Boshqalarga davolanishlari kerakligini ayting:
Agar biror kim-
sa o‘zida tanosil kasallik borligini bilib qolsa, u o‘zi bilan jinsiy aloqada
bo‘lgan odamlarga, ular ham davolanishlari uchun, kasalligi haqida aytishi
kerak. Buni, ayniqsa, erkak kishi ayoliga aytishi zarurdir, chunki u bilma-
gan holda boshqalarni infeksiyalashi, chaqalog‘ining kasal yoki ko‘r bo‘lib
tug‘ilishiga va vaqti kelib, o‘zi ham bepusht bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
4.
Boshqalarga yordam bering:
Tanosil kasali bor tanishlaringizga
ularning darhol davolanishi kerakligini va tuzalgunga qadar boshqalar bi-
lan jinsiy aloqada bo‘lmasligi zarurligi haqida qat’iylik bilan nasihat qiling.
XATNA QILISH (JINSIY A’ZODAGI TERINI KESISH)
Ko‘p xalqlarda o‘gil yosh bolalar jinsiy organining uchidagi teri
kestiriladi, shuningdek dunyoning ba’zi joylarida, ba’zi urf-odatlarga ko‘ra
qizlar ham kestiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |