Ekish me’yori. Don uchun 1 gektarga 20—25, yashil massa uchun 30—180 kg urug‘ sarflanadi. Optimal tup qalinligini hosil qilish uchun urug‘larning dala unuvchanligi, o‘sish davrida siyraklashishi hisobga oli- nadi.Ekin parvarishi. Sug‘oriladigan yerlarda qatqaloqni yo‘qotish, be- gona octlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, qator ora- larini ishlash, oziqlantirish, sug'orish — makkajo‘xorini parvarishlashni tashkil qiladi.Urug‘lar unib chiqqunga qadar qatqaloq hosil bo‘lsa, rotatsion motiga yoki kalta tishli borona bilan ekishga ko‘ndalang qilib tuproq yumshati- ladi. Bunda qatqaloq yumshatilib begona o‘tlar yo‘q qilinadi, tuproqning havo va issiqlik rejimi yaxshilanadi, maysalar tez unib chiqadi.Makkajo‘xori maysalari unib chiqqandan keyin qatqaloq hosil boMsa, o‘simlik 3—4 barg hosil qilguncha egatlarga ko£ndalangiga kalta tishli borona solinganda qatqaloq yo‘qotiladi, begona o‘tlarning 80 % i, mak- kajo‘xorining atigi 3—4 % i yo‘qotiladi.Birinchi kultivatsiya makkajo‘xori 3—4 barg hosil qilganda, chetki organlari 6—8, 10—12 sm, o‘rtasidagi (g'ozpanja) 16—18 sm chuqurlik- ka o‘rnatiladi.Kultivatsiya har bir sug'orishdan keyin tuproq yetilganda o‘tkaziladi. Kultivatsiya paytida yoki egat olishda oziqlantirishlar o'tkaziladi. Kech o‘tkazilgan kultivatsiyada kesaklar, erta, tuproq loy bo‘lganda o‘tkazilsa, palaxsalar hosil bo'ladi, o'simlik ildizlari shikastlanadi, o‘sishi, rivojlanishi sustlashadi.Makkajo'xori qator oralarini ishlashni o‘simlik bo‘yi 120—130 sm boclguncha o‘tkazish mumkin. 0‘suv davrida 3—4 kultivatsiya o‘tkaziladi.Sug'orish rejimi. Tuproqda yetarli nam bo‘lishi uchun kuz, qish va erta bahorda, gektariga 1500—2000 m3 me’yorda yaxob suvi beriladi. Yaxob suvlarini berish hosilni 10—15% oshiradi. Ekish oldidan nam to'playdigan 51^‘оп5111аг gektariga 800—1200 m3 me’yorda o'tkaziladi.Makkajo‘xorining o‘suv davrida tuproqdagi namlik CHDNS ning 70—80% kam boMmasligi lozim. Ayniqsa, ro'vak chiqarishdan 10 kun oldin, ro‘vak chiqargandan keyin 20 kun davomida makkajo‘xori suvga j*uda talabchan bo‘ladi. Harorat 30 °C dan oshganda havo quruq bo‘lsa, makkajo‘xori changlari bir soatdan keyin nobud bo‘ladi. So'tada donlar siyrak hosil bo'ladi.0‘suv davridagi sug'orishlar soni va me’yorlari sizot suvlarining joy- lashishiga, tuproq mexanik tarkibiga va boshqa omillarga bog'liq holda o‘zgaradi. Sug'orishlar me’yori o'rtacha 900—1000 m3/ga. Birinchi sug‘orish maysalar unib chiqqandan keyin 20—25 kun o£tgach o£tkaziladi. Keyingi sug‘orishlar har 10—15 kunda o£tkaziladi. Sug‘orishlar soni 4—7 marta boMishi mumkin. Og‘ir, sizot suvlar yaqin joylashgan tuproq- larda sug'orish me’yorlari katta, ammo soni kam, sizot suvlar uzoq yengil tuproqlarda esa aksincha bo£ladi. Sug‘orishlar egatlab, yomg£irlatib o£tkazilishi mumkin.Makkajo£xori sizot suvlaridan yaxshi foydalanadi. Ya.A. Mansurov va D.I. Maxmudov tajribalarida sizot suvlar bir metr chuqurlikda joy- lashganda VIR—338TV duragayidan, o‘g‘itlar qo£llab, umuman sug‘ormay 70—80 don, 800—900 s/ga silos massasi hosili olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |