3.5.2. Bug‘ va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash
Isitish qurilmalarini hisoblash ishlab chiqarish binolaridagi barcha issiqlik sarflarini hisobga olgan holda bajariladi. Ishlab chiqarish binolarini isitishda isitish qurilmalari orqali uzatilayotgan issiqlik, binoning tashqi to‘siqlari (devorlari)ni, binoga olib kiritilgan mashina va materiallar sirtini, bino havosini isitishga hamda texnologik
jarayonlarni bajarishga sarflanishi mumkin. Binoning tashqi to‘siqlari orqali issiqlik уo‘qolishi quyidagicha aniqlanadi: Qo=qoVm(tu-tt), bu yerda, qo – binoning solishtirma issiqlik xususiyati, Vt/(m3oC);qo=0,52-0,75 Vt – binoning tashqi hajmi yoki isitiladigan qismininghajmi, m3; tu – хопа havosining ichki hisobiy harorati, oС; tm – уilning eng sovuq besh kuni hisobida tashqi havo harorati. Хопа havosini isitishga sarflanadigan issiqlik miqdori: Qx = gxVt (tu-tt) bu yerda, gx – 1 m3 havoni isitishga sarflanadigan solishtirma issiqlik sarfi; ishlab chiqarish binolari uchun gx =0,9...1,5; ma’muriy binolar uchun gx=0,67...0,9; maishiy binolar uchun gx =0,31...0,42. Xonaga kiritilgan mashina va mexanizmlar hamda materiallar sirtini isitishdagi issiqlik sarfi: 3,81( )u nm mt tQ k G bu yerda, G – xonaga kiritiladigan mashina va 78 materiallarning massasi, kg; km – mashina va materiallarning massaviy issiqlik sig‘imi, metallar uchun – k =0,4, kDj / (kgoС); tt – xonaga olib kirilgan mashina va materiallarni harorati (mashinalar va metallar uchun tashqi muhit haroratiga teng, sochi- luvchan materiallar uchun tashqi muhit haroratidan 20oС, sochil- maydigan materiallar uchun esa tashqi muhit haroratidan 10oС yuqori qilib olinadi); tm – ushbu mashina va materiallarni xona haroratigacha isitishga sarflangan vaqt, soat. Texnologik maqsadlarda sarflangan issiqlik miqdori:
3,81)100( T k iPQ Q l −bu yerda, Q – bug‘ yoki suv sarfi, kg/soat;i – qaynoq suv yoki bug‘dagi issiqlik miqdori. Bu ko‘rsatkich suvning bosimi va haroratigа bog‘liqholda olinadi, уa’ni t =101,8 oС, Р=9,8 kPa uchun - i=426 (suv uchun), i=2680 (bug‘ uchun). ir – qozonga qaytadigan kondensatning issiqlik miqdori, kDj/kg. Umumiy issiqlik sarfi quyidagicha aniqlanadi: Qc , =Qo+Qx+Qm+Qt. Umumiy issiqlik sarfi miqdoriga asoslangan holdaqozonning issiqlik quvvatini quyidagicha aniqlashimiz mumkin: Рk = (1,1...1,15)(Qc10-3, ,kVt. Markaziy suv bilan isitish qurilmalarida isitish jihozlari sifatida radiatorlardan foydalaniladi. Radiatorlar seksiyalar shaklida ishlab chiqarilib, batareya shaklida yig‘iladi. Radiatorlarning hisobiy sonini aniqlash isitish jihozlari (batareyalar)ning umumiy yuzasini aniqlash asosida amalga oshiriladi: Qn – binodagi umumiy issiqlik уo‘qotilishi, Vt; k – isitish jihozlari devorlarining havoga issiqlik uzatish koef- fitsiyenti (cho‘yan batareyalar uchun К=7,4, рo‘lat uchun k=8,3) tk – suvning radiatorga kirishdagi harorati, oС; tch – suvning radiatordan chiqishdagi harorati, oС; tx – xonaning harorati, oС. Binoga o‘rnatish uchun talab etiladigan isitish jihozlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |