Interfaol usullar Interfaol usullarga: "aqliy hujumi", "davra metodi", "Insert texnologiyasi", "Besh minutlik essay" "B/B/B metodi", "Kichik guruhlarda ishlash", "Venn diagrammasi metodi" va boshqalar. “Aqliy hujum” “Aqliy hujum”- jamoa bo‘lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. “Aqliy hujum”ning tamoyili juda sodda. O‘qituvchi sinf oldiga masalani qo‘yadi va o‘quvchilarda ushbu masalani yechish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bayon qilishni so‘raydi. Ushbu bosqichda xech kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida o‘z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo‘q. “Aqliy hujum” yordamida bir necha daqiqa ichida o‘nlab g‘oyalarni olish mumkin. g‘oyalar soni asosiy maqsad emas. g‘oyalar to‘g‘ri yechimini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. “Davra suhbati” “Davra suhbati” metodi – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir. “Davra suhbati” metodining afzalliklari: • o‘tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi; • barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etadilar; • har bir ta’lim oluvchi o‘zining baholanishi mas’uliyatini his etadi; • o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi. “Davra suhbati” metodining kamchiliklari: • ko‘p vaqt talab etiladi; • ta’lim beruvchining o‘zi ham rivojlan- gan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi; • ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi. Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni obyektiv baholashi mumkin. “Insert texnologiyasi” Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Matnni qo‘lda qalam bilan o‘qib chiqish. 2. O‘qish davomida matnda maxsus belgilar qo‘yib borish: + buni bilaman; - buni bilmas edim; ? buni mukammal bilmokchi edim; 3. Matn bilan to‘la tanishib chiqilgandan so‘ng quyidagi jadval tuldiriladi: