Bitum komponentlarining o’zgaruvchanlik xossalari
(V.A.Uspenskiy bo’yicha)
Fraksiya
|
Qovushqoqlik
|
Rangi
|
Zichligi g/sm3
|
Molekulyar
massasi
|
Moy
|
Harakatchan
suyuqlikdan
qiyom holatgacha
|
Tiniq
rangsizdan
nim ranggacha
|
0,60 – 1,00
|
100 – 500
|
Quyi
molekulyar
massali
smolalar
|
Qovushoqdan
oson eruvchan
qattiqlikkacha
|
Sariqdan
pushtigacha
|
1,00 – 1,05
|
300 – 700
|
Yuqori
molekuyar
smolalar
|
Qattiq, mo’rt,
eruvchan
|
To’q qizildan
to’q
jigarranggacha
|
1,05 – 1,10
|
500 –1000
|
Asfaltenlar
|
Qattiq,
erimaydi
|
Jigarrangdan
jigarrang
qo’ng’ir
qoragacha
|
1,10 – 1,15
|
2000 – 6000
va undan ortiq
|
Tabiiy bitumlar
Hozirgi vaqtda tabiiy bitumlarning hosil bo’lish mexanizmi oxirigacha
aniqlanmagan. Taxmin qilinishicha bu bitumlar asosan neftdan hosil bo’lgan
bo’lib, ular tabiiy sharoitda uglevodorodlarni degidrogenlanishi oqibatida
to’yinmagan bog’lar hosil qilishi, ularni polimerlanishga uchrashi natijasidir. Hosil
bo’lgan smolalar o’z navbatida oksidlangan polimerlanish jarayoniga duchor bo’lib
yana ham yuqori molekulyar moddalar – asfaltenlarga aylangan. Buni tasdig’i
sifatida shuni ko’rsatishimiz mumkin-ki, 260 – 300 0C haroratgacha isitganimizda
smolalar asfaltenlarga o’tishini ko’rishimiz mumkin. Asfaltenlarning yana ham
zichlanishi natijasida karben va karbinlar hosil bo’ladi deb qarash mumkin.
Asfaltogen kislota va ularning angidridlari esa bitum komponentlarining oksidlanib
parchalanish xosilasi deb qarash mumkin.
Asfaltli bitumlar quyidagicha farqlanadi:
Asfaltli bitumlar – plastik, eruvchan, o’ziga xos qovushoqlikka ega.
Asfaltitlar – mo’rt, qiyin eruvchan yoki erimaydigan, kuchli yaltiraydigan, qo’ng’ir rangdan qora qo’ng’irgacha ko’rinishga ega bo’lib, uglerod sulfidda yaxshi eriydi.
Pirobitumlar – erimaydigan va suyuqlanmaydigan, lekin termik qayta ishlash
natijasida ular eruvchan va suyuqlanuvchan holatga keluvchi moddalar. Tarkibida
kirogen mavjud. Kirogen yuqori polimerlangan, suyuqlanmaydigan va erimaydigan bitum.
Tabiiy bitumlar toza holda ya’ni mineral qo’shimchalarsiz yoki mineral
qo’shimchalar bilan birgalikda uchraydi. Shu jihatdan bitumli tog’li jinslar
tarkibida uchraydi. Bitumli tog’li jinslarni asfaltli qatlamlar deb ham ataladi. Bu
qatlamlar qumli, dolomitli, ohakli qatlamlarni, bitumni so’rib olishi natijasida hosil
bo’ladi. Bitumli tog’ jinslaridan bitumni ajratib olish bitumni miqdori 10-15 % dan
ortiq bo’lsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bitumli asfalt jinslaridan bitumni maydalangan tog’ jinslari suvda qaynatish yoki organik erituvchilarda ekstrksiya qilish orqali olinadi.
Tabiiy bitumlar tarkibida quyidagilar bo’ladi: Asfaltenlar 32-68 %, smolalar 13-45 % %, mineral moylar 15-30 %. Tabiiy bitumlarning zichligi 1,05-1,15 g/sm3, yumshash harorati 110 – 210 0C, kislota soni 0,5-0,15 (mg KOH)/gr, kul miqdori 0,1-5 % ni tashkil etadi.
Ozokeridlar. Tabiiy ozokerid (tog’ mumi) izotuzilishli metan uglevodorodlaridan tashkil topgan, qo’ng’ir rangdan to’q qora ranggacha bo’lgan
massa. Tog’ jinslarini g’ovak qismiga, yoriq hamda chuqurchalarga ozokerid
so’rilib kiradi. Ozokeridning suyuqlanish temperaturasi 65-100 0C ni tashkil etadi.
Shu sababli uni qaynoq suv orqali tog’ jinslaridan ajratib olinadi. Ajratib olingan
ozokerid sulfat kislota va oqlovchi loylar bilan qayta ishlanadi. Yaxshilab tozalash
natijasida tiniq shaffof ozokerid olish mumkin. Ozokeriddan serizin olinadi.
Ozokerid, parafin va serizin aralashmasi matoni, qog’ozni, elektrdan
izolyatsiyalovchi materiallar, rezina-texnik materiallar ishlab chiqarish va boshqa
maqsadlar uchun ishlatiladi.
Eramizdan 600 yil avval tabiiy bitumlar Vavilon ko’chalarini asfaltlash uchun
ishlatilgan. Marko Polo 1300-yilda Bokuda suyuq asfaltlarni yig’ilgan joylari
to’g’risida axborot bergan. 1601-yilda Andrson Libablius bitumli materiallarni
sinflashga harakat qilgan. Biroq 1777-yilda Le Saj bitumlarni to’liqroq sinflashga
erishgan. Bu sinflanishga neft ham kiritilgan. XIX asrga kelib zichlantirilgan asfalt
ko’proq ishlatila boshlandi. Asfaltli jinslar maydalanib kukun holiga keltiriladi.
Kukun holdagi asfalt qizdirilib yo’llarga yotqiziladi va og’ir metallar bilan qo’lda
mahkam qilib zichlantiriladi. Natijada zich va tekis yopiq hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |