4-yig’ilish bayonnomasi samarqand shahri



Download 21,82 Kb.
Sana02.02.2022
Hajmi21,82 Kb.
#425104
Bog'liq
4-yig\'ilish bayonnomasi


Sаmаrqаnd dаvlаt univеrsitеtining O‘zbekiston - Finlandiya pedagogika instituti Aniq - tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fаkultеti
Aniq fanlar kafedrasining
4-yig’ilish
B A Y O N N O M A S I

Samarqand shahri 30.11.2021y
Qatnashdilar: Kafedra mudiri N.Raximov, kafedra dotsentlari: M.Turdiyev, T.Ochilov, A.Hatamov, katta o'qituvchi A.Ibragimov, PhD F.Ishankulov, kafedra assistentlari: X.Haqnazarova, H.Aktamov, G.Muminova, A.Ikromov, M.Aliyeva, M.Abduraxmonov, F.To'g'izboyev, T.Egamberdiyev, U.Rasulov.
KUN TARTIBI:

  1. Akademik litsey va iqtidorli bolalar maktablari bilan olib borilayotgan innovatsion korparativ hamkorlik ishlari to‘g‘risida

  2. 2022 – yil uchun Ilmiy tadqiqot ishlarining rejasini tuzish va tasdiqlash.

  3. Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida.

  4. Ijro intizomiga oid qaror va buyruqlarning ijrosi haqida.

  5. Har xil masalalar. (Ochiq darslar muhokamasi)



Eshitildi: 1-masala yuzasidan kafedra assistenti F.To‘g‘izboyev so‘zga chiqdi va quyidagilarni aytib o‘tdi. Bugungi kunda aniq fanlar kafedrasi 2 ta akademik litsey va 3 ta iqtidorli bolalar maktablari bilan korporativ hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Xususan, SamDU tasarrufidagi akademik litsey, SamDChTI tasarrufidagi akademik litsey, SamDUning fizika-matematika fanlariga ixtisoslashgan maktab internati, Oqdaryo tumani xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 52-sonli IDUM hamda samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli 1-sonli IDUM(Pastdarg’om tumanidagi) bilan 5 yillik hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu ta’lim muassasalari bilan kelajakda kafedramiz yaqindan ish olib borib ularda pedagogik sinflar tashkil etish hamda yuqori kurs talabalarimizni pedagogik amaliyotlarini o’tashlari ham ko’zda tutilganligi aytib o’tildi. Bundan tashqari viloyat hokimi buyrug’iga ko’ra qizil hududga tushib qolgan viloyatdagi 2 ta maktabda (Samarqand shahridagi 23-maktab hamda Samarqand tumanidagi 55-maktab) ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish borasida ham qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu maktablarda kafedra o’qituvchilari hamda magistr talabalarimiz haftasiga 2 martadan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tish yo’lga qo’yildi. Maqsad: o’quv yili oxirigacha bu maktablarni yashil hududga olib chiqish.
Qaror qilindi:
Kafedraning yuqorida nomlari keltirib o’tilgan ta’lim muassasalari bilan
hamkorlik shartnomasida ko’zda tutilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarish choralari ko’rilsin. Mas’ullar: kafedra mudiri va kafedra o’qituvchilari
Eshitildi: 2-masala yuzasidan kafedra mudiri N.Raximovning so‘zi tinglandi: U 2022 yilda kafedra o’qituvchilari tomonidan rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlar rejasini o’qib eshittirdi. Ilmiy ishlar rejasiga ko’ra har bir kafedraning o’qituvchisi o’quv yili davomida kamida bitta nufuzli ilmiy jurnalga maqola chop etishi, 2 ta xalqaro yoki respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida o’z tezisi bilan ishtirok etishi lozimligi yana bir bor ta’kidlab o’tildi. Bundan tashqari kafedra salohiyati bugungi kunda 33,3% ekanligi, ilmiy ishlar rejasida o’quv yili oxiriga qadar kamida 2 nafar assistent o’qituvchi PhD dissertatsiyasini himoya qilishi lozimligi ham ta’kidlab o’tilganligi ham eslatib o’tildi. 2022 yil uchun Ilmiy tadqiqotlar rejasi kafedra o’qituvchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi va tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Ilmiy ishlar rejasi ilova qilinadi.
Qaror qilindi:
2022 yil uchun Ilmiy tadqiqot rejasi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O’quv yili oxiriga qadar rejada keltirib o’tilgan ilmiy ishlarni bajarishga kirishilsin. Mas’ullar: Kafedra o‘qituvchilari.


Eshitildi: 3-masala yuzasidan kafedra mudiri N.Raximovning so‘zi tinglandi.
U kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o’tdi. Kafedraga tegishli jami yo’nalishlar kesimidagi fanlar 33 ta bo’lib shulardan 18 tasiga o’quv-uslubiy majmua tayyorlangan. 2-semestrda o’qitiladigan fanlardan 15 tasi tayyor emasligi haqida to’xtalib o’tdi. Dekabr va yanvar oylarida darslar biroz kamayganligi sabab o’qituvchilar bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanib tezda bu kamchilikni bartaraf etmog’i lozimligi ta’kidlab o’tildi.


Qaror qilindi:
Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi ta’minlansi. Mas;ullar: tegishli fan o’qituvchilari
Eshitildi: Kun tartibidagi 4- masala. Ijro intizomiga oid qaror va buyruq-
larning ijrosi haqida. Bu masala yuzasidan ham kafedra mudiri so‘zga chiqib yuqori tashkilotlardan hamda institut rahbariyati tomonidan berilayotgan buyruqlar, farmoyishlar va xatlar ijrosini o‘z vaqtida bajarish lozimligini gapirib o‘tdi. Xatlar ijrosini ta’minlash ishlari uchun mas’ul: kafedra assistenti Rasulov Ulug‘bek zimmasiga yuklatildi. Bundan buyon Rasulov U tomonidan kafedra a’zolariga yetkazilgan xatlar berilgan muddatda ijrosini ta’minlash lozimligi yana bir karra tushuntirib o‘tildi.
Qaror qilindi:
Irjo uchun berilgan buyruqlar, farmoyishlar va xatlar uchun barcha kafedra a’zolari birdek mas’ul ekanligi uqtirib o’tilsin. Bu vazifalarni bajarilishini nazorat qilish kafedra assistent o‘qituvchisi U.Rasulov zimmasiga yuklatilsin.
Eshitildi: 5-masala. Har xil masalalar yuzasidan kafedra assistant
o’qituvchisi Abduraxmonov Muxtor so’zga chiqdi. U bugungi kunga qadar kafedraga tegishli fanlardan o’tilgan ochiq darslar haqida to’xtalib o’tildi. Axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi Egamberdiyev Tohir, fizika fani o’qituvchisi Sulaymonov Jurabek, matematika fani o’qituvchilari Ibragimov Anvar va Ishankulov Farrux domlalar tomonidan ochiq darslar o’tkazilganligi haqida to’xtalib o’tdi. O’tkazilgan ochiq darslar ko’rgazmali qurollarga boy holatda, ilg’or pedagogic texnologiyalar asosida o’tkazilganligi ta’kidlab o’tildi. (Ochiq dars ishlanmalari, dars jarayonidan fotolavhalar ilova qilinadi.) Bundan keyin ham har oyda kamida 2-3 ta ochiq darslar o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lishi aytib o’tildi.
Qaror qilindi:
O’tkazilgan 4 ta ochiq dars yaxshi deb topilsin. Keyingi ochiq darslar ham zamonaviy ped-texnologiyalar asosida o’tkazilishi ta’minlansin. Mas’ullar: tegishli fan o’qituvchilari.


Kafedra mudiri: N.Raximov
Download 21,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish