45-§. Turlarning paydo bo‘lishi 10 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2017 - Tabiatda yangi turlarning hosil bo‘lish jarayoni mitatsiyalarga boy bo‘lgan populatsiyalarda boshlanadi. Olimlar tur paydo bo‘lishini uchta asosiy usulini farq qiladilar. Birinchi usulda turlar soni oshmagan holda bir tur o‘rnini ikkinchi yangi tur egallaydi. Ikkinchi usulda ikki xil turga oid organizmlar chatishishi natijasida uchinchi turning kelib chiqishi kuzatiladi. Uchinchi usul belgilarining ajralishi – divergensiya bilan bog‘liq
- Individlar bir tur doirasida har xil populatsiyalarga mansub bo‘lsa va erkin chatishib, nasl bersa, tur yaxlit va butun hisoblanadi. Yangi tur hosil bo‘lishi uchun esa populatsiyalar orasida alohidalanish yuzaga chiqishi kerak. Alohidalashgan populatsiyalarning belgi va xossalari orasidagi farqlar kuchayib boradi, yangi turlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
- Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishda ikkita qiyinchilik uchraydi: ulardan biri tur paydo bo‘lishining uzoq muddatli ekanligi va tajribada o‘rganishning qiyinligi bo‘lsa, ikkinchisi – tur paydo bo‘lishining har xil organizmlarda turlicha bo‘lishi bilan izohlanadi.
Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi - Darvindan so‘ng klassik darvinizm bilan genetika, ekologiya, sistematika va boshqa tabiiy fanlarning birlashishi natijasida biologik tur, uning tarkibi, yangi turlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlar to‘plandi
Tur paydo bo‘lishining tiplari ikki xil yo‘nalishda kechadi - Allopatrik yoki geografi k tur paydo bo‘lishi.
- Simpatrik yoki ekologik tur paydo bo‘lishi.
Tur paydo bo‘lishining birinchi turida geografi k to‘siqlarning paydo bo‘lishi, ikkin chi turida reproduktiv to‘siqlarning paydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlar almashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi. - Tur paydo bo‘lishining birinchi turida geografi k to‘siqlarning paydo bo‘lishi, ikkin chi turida reproduktiv to‘siqlarning paydo bo‘lishi populatsiyalar o‘rtasida genlar almashinuvining to‘xtashiga sabab bo‘ladi.
- Tur areali kengayganda yoki yirik geologik jarayonlar: qit’alarning surilishi, tog‘ hosil bo‘lishi, suv to‘siqlari natijasida bir nechta alohidalashgan populatsiyalar paydo bo‘ladi. Populatsiyalardagi irsiy o‘zgarishlar, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish natijasida asta-sekin populatsiyalardagi gen tarkibida farq paydo bo‘la boshlaydi.
- Bu jarayon yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi. Qirg‘ovullarning xiva, yettisoy, murg‘ob, kavkaz, manjur, yapon kenja turlari xuddi shu yo‘l bilan kelib chiqqan. Galapagos orollaridagi tog‘ vyuroklari ham har bir orolda o‘ziga xos ko‘rinishga ega ekanligi geografi k alohidalanish natijasidir
Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi ajdod tur areali doirasida alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan farq qilishi bilan ajralib turadi. - Simpatrik yo‘nalishda tur paydo bo‘lishi ajdod tur areali doirasida alohidalanish sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Alohidalashgan populatsiyalar ajdod tur bilan bir arealda tarqalgan bo‘ladi. Odatda alohidalashgan individlar guruhi ajdod tur vakillaridan urchish muddati yoki yashash joyi, yoxud jinsiy jihatdan farq qilishi bilan ajralib turadi.
- Ekologik alohidalanish natijasida umumiy areal doirasida chittaklarning 5 turi kelib chiqqan. Katta chittak bog‘larda yirik hasharotlar bilan, moskovka chittagi hasharotlar tu xumlari va qurtlari bilan, lazorevka chittagi daraxt, butalar po‘stlog‘i orasidagi mayda hasharotlar bilan, kokilchali chittak esa o‘simlik urug‘lari bilan oziqlanadi.
Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi tur larning hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi hollarda hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida xromosomalarning tarqalishi buziladi. - Xromosoma va genom mutatsiyalari, duragaylash natijasida yangi tur larning hosil bo‘lishi ham simpatrik tur hosil bo‘lish yo‘nalishiga misol bo‘ladi. Ba’zi hollarda hujayraning bo‘linish jarayonida tashqi muhitning omillari ta’sirida xromosomalarning tarqalishi buziladi.
- Xromosoma sonining ortishi yoki kamayishi yangi turlarning kelib chiqishiga asos bo‘ladi. Murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi skerda avlodida 3, 4, 5, 6, 7 xromosomali, iloq avlodida 12 dan 43 tagacha bo‘lgan xromosomali turlari uchraydi. Hujayraning bo‘linish duki (urchuqi)da sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar xromosomalarni hujayra ning ikki qutbga tarqalmay qolishiga va poliploidturlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
- Ba’zi bir o‘simlik turlari duragaylash yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Chunonchi, olxo‘ri olcha bilan tog‘olchaning chatishi shidan so‘ng xromo somalar sonining ikki hissa ortishi natijasida kelib chiqqan. Olchada xromosomaning gaploid to‘plami 16, tog‘olchada esa 8, demak, ularda hosil bo‘lgan duragay da xromosomaning gaploid to‘plami 24 ga teng.
- Olimlarning fi kricha, xromosoma ning gaploid to‘plami 13 bo‘lgan herbatseum turini boshqa 13 xromosomali turi bilan o‘zaro chatishib, so‘ng duragay xromosoma to‘plamining ikki hissa ortishi hisobiga 52 xromosoma to‘plamga ega bo‘lgan xirzutum, barbadenze g‘o‘za turlari kelib chiqqan deb faraz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |