46-mavzu: Tayyor mahsulotlarni hisobga olish reja: 1



Download 294,74 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2022
Hajmi294,74 Kb.
#529610
1   2   3   4
Bog'liq
46-mavzu

Jo’natilgan tayyor mahsulot – xaridorlarga yoki iste’molchilarga jo’natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to’lanmagan yo’ldagi mahsulot.

  • Mas’ul saqlashga qabul qilingan tayyor mahsulot – xaridorlarga jo’natilgan tayyor mahsulot bo’lib har xil sabablarga ko’ra (sifati, adashib jo’natilishi, shartnomada ko’zda tutilmagan va boshqalar) xaridor tomonidan qabul qilinmagan mahsulot.

    Bu mahsulotlar tegishli sabablarga aniqlik kiritilganigacha balansdan tashqari 002– “Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar hisobvarag’ida hisobga olinadi.
    Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar korxonalar va mamlakat iqtisodidagi o’rnidan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:

    1. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarilishi va sotilishi bilan bog’liq barcha muomalalar hisobini o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish.

    2. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar harakati bo’yicha muomalalarni hujjat va registrlarda o’z vaqtida va to’liq holda aks ettirish.

    3. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bo’yicha shartnomalarni o’z vaqtida tuzilishi va ularni bajarilishi ustidan nazorat.

    4. Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotishni har bir turi, hajmi va sifati bo’yicha bajarilishi ustidan nazorat.

    5. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo’yicha pul tushumini o’z vaqtida bo’lishi yuzasidan nazorat.

    6. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo’yicha moliyaviy natijani to’g’ri aniqlash va hisobvaraqlarda aks ettirish.


    2. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni turkumlanishi, baholash tartibi.


    Qishloq xo’jalik korxonalarida mahsulotlar hisobini to’g’ri tashkil etishda ularni turkumlarga ajratish muhim ahamiyatga ega.
    Mahsulotlar ishlab chiqarish sohasi, qabul qilih manbalari va boshqa belgilariga ko’ra turkumlanishi mumkin:

    1. Mahsulot ishlab chiqarish sohasiga ko’ra:

    • o’simlikchilik mahsuloti

    • chorvachilik mahsuloti

    • sanoat va yordamchi ishlab chiqarishlar mahsuloti

    1. Mahsulotlar kelib tushish manbasiga ko’ra:

    • o’zida ishlab chiqarilgan mahsulot

    • chetdan (savdo tarmoqlari, tovar bazalari va boshqa xo’jaliklardan) sotib olingan mahsulotlar

    1. Mahsulotlar foydalanishiga ko’ra:

    • urug’lik va ko’chat materiali

    • yem-xashak

    –sotishga mo’ljallangan mahsulot va boshqalar

    1. Mahsulotlarni xo’jaliklar sotish yo’nalishlariga ko’ra:

    • davlat buyurtmasi bo’yicha sotish

    • boshqa yo’nalishlar bo’yicha sotish

    1. Mahsulotlarni sotish kanallariga ko’ra:

    • tayyorlov tashkilotlariga sotish

    • dehqon bozorlarida sotish

    • o’z ehtiyojiga foydalanish (sotish)

    • savdo shaxobchalari (do’konlarda) orqali sotish

    • mehnat haqi isobiga berish (sotish)

    Shu kabi ish va xizmatlar ham ularni turi, xizmat ko’rsatish sohasi va boshqa belgilari bo’yicha guruhlanishi mumkin.
    Qishloq xo’jalik korxonalarida tayyor mahsulotlarni harakati hisob va hisobotda quyidagicha baholanadi.

      1. Reja tannarxida – yil davomida

      2. Haqiqiy tannarxda – yil oxirida, shu yilni haqiqiy xarajatlari va mahsulotni haqiqiy miqdori aniqlangach.

      3. Sotish baholarida – sotilgan mahsulot bo’yicha.

    Shu kabi ayrim hollarda mahsulotlar harakatini baholashda sotishning sof qiymati, AVECO va FIFO kabi usullaridan ham foydalanishi mumkin.
    Ushbu tartib xo’jalikni o’zida tashkil etilgan ishlab chiqarishlar tomonidan amalga oshirilgan ish va xizmartlarga ham tegishli.
    Tegishli mahsulotni chetdan sotib olinganda, ish va xizmatlar boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilganda shartnomaviy baholarda, tomonlarning kelishuvi asosidagi joriy baholarda hisobga olinadi.
    1. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni dastlabki, sintetik va analitik hisobi va ularni 1C dasturida yuritilishi.


    Qishloq xo’jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlarning harakati quyidagi hujjatlarda rasmiylashtiriladi.

      • Don va boshqa mahsulotlarni daladan jo’natish reestri – don ekinlari mahsuloti bo’yicha

      • Qishloq xo’jalik mahsulotlarini kelishi kundaligi – sabzavot, meva, poliz, tuxum va boshqalar

      • Paxta terimi to’g’risidagi kunlik ma’lumot – paxta daromadi bo’yicha

    • Dag’al va shirali oziqalarni daromadga olish dalolatnomasi – oziqani daromadga olishda

    • O’simlikchilik mahsulotlarini saralash va quritish dalolarnomasi

    • Don va boshqa mahsulotlar harakati qaydnomasi – donli ekinlar mahsulotlarini yig’ishtirib olish mavsumida

    • Yem-xashakni sarflash qaydnomasi – yem-xashak sarfi bo’yicha

    • Urug’lik va ko’chatni sarflash dalolatnomasi

    • Sut harakati qaydnomasi

    • Junni qirqish va daromadga olish dalolatnomasi va boshqa hujjatlar.

    Xo’jaliklarda tayyor mahsulotini sintetik va analitik hisobiga quyidagi hisobvaraqlar mo’ljallangan:
    2810 – ombordagi tayyor mahsulotlar
    2820 – ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar – ko’rgazma, yarmarka, reklama va ko’rsatishga mo’ljallangan tayyor mahsulot
    2830 – komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar – komissiya va konsignatsiya bo’yicha ortib jo’natilgan tayyor mahsulotlar.
    Konsignatsiya – bir tomonning (konsignantning) boshqa tomonga (konsignatorga – vositachiga) xorijiy mamlakat omboridagi tovarni o’z nomidan, biroq konsignant hisobiga sotish to’g’risidagi topshirig’i.
    Korxonalar tomonidan konsignatsiya shartlari asosida olinadigan tovarlar 004–“Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” balansdan tashqari hisobvarag’ida hisobga olinadi.

    Download 294,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish