Mana biz orziqib kutgan 25 may kuni ham yetib keldi, ammo mana shu damda mana shu aziz maktab qo’ynida, sinfdoshlar davrasida loaqal bir kun, bir kungina qolgingiz keladi, lekin xayot, vaqt faqat oldinga intiladi….
Shunday qilib bugungi tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz! Davramizga “2014- yil bitiruvchilari” ni taklif qilamiz!
(Davraga karnay-surnay va musiqa sadolari ostida bitiruvchilar kirib kelib, o’z joylarini egallaydilar.)
1-Boshlovchi: Assalom ona yurt xurlar o’lkasi
Tarif tavsiyangni yo’q nihoyasi
Senga bag’ishlanar muqaddas qo’shiq
Bu o’zbek elining o’z madhiyasi
(O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i olib kiriladi.)
2-Boshlovchi: Endi navbatni maktabimiz rahbari M.Abduvoxidovaga beramiz!
Maktab rahbari bitiruvchilarni tabriklab, a’lochi va jamoatchi o’quvchilarga faxriy yorliqlar tarqatadi. Kelgan mehmonlar bilan tanishtiradi va ularga so’z beradi.
1-Boshlovchi: Endi tadbirimizning badiiy qismini boshlaymiz va davraga 9-“A” sinf o’quvchilarini taklif qilamiz. Marhamat.
9-“A” sinf o’quvchilari ijrosida zamonaviy raqs ijro etiladi.
2-Boshlovchi:
Mag’zunlisi shuki biz bugun ilk bolalik davri bilan, ta’lim bergan hayot ilmidan bizni xabardor qilib, ilm sirlaridan ogoh qilgan onadek aziz ustoz murabbiylarimiz bilan hayrlashamiz. 9-sinf o’quvchilarini tabriklash uchun navbatni yoshlarimizning sevimli san’atkorlariga beramiz.
San’atkorlar bir juft qo’shiq ijro etadilar.
1-Boshlovchi:
Maktabimizning an’anaviy ramziy kalitini 9-“A” sinf o’quvchisi M.To’xtanazarova 2016-yil bitituvchi 8-“A” sinf o’quvchisi A.Inatullayevaga topshiradi.
9-sinf o’quvchisi: Men qo’limdagi maktabning an’anaviy ramziy kalitini topshirar ekanman, sizlarni ya’ni keyingi yil bitiruvchilarini-maktabni ko’z qorachig’idek asrashga, ustozlarni hurmat qilishga, kichiklarga izzatda bo’lishga da’vat etaman.
8-sinf o’quvchisi: Men zo’r mamnuniyat bilan maktabning an’anaviy ramziy kalitini qabul qilar ekanman, maktabni ko’z qorachig’idek asrashga, ustozlarni hurmat qilishga, kichiklarga izzatda bo’lishga ma’suliyatni his etgan xolda o’zim va tengdoshlarim nomidan va’da beraman!
2-Boshlovchi:
9-sinf o’quvchilarining ustozlariga aytadigan dil izxorlari bor ekan navbatni o’z-o’zidan ularga beramiz.
She’rlar aytiladi, gullar beriladi.
Navbatni “Do’stlik” MFY vakillariga beriladi.Maxalla oqsoqoli bitiruvchilarga ulkan omadlar va oq yo’l tilaydi.
1-Boshlovchi:
Maktab deganda ko’z oldimizga ustozlarimiz, ularni mashaqqatli mehnatlari-yu, kunni-tunga ulab berishlari gavdalanadi.
2-Boshlovchi:
Biz qancha maktab va ustozlar haqida gapirmaylik ozlik qiladi. Biz hayotimiz davomida nelarga erishmaylik, qayerlarda bo’lmaylik qalbimizning bir chetida qadirdon go’shamiz, aziz maktabimiz sog’inchi yashaydi.
Maktab bitiruvchilari O.Mutalxodjayev ashulasi sadolari ostida 1-sinf o’quvchilariga gullar taqdim etishadi.So’ng 1-sinf o’quvchilari o’z she’rlarini aytib beradilar.
1-Boshlovchi:
Nur yog’ilib olamga
Avjlanar raqs maromi
Ko’rk bag’ishlar bayramga
Asli qizlar xiromi.
9-“A” sinf o’quvchilari raqsga tushadilar.
2-Boshlovchi:
Endi so’z navbatini bugungi bitiruvchilarimzning qo’llariga qalam tutqazib alifboni o’rgatgan boshlang’ich sinf o’qituvchisiga beramiz.
O’qituvchining o’z so’zida bitiruvchilarning maktabdagi faoliyati xaqida iliq fikrlarini bildiradi.
O’quvchilar ijrosida maktab xayoti xaqida saxna ko’rinishi ijro etiladi.
9 “B” sinf o’quvchilari 1-sinfga kelishganlaridagi xolatlarini aks ettiruvchi qiziqarli saxna ko’rinishini ijro etishadi.
Navbatni sinf o’quvchilarining ota-onalariga beriladi.Ular farzandlarini bugungi shodiyona bilan tabriklab, ularga ta’limning keyingi bosqichlarida xam muvaffaqiyatlar tilashadi.
1-Boshlovchi:.
Yillar o’tib ulg’aysak bir kun
Yoshligimiz xayol bo’ladi
Aytilmagan dil so’zlar uchun
Yuraklarda armon to’ladi.
2-Boshlovchi:
Bitiruvchilarning gimniga aylanib qolgan “Hayr maktabim” qo’shig’ini maktabimizning barcha bitiruvchilari ijro etadilar.
1-Boshlovchi:
Bolalik xislarim uyg’otgan makon
Men ortga qaytolmay tonglari tiniq
Rad etgum kelmoqda, chin dildan ishon
Chalinmay turaqol so’nggi qo’ng’iroq
2-Boshlovchi:
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko’nglimda yoqdi u abadiy chiroq
Yashirgim kelmaydi men ko’z yoshlarim
Chalinmay turaqol so’nggi qo’ng’iroq…
1-Boshlovchi:
Mana do’stlar hayajonli daqiqalar ham yetib keldi!
Qo’ng’iroq chalish uchun faxrli navbatni 9-“A” sinq o’quvchisi M.To’xtanazarova va 1-sinf o’quvchisiga beramiz.
2-Boshlovchi:
Bizni yetuklik olamiga kuzatgan mo’tabar va munavvar maktabimizning mehr to’la duosi bo’lmish so’nggi qo’ng’iroq dillarimizda hamisha jaranglab turaveradi.