4. Yig‘ilishlarda muntazam ravishda aksilinqilobiy-millatchilik, aksilsho‘roviy-millatchilik ruhidagi fikrlarni bayon qilgan



Download 11,38 Kb.
Sana18.10.2022
Hajmi11,38 Kb.
#853889
Bog'liq
Qatag\'on siyosati


Mustabid sovet davlati hududida yashagan barcha xalqlar tarixining musibatli va eng fojiali davri— 1937-yil o‘zbek xalqi xotirasida ham mudhish sana sifatida muhrlangan. Chunki shu yili Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon singari adiblar, Fayzulla Xo‘jayev kabi davlat arboblari, Abduvahob Murodiy, Sattor Jab­bor, G‘ozi Olim Yunusovdek olimlar qatag‘on etildi.
1937-yil 24-aprelda Fitrat o‘zbek ziyolilari orasidan birinchi bo‘lib qamoqqa olindi. 31-dekabrda Abdulla Qodiriy «Ollohga ming qatla shukrlar bo‘lsinki, yangi yilni bola-chaqalarim bilan ko‘radigan bo‘ldim», deb Samarqand darvozadagi xonadonida norin to‘g‘rab o‘tirganida kutilmaganda NKVD (Ichki ishlar xalq komissariyati) izquvarlari kelib, uni olib ketishdi. Abdulla Qodiriy 1938-yilni NKVD zindonida mahbuslik libosida kutib oldi.
1937-yil 31-dekabrda O‘zbekiston NKVD Davlat Xavfsizligi ­Boshqarmasi xodimlari «jinoyatning oldini olish» maqsadida maxsus qaror tayyorlaydi. O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissari, Davlat xavfsizligi mayori Apresyan tasdiqlagan bu qarorda Abdulla Qodiriyga quyidagicha ayblovlar e’lon qilingan:
1.«Milliy ittihod» aksilinqilobiy millatchilik tashkiloti a’zosi bo‘lib, qator yillar mobaynida Sovet hokimiyati va partiyaga qarshi faol aksilinqilobiy-millatchilik kurashini olib borgan.
2.Matbuotda partiya va hukumat rahbarlari siyosatiga nisbatan keskin aksilinqilobiy-millatchilik va tuhmatdan iborat maqolalar bilan chiqqan.
3. Shu kunlarda tugatilgan o‘zbek aksilinqilobiy-panturkistik tashkilotining a’zosi bo‘lib, uning aksilinqilobiy ishida faol qatnashgan.
4. Yig‘ilishlarda muntazam ravishda aksilinqilobiy-millatchilik, aksilsho‘roviy-millatchilik ruhidagi fikrlarni bayon qilgan.
Qodiriy mazkur qaror bilan tanishib, uning tagiga «Ushbu qaror menga e’lon etilgan (o‘qudim), bunda ko‘rsatilgan ayblarga rozi emasman va bo‘ynimga olmayman», deya imzo chekkan.
NKVD jallodlari 1937-yilda turli-tuman qiynoq usullarini qo‘llash natijasida o‘zbek xalqining qanchadan-qancha ziyolilari irodasini sindira olgan. Inson zoti ko‘rmagan qiynoqlardan zada bo‘lgan ziyolilar qora tuhmatdan iborat so‘roq bayonnomalarini o‘z imzolari bilan tasdiqlashga majbur bo‘lishgan. Biroq Apresyan boshliq NKVD xodimlari Qodiriyni «jilovlash»ning uddasidan chiqisholmadi. Qodiriyning biror aksilinqilobiy tashkilotga daxldor bo‘lganini isbotlovchi isbot topa olmagan tergovchilar yoz oylarida qamalgan yozuvchilarning tergov bayonnomalarini titkilay bosh­laydi. Buni qarangki, G‘ozi Olim Yunusov bilan Qayum Ramazon O‘zbekistondagi panturkistlarni sanaganlarida Qodiriy nomini ham tilga olgan, Abdulhamid Sulaymonov (Cho‘lpon) Qodiriy bilan Shohid Esonni millatchi-aksilinqilobchilar qatoriga qo‘shgan, Mo‘min Usmonov Fayzulla Xo‘jayevning Qodiriy, Elbek, Cho‘lpon va Fitratga yaxshi sharoit yaratib berganini eslagan, A’zam Ayub esa Akmal Ikromov «Turkiston» gazetasiga muharrirlik qilgan vaqtda Qodiriyning ham shu gazetada xizmat qilganini aytib o‘tgan ekan.Bu ma'lumotlar, mahbuslardan qiynoq ostida olingan, qolaversa, ular dalil va ashyosiz, puch gaplar edi.

O‘ziga qo‘yilgan barcha siyosiy ayblarning puchligini ko‘rgan Qodiriy tergov jarayonida o‘z haqiqatini mardona himoya qildi. Tergovchilar uch oy mobaynida Qodiriyga nisbatan eng dahshatli qiynoq usullarini qo‘llasa-da, uning irodasini sindira olmadi. Qodiriy bilan bir kamerada yotib, bolsheviklar do‘zaxidan omon chiqqan sobiq mahbuslarning aytishlariga qaraganda, ular adibni kaltaklab, yarim kechada kameraga chalajon holda tashlab ketishar, tibbiyotdan oz-moz xabardor mahbuslar bir hafta-yarim hafta davomida uni davolab, eski holiga keltirishar, bir-ikki haftadan keyin esa yana o‘sha qiynash va davolash «seans»lari davom etar ekan. U baribir tergovchilar talqinida yozilgan tergov bayonnomalariga imzo chekmadi. Shuning uchun ham u imzo chekkan yagona tergov bayonnomasiga «1937-yil, mart» deb yozilgan bo‘lsa-da, sana o‘rniga uch nuqta qo‘yilgan. Bu tergovning nechanchi tergov ekanini ham, 1938-yil martining qaysi kuni bo‘lib o‘tganini ham hech kim bilmaydi.


Qodiriy 1937-yil 10-20-mart kunlarida Mo‘min Usmonov, Qurbon Beregin, Nazrulla Inoyatov, G‘ozi Olim Yunusov va Sa’dulla Tursunxo‘jayev bilan yuzlashtiriladi. Yuzlashtirishdan maqsad Qodiriyni shu mahbuslarning ko‘rsatmalari asosida go‘yo A.Ikromov va F.Xo‘jayev rahbarlik qilgan sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilotning a’zosi sifatida qoralash edi. Qodiriy yuzlashtirish vaqtida 1932-yilga qadar millatchi yozuvchi bo‘lganini e’tirof etgan bo‘lsa-da, aksilinqilobiy tashkilotga a’zo bo‘lganligi haqidagi aybni mutlaqo tan olmagan. Shunga qaramay, 1938-yil aprel oyida (kuni ko‘rsatilmagan) O‘zNKVD DXB 4-bo‘limi 3-bo‘linmasi bosh­lig‘i yordamchisi, DX leytenanti N.Trigulov va shu bo‘linma boshlig‘i, DX leytenanti Bogomolov «Ayb­lov xulosasi»ni tuzadi. 4-bo‘lim boshlig‘i yordamchisi, DX leytenanti Matveyevning roziligi olingan «Ayb­lov xulosa»si mahbusga o‘qib eshittiriladi. «Ayblov xulosasi»da qayd qilinishicha, Qodiriy O‘zSSR Jinoyat kodeksining 58-, 64- va 57-moddalari bo‘yicha, ya’ni O‘zbekistonni Sovet Ittifoqidan ajratib olish maqsadida tuzilgan aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lganlik va shu maqomda sovetlarga qarshi aksilinqilobiy faoliyatni olib borganlikda ayblangan edi.
Tergov paytida ham, yuzlashtirishlar jarayonida ham Abdulla Qodiriyning aksilinqilobiy tashkilot a’zosi bo‘lgani fakti mutlaqo tasdiqlanmagan.
1956-yilda shaxsga sig‘inish fojialarini qoralash ishlari boshlanganda shu jinoyat bilan shug‘ullangan O‘zNKVD xodimlarining tiriklari tergovga tortilib, ommaviy qirg‘inda ishtirok etgani uchun NKVD organlaridan haydashdek «favqulodda og‘ir jazo»ga hukm qilindi. Shu jarayonda tergovchilarning o‘z lavozimlarini suiste’mol qilgani, ya’ni istalgan kishini qamoqqa olib, istagancha azoblagani va ularga istagancha jazo berganlari kundek ravshan bo‘ldi.
«Yozuvchi Abdulla Qodiriyning ishi yuzasidan shuni aytishim lozimki, — degan Nurmi Trigulov 1956-yil 9-iyunda bo‘lib o‘tgan tergovda, — u Agabekovning tashabbusi bilan qamoqqa olingan… O‘sha paytdagi barcha tergov ishlaridek, Abdulla Qodiriy ustidan qo‘zg‘atilgan ish ham ibtidoiy usulda, inqilobiy qonunchilikka xilof ravishda olib borilgan… Masalan, Abdulla Qodiriy o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni sira tan olmagan; tintuv paytida jinoyat belgilarini ko‘rsatadigan birorta ham ashyo-dalil topilmagan; shuning uchun qamoqdagi boshqa mahbuslarning ko‘rgazmalaridan olingan nusxalar unga qarshi ishlatilgan — buni men tasdiqlayman. O‘sha payt­dagi tartibga ko‘ra, har qanday odamning biror millatchilik tashkilotiga aloqadorligini isbotlash uchun mahbuslarning ko‘rsatmalaridan olingan nusxalar yetarli bo‘lar, shu asosiy ashyo hisoblanar edi. Shunday ashyoga asos­lanib prokuror qamoqqa olish haqida farmon berar, shu ashyo asosida mahbusga ayb qo‘yilar va aybnoma tuzilar edi. Shunday masxaraboz­lik bilan Abdulla Qodiriy ishi ham oxiriga yetkazilgan; jinoiy ish yuzasidan qonuniy tergov olib borilmagan, u xo‘jako‘rsinga so‘roq qilingan…»
1938 yilning 28 mart kuni Stalin, Molotov, Kagonovich, Voroshilovlar rahbarligida O‘zbekistondagi siyosiy elitadan 165 kishini qatag‘on qilish haqidagi ro‘yxatga qo‘l qo‘yiladi. Mana shu ro‘yxat asosida 4-7 oktyabr kunidagi fojialar ro‘y berdi.155 kishi otuvga, 10 kishi mehnat tuzatish lageriga hukm qilinadi. Xudoybergan Devonov, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshim, Abdulla Qodiriy, Anqoboy, Akbar Islomov, Isroil Ortiqovlar 4 oktyabr kuni otib tashlandi. 5 oktyabr kuni esa allaqachon otib tashlangan insonlar go‘yoki «sud qilinadi».
4 oktyabr kuni shunchalar ko‘p odam otiladiki, Abdulhamid Cho‘lponga kelganda hatto o‘qlar tugaydi, otuvchilarning o‘zi ham charchab qoladi.
Cho‘lponga seni ertaga otamiz deganida, u: «Bu insonlar yo‘q dunyoda bir nafas ham yashashni istamayman, meni hozir otasizlar», deb turib olgani uchun uning boshini bolta bilan chopib o‘ldirishadi...
Kafansiz ko‘milganlar
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hozirgi Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan chog‘da mashinalardan biri yo‘lida qotib qoladi. Kovlanayotgan chuqurga qaralsa, yuzlab odamlarning suyaklari. Bu xabarni eshitgan yaqin-atrofdagi Oqil ota qabristoni qorovuli bu yerda 1938 yil qatag‘on qurbonlari yotganini aytadi. Atrofdagi aholi o‘q ovozini eshitmasligi uchun motor yoqib qo‘yib, oqshomdan tongga qadar mahbuslar otilgan va barchasi bitta chuqurga ko‘milgan. Ularga na janoza, na bir enlik kafan nasib qilgandi.
Download 11,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish