45- mavzu: Texnik hujjatlarni yaratish va yozish



Download 27,33 Kb.
bet6/6
Sana09.07.2022
Hajmi27,33 Kb.
#767219
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
45-mavzu

N. Mahmudov
(imzo)
2018-yil 19-dekabr

Agar hujjat qaror, buyruq yoki bayonnoma bilan tasdiqlanayotgan bo‘lsa, u holda tasdiqlash ustxat «TASDIQLANDI» so‘zidan, bosh kelishikdagi hujjat nomidan, uning sana va tartib raqamidan iborat bo‘ladi.


Institut direktorining
2018-yil 27-dekabrdagi 5-sonli
buyrug‘i bilan TASDIQLANDI
yoki
Mehnat jamoasi yig‘ilshining
2018-yil 26-dekabrdagi
3-son bayonnomasi bilan
TASDIQLANDI
Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqori o‘ng burchagiga qo‘yiladi. Shtat tuzilmasi va soni, shtat jadvali hujjatlarida tasdiqlash ustxati ustiga muhr qo‘yiladi.
Ayrim hujjat turlari (dalolatnoma, shartnoma, ustav, yo‘riqnoma, hisobotlar, rejalar va b.) uchun tasdiqlash ustxati majburiy zaruriy qism hisoblanadi.
15. «Munosabat belgisi» xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan qaydlardir. Bunday qaydlar, odatda, nihoyatda qisqa, lo‘nda shaklda, ko‘rsatma tarzida yoziladi; biror qog‘ozga, u xoh yuqori tashkilotdan kelgan yo‘riqnoma yoki buyruq bo‘lsin, xoh muayyan xodimning talabi yoki shikoyati bo‘lsin, munosabat belgisini yozishdan oldin, rahbar u bilan yaxshilab tanishib chiqishi, mohiyatini chuqur anglashi va ijrosini to‘g‘ri belgilashi, vaqt-vaqti bilan nazorat qilib turishga ham e’tibor berishi lozim.
Munosabat belgisining asosiy tarkibiga quyidagilar kiradi:
– ijrochi yoki ijrochilar familiyasi;
– qisqa ko‘rsatma – mazmuni;
– ijro muddati (zaruriyat bo‘lsa);
– rahbar imzosi;
– sana.
Ko‘p hollarda hujjatda yakka munosabat belgisi bo‘ladi. Hujjat ijrosi tartibiga yoki uning ijrochilari tarkibiga aniqlik kiritish lozim bo‘lsa, boshqa shaxslarning munosabat belgisi ham qo‘yiladi.
Munosabat belgisi umumiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
Umumiy munosabat belgilari:
Rahbarlik uchun inobatga olinsin.
Ijro uchun inobatga olinsin.
Ma’lumot uchun inobatga olinsin.
Aniq munosabat belgisida rahbar hujjatning mazmunidan kelib chiqib, bo‘ysunuvchi lavozimdagi shaxslarga tegishli topshiriqlar yozadi. Ularda, odatda, lavozimlari qayd etilgani holda (kichik tashkilotlarda shart emas) aniq shaxslar ismi va familiyasi ko‘rsatiladi:
Kasaba uyushmasi qo‘mita raisi E. Zokirovga
Qo‘mita yig‘ilishida ko‘rib chiqing va shikoyatga javob xati tayyorlang
(shaxsiy imzo, sana)


K. Shodiyevaga
Ushbu xizmat safari hisoboti asosida kollegiya bo‘limi hisobotini tayyorlang.
Muddati 2019.14.10. gacha
Musayev 2019.03.10
(imzo)
Munosabat belgisi tarkibiy bo‘linma tuzilishiga qarab qo‘yilmaydi (mas. «Reja bo‘limiga», «Ishlab chiqarish bo‘limiga» tarzida emas), balki mansabdor shaxsga yoki odatda bevosita uni bajaruchi shaxsga yo‘naltiriladi. Munosabat belgisida ijrochilar soni bittadan oshmagani ma’qul, ayrim hollarda 2–4 ta bo‘lishi ham mumkin:
S.A.Mavlonovga
Bo‘limda ko‘rsatilgan kamchiliklarni tuzatishga e’tibor bering.
L.Xodiyevga
Kelgusi ish rejasini tuzishda takliflarni inobatga oling.
K.Islomovga
Qayd qilingan kamchiliklarni o‘rganib, aybdorlarni toping.
Tanbeh uchun buyruq loyihasini tayyorlang.
(shaxsiy imzo, sana)
Hujjatdan olingan nusxalarni boshqa tashkilotlarga jo‘natishda yoki biror mas’ul shaxsning o‘ziga berishda tasdiqlovchi imzo muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
Jo‘natma hujjatlarning tashkilotda qoladigan nusxalari soddalashtirilgan ko‘rinishda tasdiqlovchining lavozimi, tasdiqlangan sanasi ko‘rsatilmay ham tasdiqlangani qayd etilishi mumkin.
25. «Ijrochining familiyasi va telefon raqami».
Har bir hujjatda ijrochisi (tuzuvchisi)ning familiyasi va uning xizmat telefoni raqami hujjat oxirgi varag‘ining old tomoniga yoki joy bo‘lmaganda, orqa tomonning pastki chap burchagiga qo‘yiladi. Masalan:
Ijrochilar: Azizxonov 71 2441824
Musayev 71 244 8516
26. «Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd». Bunday belgi hisobdan chiqarilib, hujjatlar yig‘majildida saqlash va ma’lumotnoma maqsadida foydalanishga taalluqli hujjatlarga, ijrosi bajarilganligi qayd etilgan holda qo‘yiladi.
Bunday qaydlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ijrosi haqida qisqacha ma’lumot; «Hujjatlar yig‘majildiga» yozuvi; hujjat saqlanadigan yig‘majildning raqami.
Qaydlar bajaruvchi yoki hujjat bajarilgan tashkilot tarkibiy bo‘linmasi rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi va bajarilgan sana qo‘yiladi. Masalan:
18–12 hujjatlar yig‘majildiga
(imzo) 2019.24.07
«Mash’al» firmasi bosh hisobchisi
bilan telefon orqali gaplashilib,
masala hal etildi
2019.22.07
(imzo)
27. «Axborot kompyuterda ko‘chirilganligi haqidagi qayd». Ma’lumotlarning kompyuterga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi «Axborot kompyuterga ko‘chirildi» yozuvi, ma’lumotlarni kompyuterga o‘tkazish uchun mas’ul shaxs imzosi va ko‘chirish sanasidan iboratdir. Bunday qayd hujjatning quyi qismidagi bo‘sh joyga qo‘yiladi.
28. «Hujjat kelib tushganligi haqidagi qayd». Bunday rekvizit kelgan hujjatlarga maxsus qaydlov shtampi (to‘rtburchak muhr) orqali yoki qo‘l bilan yozib qayd etiladi. Qaydlov shtampida hujjat oluvchi tashkilot nomi, sana va qaydlov ko‘rsatkichi uchun joy ajratilgan bo‘ladi.
Qaydlov shtampining namunaviy shakli:
«Mash’al» firmasi
Sanasi _________________

Shunday shtamp bo‘lmagan holda, hujjat olingan sana va hujjat ko‘rsatkichi qo‘lda yoziladi. Bunday belgi



Download 27,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish