402- guruh talabasi Avazova E’zozxon. Yakuniy nazorat



Download 31,21 Kb.
bet2/2
Sana06.05.2020
Hajmi31,21 Kb.
#49222
1   2
Bog'liq
zamonaviy o'zbek adabiyoti yakuniy Avazova

Do'st bilan obod uying, gar bo ‘Isa и vayrona ham,

Do’st qadam qo'ymas esa, vayronadir koshona ham...

Do'st qidir, do ‘st top jahonda, do ‘st yuz ming bo ‘Isa oz,

Ко ‘p erur bisyor dushman bo ‘Isa и bir dona ham.

Uning quyidagi misralari shoirning, bir tomondan, aruzda, g’azal janrida ijod

qilishdan hadiksirab turganini ifoda etsa, ikkinchi tomondan,

zamondoshlarimizning bunga munosabatidan cho’chiydigandek tuyuladi:

Istadim sayr aylamoqni men g‘azal bo‘stonida,

Kulmangiz ne bor senga deb Mir Alisher yonida.

Dastlab, yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ming bir istihola bilan g’azal janriga

Qo’l urgan shoir bugungi kunda mohir g’azalnavis, g’azal ilmining bilimdoni

Bo’lib, nafaqat she‘riyatimiz xazinalarini milliy libos bilan boyitib

kelmoqda, balki mumtoz janrimizga yangi hayot, zamonaviy talqin baxsh etmoqda.

E.Vohidov mumtoz g’azalni yangiladi, yangi zamona uchun qonuniy o’rin olib

berdi. Agar mumtoz adabiyotimiz g’azalnavisligida shoir va mutafakkir Hazrat

Navoiy xizmatlari beqiyos bo’lsa, zamonaviy g’azalnavislikda E.Vohidov alohida

O’rinni egallaydi. Shoir yozganidek:

Ey munaqqid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil,

Sevgi ham Odam Atodin qolgan inson qonida.

Ibrohim G’afurov aytganidek: ―Ishqning tili Sharqda otashin loflar tilidir.

Erkin Vohidov o’z g’azallarida shu til elementlaridan ham ustalik bilan

foydalanadi va o’quvchisini o’z qahramonlari dardiga sherik qila biladi. An‘anaga

yangi nafas bag’ishladi. Uning g’azallari keng taralganining sabablaridan biri ham

mana shunda Natijada bugungi yangilangan, qayta yoshargan, qayta jon kirib

tirilgan g’azalnavislikni E.Vohidovsiz tasavvur qilish mushkul:

Rost, g‘azal avjida barcha Oy ila Zuhro emas,

Ko‘p erur somonchilar ham she’riyat osmonida...

Shoir g’azallari oz bo’lsa-da, soz. Quyida

uning "Yozajakman" radifli g’azalini tahlil qilib ko’ramiz:

Do‘stlar, demangiz, men she’ru doston yozajakman,

Men she’ru doston ichra bir afgon yozajakman.

G’azal bosh obrazi shoirning o’zi. Uning ichki kechinmalari qo’liga qalam

olishga, she‘r yozishga undaganligini ta‘kidlamoqda. Agar mumtoz adabiyotda

asosiy obrazlar umumiyroq tarzda, ya‘ni oshiq, yor va raqib obrazlari orqali

gavdalantirilsa, zamonaviy g’azallarda bu obrazlar o’rnida bevosita shoirning o’zi

bo’lganligi holda bu g’azalda mavzu an‘anaviy- insonshunoslik. Demoqchimizki,

XX asr g’azalchiligida shoir o’zini qiynagan muammolarni bevosita o’zi, o’z



nomidan talqin etadi.

3. Adabiyot tushunchasiga obrazli taʼrif berganda, koʻpincha uni inson qalbi, jamiyat ruhiyatining barometriga oʻxshatamiz. Haqiqatan, xassos ijodkor nigohi oʻzga nazarlardan pinhon, lahzada kechajak sinoatlarni ilgʻaydi, ijodkorning chap qoʻli insoniyatning ulkan qalbi ustida turadi, uning qanday urayotganini aniqlaydi, oʻng qoʻli qalam yoʻnadi, ruhiyati soʻz toʻfonlari ichra parvoz etib soʻzlar aro loyiqlarini saralaydi, oq qogʻoz tomon yoʻllaydi. Ijodkor qalbi esa, soʻz nuri ila jilvalanib, badiiyat saltanatiga harorat bagʻishlaydi. Ijod dunyosida bu jarayon ilhom, rasmiy doiralarda adabiy jarayon deb nomlanadi. Badiiy ijod kishilari shoir, nosir, dramaturg deya atalsa, adabiy jarayon tomirini tutib, uning qanday urayotganini aniqlashga omil kishilar munaqqidlar, ayni jarayonning oʻzi adabiy tanqidchilik deyiladi. Bundan kelib chiqadiki, adabiy tanqidchilik badiiy ijod jarayoni bilan maqsad va mohiyati nuqtai nazaridan uzviy, hatto egiz hodisa. Oʻzbek adabiyotida keyingi yigirma – yigirma besh yillar ichida jiddiy oʻzgarishlar, yangilanishlar koʻzga tashlandi. Ayniqsa epik va lirik turda ham semantik, ham struktur jihatdan qoliplarga sigʻmaydiganroq asarlar maydonga keldi. Oʻzbek mumtoz adabiyoti va folklori, jahon adabiyoti anʼanalarini ijodiy sintez qilishga urinish, inson fenomeniga bir qadar erkinroq yondashuv tamoyillari, obrazlar talqinida, uslubda yangiliklar qilishga intilish sezilarli ravishda kuchaydi. Bu jarayon boʻyiga qarab boʻlmasa ham, eniga qarab shu qadar tez oʻsa boshladiki, oʻtgan asrning 80-yillarigacha adabiy jarayon bilan qadam baqadam yurishga odatlangan oʻzbek tanqidchiligi bunday surʼat oldida esankirab qoldi. Bir soʻz bilan aytganda, adabiy ijod tabiatiga xos tartibsizlik oldida anʼana va tartiblarga sodiq tanqidchilik oʻz ojizligini tan olishdan oʻzga chora topa olmadi. Zotan, adabiy jarayondagi tabiiy poʻrtana adabiy tanqid oldiga talqin doirasini kengaytirish, tubdan yangilanish yoxud jarayon oʻzanidan chekinib turish masalasini koʻndalang qoʻygan edi. Adabiy tanqidchilik ikkinchi yoʻlni tanladi, aniqrogʻi tanlashga majbur boʻldi. Ammo chekinish sira ham magʻlubiyat degani emas. Chekinish, bu – nafas rostlash, yoʻl qidirish, izlanish, kuch yigʻish, bir soʻz bilan aytganda ilmiy taktika degani. Bu ham oʻzbek adabiy tanqidchiligining oʻziga xos bir bosqichi boʻldi. Zotan, adabiy tanqidchilikning shaklu shamoyili, faoliyat tarzi bir yoki bir nechta tanqidchi, muayyan ijtimoiy, maʼnaviy-ruhiy omillar bilangina bogʻlanib qolmaydi. Qolaversa, ayni bosqich sira ham tasodif emas, balki oʻz nomi bilan jarayon. U oʻzining aniq qonuniyatlari, aniq tamoyillariga ega. Ana shu jarayonni xolis kuzatish, qonuniyatlarini ilgʻash va qayd etish, umumlashtirish, shu asosda oʻzbek adabiy tanqidchiligining kelajagi xususida fikr aytish zarurati bor edi. Filologiya fanlari nomzodi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti Qurdosh Qahramonovning “Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari” deb nomlangan monografiyasi ayni zarurat tufayli maydonga kelgan asarlardan biridir. Albatta, Q. Qahramonovga qadar ham oʻzbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi, oʻziga xosligi, rivojlanish tamoyillari, vakillari tadqiqiga qaratilgan dissertatsiyalar, monografiya va risolalar chop etilgan. Ammo, shuni alohida taʼkidlash joizki, Q. Qahramonov monografiyasi oʻzigacha yozilgan tadqiqotlardan qator xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Oldingi tadqiqotlardan farqli oʻlaroq, “Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari” kitobida adabiy tanqidchiligimizning bir qadar turgʻun davrlariga oʻxshamagan, rang-barang, chigal va murakkab pallasi oʻrganilgan. Oldingi ishlarda aniq va majburiy metodologiya asosida bunyod etilgan adabiyotni adabiy tanqidchilik yana-da mustahkamroq qolipga solib talqin etilgan boʻlsa, Q. Qahramonov izlanishlarida oʻrganilgan davr adabiyoti, tanqidchiligi faoliyatida ayni qoliplarning sinishi, yoʻlsizlik, izlanish, maʼlum maʼnoda asl adabiyotni kashf etish, kashf etaroq adashish jarayonlari xususida fikr yuritilgan. Shunga koʻra, monografiyada oʻzbek adabiy tanqidchiligining keyingi davrlariga doir bir nechta muhim masalalar talqin etilgan.



Maʼlumki, oʻtgan asr 80-yillari intihosiga kelib, adabiy tanqid nima, badiiy asarga qaysi usulda yondashmoq maqsadga muvofiq, qanday asar chin maʼnoda asl adabiyot namunasi boʻla oladi, tanqiddan past asarlarga qanday munosabatda boʻlmoq lozim kabi qator savollar oʻrtaga tushdiki, bu davrdan boshlab shakllana boshlagan oʻziga xos adabiy materiallar endilikda shu kabi haqli jumboqlarga javob topish masalasini koʻndalang qoʻydi. Natijada badiiy asarni tahlil etish yoʻllarini izlash, ilmiy izlanishlar yoʻsini, adabiy tanqid metodologiyasini belgilash oʻta dolzarb muammoga aylandi. Negaki, bu davr adabiyoti tom maʼnoda sintezlashgan adabiyot boʻlib, na anʼanaviy mumtoz poetika, na jadidlar barpo etgan sotsiologik talqin, na shoʻro tanqidchiligida uzoq yillar gegemonlik qilgan markscha metodologiya qoliplariga tushur edi. Bu adabiyot mavjud metodologik tamoyillarning barchasini umumlashtirish, shu asosda oʻziga xos yangi tadqiqot usullarini kashf etishni talab etardi. Garchi, bu jarayon qariyb oʻttiz yillardan beri davom etib kelayotgan boʻlsa-da, uning ilmiy-nazariy jihatdan yaxlit, sistemalashgan bir shakli hanuzgacha dunyoga kelgani yoʻq. Jarayon davom etyapti. Q. Qahramonov tadqiqotining mazmuni, ehtimol maqsadi ham mana shu jarayon haqida tasavvur hosil qilish, ayni oqimni bir nom, harakat shaklida tasvirlashga qaratilgani bilan oʻzining maʼlum yutuq hamda kamchiliklarini namoyon etadi. Darhaqiqat, bu borada olim bildirgan fikrlarga qoʻshilish mumkin. Muayyan asarni bir butun badiiy matn sifatida struktur tahlil qilish, oʻzbek adabiy tanqidchiligiga xos individual tafakkurning mahsuli boʻlmasa-da, jahon adabiyotshunoslik ilmida maʼlum tadqiq kanonlaridan unumli foydalanish natijasi sifatida diqqatga molik. Va bu holat Yevropa hamda rus adabiyotshunosligida uzoq davom etgan ilmiy talqinlardagi klassitsizm anʼanalarini yodga soladi. Bularni eʼtirof etgan holda shuni taʼkidlash joizki, milliy adabiy tanqidning rivojlanishi, yangi metodologik tamoyillarning shakllanishi uchun eng muhim vosita jahon xalqlari tajribasida mavjud ilmiy-adabiy metodlarning maʼno-mohiyatini anglash, ularning nazariy asoslarini oʻzlashtirishdir. Bu borada kitobda atroflicha oʻrganilgan filologiya fanlari nomzodi Suvon Melining “Strukturalizm va struktur tahlil haqida” (kitobda sarlavha xato berilgan – U. J.) tadqiqotini alohida taʼkidlash lozim. Menimcha, jahon adabiyotshunosligi tarixida mavjud va muayyan samara bergan barcha tadqiqot metodlarining aynan madaniy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-maʼnaviy, ilmiy-adabiy, etik, estetik mohiyati nuqtai nazaridan teran oʻrganish, umumlashtirish bugungi adabiy jarayonning muhim sharti boʻlib turibdi. Shundagina sharq mumtoz tanqidchiligi odoblari, yoʻnalishlari, maqsad-muddaolari bizga butun boʻy-basti bilan namoyon boʻladi. Bu ikki qutb adabiy tafakkurini tom maʼnoda solishtirish, lozim boʻlsa, sintezlash imkoniyati tugʻiladi. Shunda ham keyingi yillar adabiy tanqidchiligida boʻlgani kabi tarixiy shart-sharoit, makon-zamon munosabatlarini hisobga olmay turli tayyor metodlarni bugungi adabiy manbalarga tatbiq etish, oʻzbek adabiy tanqidchiligi rivoji uchun asos boʻla olmaydi. Faqat adabiy tanqid metodologiyasini belgilash uchun vosita oʻlaroq xizmat qiladi, xolos. Zotan, adabiy tanqid metodologiyasi shunday hodisaki, uning shakli shamoyili har bir makon-zamonga, har bir ijodkorga individual yondashuv, adabiy jarayon, badiiy asar tabiatidan kelib chiqib baho berishni taqozo etadi. Tirik matnni tayyor qoliplarga solishga urinish esa bu chamanzorning payhon boʻlishiga olib keladi.

Bunday oʻziga xos metodologiyani ishlab chiqish uchun munaqqid degani, eng avvalo, xolis, milliy, sharq maʼnaviy-maʼrifiy anʼanalariga toʻyingan aniq dunyoqarashga ega boʻlishi lozim. Buningsiz oʻzbek adabiy tanqidchiligining oʻz metodologiyasi boʻlishi haqida gap ham boʻlishi mumkin emas.



Q. Qahramonov tadqiqotida mana shunday jiddiy masalalarga eʼtibor qaratish, ularni ilmiy materiallar asosida bayon etishga intilish seziladi. Ammo olimning: “…Mustaqillik davri tanqidchiligida badiiy asarni baholashda sistemali tahlil yetakchilik qilayotganini taʼkidlash zarur” (128-bet), degan fikrlariga qoʻshilib boʻlmaydi. U sistemali tahlil namunasi sifatida koʻrsatgan tadqiqotlarning birortasi bu ulkan ilmiy fenomen talablariga javob bermaydi. Garchi, biz milliy tanqidchiligimiz xususida mehr-muhabbat bilan fikr yuritishimiz oʻzbekona odob hisoblansa-da, bunday jiddiy muammolarning xolis yechimini topishning zarurati va shartligi tom maʼnoda obʼyektiv boʻlishni talab etadi. Qolaversa, sistemali tahlil degani bir asarga koʻplab ilmiy-adabiy metodlarni birvarakayiga tatbiq qilish degani ham emas. Masalani ayni tarzda tushunish goʻyoki bir daraxtga shakl berish uchun biratoʻla oʻnlab bogʻbonlik asboblarini ishga solishga oʻxshaydi. Holbuki, har bir daraxtning oʻz tabiati, manzil tutmish oʻrni, quyosh bilan munosabat qilish kriteriylari boʻladi. Qaysidir daraxtning muolajasi birgina qaychi bilan, boshqasiniki arra yoki bolta bilan amalga oshirilganda samara berishi mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, tilga olingan qaychi, arra, boltalarning har biri oʻz-oʻzicha mustaqil ish quroli, oʻz uslubiga ega individual predmet boʻlganidek, har bir ilmiy-adabiy metod ham (agar u metod darajasiga koʻtarilgan boʻlsa!) alohida bir sistemadir. Mana shunday metodlar yigʻindisi, ularning umumlashgan koʻrinishi metodologiya ataladiki, ijtimoiy jarayonlardan, zamon va makon tabiatidan tamomila xoli boʻlmagan, harakatdagi, intihosini hech kim bashorat qila olmaydigan adabiy tanqid metodologiyasi tabiati ham turgʻun tushunchalarda emas, balki aynan doimiy sirkulyativ harakatda namoyon boʻladi. Bugungi adabiy jarayonda namoyon boʻlayotgan baʼzi badiiy eksperimentlar, taqlidlar, shaklan boshqacharoq asarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri modernizm namunasi deya baholashga urinishlar ham aynan harakatdagi jarayon mohiyatini teran anglamayotganimizdan kelib chiqayotganini alohida taʼkidlash lozim. Shuning uchun ham ayni jarayon xususida fikr bildirish, uni nomlash, yetakchi xususiyatlarini belgilash oʻta murakkab jarayon. Tadqiqotchidan izlanish, izlanish va yana izlanishni talab etadi.
Download 31,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish